IX-X-ASRLARDA MOVAROUNNAHR SAN'ATI VA MEMORCHILIK
Reja:
Movarounnahr haqida ma’lumot
Qoraxoniylar va Somoniylar davri me’morchiligi
Xorazm me’morchiligi va uning o’ziga xos xususiyatlari
Foydalanilgan adabiyotlar
Movarounnahr (arabcha — daryoning narigi tomoni) — oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atamadir. Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi "Varorud" va "Varojayxun" shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval (11 -asrgacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, 11-asr boshidan eʼtiboran esa Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan. 11-asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi "Transoksiana" yoki "Transoksaniya" atamalari muomalaga kiritilgan.
Movarounnahr
1370 - 1405 Amir Temur
1405 - 1447 Shohruh Mirzo
1447 - 1449 Mirzo Ulug'bek
1449 - 1450 Mirzo Abdullatif
1451 - 1469 Abu Said
1469 - 1494 Sulton Ahmad
1494 - 1495 Sulton Mahmud
1495 - 1497 Boysungʻur Mirzo
1498 - 1500 Sulton Ali Mirzo
1500 - 1512 Zahiriddin Muhammad Bobur
Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari boʻlgan Oʻrta Osiyo hududlari, yaʼni, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning janubiy qismi tushuniladi.
Movarounnahr atamasi ilk bor Muhammad haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama arablar orasida islomgacha boʻlgan davrlarda ham maʼlum boʻlib, u vaqtda (milodiy 6-asr) Sosoniylar davlatidan shimoliy-sharqda, Jayxun, yaʼni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli yerlarni anglatgan. Qadimiy fors manbalaridagi maʼlumotlarga tayangan arab geograf olimi Yoqut Hamaviy Movarounnahr atamasini Turon mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar oʻzlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (7-asrning 2-yarmi — 8-asrning boshi) ikki xil tushuncha haqida maʼlumotga ega boʻlganlar: "ma duna-nnahr", yaʼni "da-ryoning pastki tomoni" va "ma varo-annahr" — "daryoning narigi tomoni". Ulardan birinchisi Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini; ikkinchisi esa, Amudaryodan shimoldada joylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 9—10-asrlarda yashagan va Oʻrta Osiyo hududlariga tavsif bergan arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nisbatan Movarounnahr atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa arab geograflari esa Oʻrta Osiyo hududlari xaqida soʻz yuritganlarida Movarounnahr atamasini juda tor maʼ-noda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvirlaganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va Movarounnahr yerlaridan tashqari, Hindiston, Xitoy yerlarini va hatto Hind va Tinch okeanlaridagi Yaponiyagacha boʻlgan orollarni kiritganlar (Ibn Xurdodbeh).
11-asr boshidan eʼtiboran Movarounnahr istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sugʻd va Xorazm, boshqalarida esa Sugʻd va Shimoliy Tohariston yerlarini oʻz ichiga olgan. Maʼno jihatdan esa bu atama endi Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatlarining tarkibidagi maʼmuriy birlikni anglatgan.
Shunday qilib, Movarounnahr atamasi oʻrta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlakati (7-asr gacha), keyin Xuroson (7— 10-asrlarda) undan ham keyin Turkiston (11-asrdan boshlab), maʼlum vaqt esa Xorazm (12-asrning oxiri — 13-asrning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik maʼnoga ega boʻlib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar va boshqa davlatlarning tarkibiga maʼmuriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarning yigʻindisi ham hududiy jihatdan "Oʻrta Osiyo" atamasini anglatadigan Turkiston tabiiygeografik oʻlkasining barcha yerlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan Shimoliy Xuroson (Turkmaniston), Yettisuv (Qozogʻiston) va Janubiy Tohariston (Afgʻoniston) yerlari hech qanday manbalarda Movarounnahr tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun, Movarounnahr atamasining oʻrta asrlarda ishlatilgan eng keng maʼnodagi tushunchasi tarkibiga shartli ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan yerlarni kiritish mumkin.
Tarixiy sharoit. Me’morchilik. Diniy va ma’muriy binolar turlarining takomillashuvi. Bu davrda shaxarsozlik va me’morchilikning rivojlanishi. Markaziy shaxarlar maydonining usishi, rejaviy strukturasi va obodonlashtirish elementlari.
