IV-SEMESTR
1-modul.Matematika o’qituvchisi innovatsion pedagogik faoliyatining ilmiy nazariy asoslari.
MA’RUZA №1
MAVZU: “Matematikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalash” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, metodik tizimi (mazmuni, shakli, vositalari, metod va texnologiyalari), oʻquv mashgʻulotlari shakli, ularga ajratilgan oʻquv soatlari hajmi.
REJA:
REJA:
1. Fanning maqsadi va vazifalari loyihalashtirish va rejalashtirish yo’llari
2.O’quv fani bo’yicha o’qitish rejasining tuzilishi va mazmunli tarkibi
3. O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasi modeli
4. O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
1.Fanning maqsadi va vazifalari
«Matematikani о‘qitish texnologiyalari va loyihalash» kursining asosiy maqsadi bо‘lajak matematika о‘qituvchisida kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishni ta’minlash, matematikani о‘qitishda innovatsion ta’lim muhitini loyihalashtirish, amalga oshirish uchun zarur bо‘ladigan bilim, kо‘nikma va malakalar tizimi bilan ularni qurollantirishdan iboratdir.
Mazkur о‘quv kursining asosiy vazifalari:
-talabalarning pedagogika, psixologiya, informatika hamda matematika fanlaridan olgan bilimlarini sistemalashtirish, umumlashtirish va shu asosda ularni chuqurlashtirish;
- talabalarni о‘qituvchi innovatsion pedagogik faoliyati asoslari bilan tanishtirish;
- kо‘p bosqichli matematika ta’limi tizimida innovatsion texnologiyalarning о‘rnini asoslash va talabalarga zarur tavsiyalar berish;
- matematikani о‘qitishda uning maqsadi, mazmuni, metod va vositalari hamda olinadigan natijalarni zamon talablari asosida takomillashtirib borish zaruriyatini asoslash;
- matematika ta’limi jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish mezonlari, yо‘llari va usullari bilan talabalarni qurollantirish;
- talabalarni о‘z pedagogik faoliyatlarini taxlil qila olish, baholash, ilg‘or tajribalarni egallashga о‘rgatish;
- matematika о‘qituvchisining ilmiy-metodik, о‘quv-metodik ishlari bilan talabalarni tanishtirish;
- pedagogik faoliyatni loyihalashtirish, modellashtirish va tashkillashtirishga zamonaviy yondashuvlarni о‘rganish;
- innovatsion yondashuv asosida matematikani о‘qitish jarayonini takomillashtirish yо‘llari va usullari bilan qurollantirish;
- innovatsion pedagogik muhitni loyhalash zaruriyatini asoslash va individual yondashuv asosida matematikani о‘qitish jarayonini takomillashtirish yо‘llari va usullari bilan qurollantirish
- talabalarda istiqbolli о‘qitish vositalaridan foydalanish va ularga tayangan holda matematikani о‘qitish jarayonini loyihalashtirish, loyihani amaliyotga joriy eta olish bilim, kо‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;
- pedagogik loyiha va uning natijalarini taxlil qilish, baholashning shakl va metodlarini о‘rgatish;
- pedagogik jarayon va uning natijalarini taxlil qilish, baholashning shakl va metodlarini о‘rgatish;
- tahliliy, tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish orqali bо‘lajak matematika о‘qituvchisini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashdir.
Dostları ilə paylaş: |