121-§. Kristallardagi nuksonlar (defektlar) Real kristallarda biz yuqorida aytib o’tganimizdek atomlarning joylashishidagi qat’iy davriylik va buzilmaydigan tartibni kuzatish mumkin emas. Turli-tuman eksperimentlarning ko’rsatishiga qaraganda, kristallarda odatda atomlarning
joylashishidagi muntazamlik ma’lum darajada buzilar ekan. Dastavval shuni qayd qilish kerakki, garchi atomlar kristall panjaralarda ularning muvozanatiga mos joylarda tursada, biroq ularning bunday joylashishi mutlaqo tinch turganidan darak bermaydi. Qattiq jismda atomlar, suyuqlikdagi va gazlardagi singari, uzluksiz issiqlik harakatida bo’ladi, ularning bu xarakatlari jismning temperaturasini belgilaydi. Bu harakatlar muvozanat vaziyati yaqinida bo’ladigan kichik tebranishlardan iborat ekanini biz quyida ko’ramiz, muvozanat vaziyati esa panjaraning tuguni bo’ladi. Xatto agar kristall ideal muntazam ravishda joylashgan bo’lganda xam atomlarning issiqlik xarakatlari o’z-o’zidan bunday aniq davriylikni buzib yuborgan bular edi. Chunki har bir muayyan paytda atomlarning biror bir qismi muvozanat vaziyatidan eng chekka og’ish vaziyatida, ikkinchi qismi o’rtachaga eng yaxshi vaziyatda va uchinchi qismi qandaydir oraliq vaziyatda bo’ladi va xokazo.
Xatto past o’rtacha temperaturalarda xam atomlar tebranishlarining kattaligi atomlararo masofaning bir necha protsentiga yetishi mumkin bo’lgani uchun, bu panjara davriyligini buzgan bular edi. Temperatura o’zgarishi bilan panjara davriyligining buzilishi ham o’zgaradi.