Me’moriy usullarning takomillashuvi. O’rta Osiyo me’morchilik maktablarining shakllanishi. Monumental inshootlarning me’morligida xovli kompozitsiyalarning ahamiyati. Bino tuzilishida peshtok ahamiyatining o’sishi. Balxiy gumbaz, ikki qatlamli va kuloxiy gumbazlar. Xorazm me’moriy maktabi hususiyatlari: Ko’xna Urganchdagi me’moriy obidalari misolida: kuloxiy gumbazlar, Mavarounnaxr maktabi hususiyatlari. Masjid turlari. Minoralarning konstruktiv xususiyatlari. Ularning shaxhrsozlikdagi ahamiyati.
O’rta Osiyoning IX asrdan to XIII asr boshigacha bo’lgan davrdagi tarixi siyosiy jihatdan garchi bir yaxlitlikka ega bo’lmasada, somoniylar, saljuqiylar, qoraxitoy va qrraxoniylar hamda xorazmshohlar hukmronligi vaqtida butun O’rta Osiyoda bir qadar markazlashgan hokimiyat paydo bo’lib, mahalliy xalq mada-niyatida umumiylikni yuzaga keltiradi.
Bu davrga kelib feodal munosabatlar nihoyatda taraqqiy etib, shaharlarning ma’muriy ahamiyati o’sa borishi bilan birga, ular qizg’in savdo va hunarmandchilik markaziga aylana boradi. Shahar aholisi soni tobora o’sa bordi. Ularning strukturaviy asosini avvalgidek falakning to’rt tomoniga yo’nalgan va shahar markazida kesishib o’tgan ikki ko’cha tashkil etardi. Biroq shahar arki avvalgidek alohida tashqarida joylashgan istehkom tarzida emas, balki shahar devori ichida joylashadi.
XI-XIIasrda masjid qurilishi ham keng rivojlandi va uning o’ziga xos tipi yuzaga keldi. Asosi kvadrat shaklidagi gumbazli bino kompozitsiyalar O’rta Osiyo erlarida keng tarqaldi va mahalliy sharoitga karab uyeiga xos fazilat va ko’rinish kashf etdi. Bu davrda peshtoq-gumbazli maqbaralar qurilishi ham rivojlandi. Peshtoqlari esa badiiy bezatilgan. Maschitlar qurildi, ularda ham yangi uslub va yunalishlar yuzaga keldi. Jumladan: XII asrda qurilgan Mag’oki Attori masjidi Movorounnaxr me’morligida yangi uslubiy izlanishni boshlanishida turgan yodgorliklardan hisoblanadi. Mag’oki Attori masjidi uncha katta bo’lmagan kvartal ichidagi inshoot hisoblanadi. U bino assimetrik qoidaga binoan tiklangan. Masjidning dastlabki holatidan faqat bosh fasad arxitekturaviy elementlari bilan birga saqlangan. Devorlari kesilgan va kesilmagan, o’yilgan va o’yilmagan g’ishtlardan, ularning to’plamidan bezakli qilib ishlangan. Inshootni barpo etishda kesilgan terrakotali plitkalar bilan to’ldirilgan releyfli echim qo’llanilgan. Arkaning kuchaytirilgan konstruksiyasi moviy sayqal holda ajratib ko’rsatilgan, inshootga yozuvlar ham tushirilgan. Bu topilma pardoz ishlarida ganchkorlik usuli ishlatilgan degan xulosaga olib kelgan.
XI-XII asrda minora qurilishi ham keng odat tus oldi. Buxoroning belgisi hisoblangan Minorai Kalonning barpo etilish vaqti va Raboti Malik karvonsaroyining qurilish davri Qoraxoniylar davriga to’g’ri keladi. Buxoroda 1127 yilda bunyod etilgan Minorai Kalon jahon me’morchiligining me’moriy – muxandislik san’atining yuksak cho’qqisina chiqqan asrlar hisoblanadi. Minoraga noyob shakl berilgan bo’lib, poypeshi qirrador, tanasi konussimon shaklda, yuqoriga qarab torayib boradi; muqarnasli qafasa (minora yoki gumbaz tepasidagi ko’shk) bilan tugaydi. Balandligi 50 m., devorlarini qalinligi 0,8-0,9 m, poydevor chuqurligi 10 m gacha ketgan. Minora ichidagi 105 pog’onadan iborat bo’lgan aylanma zina – rotonda orqali uning tepasiga chiqiladi. Minraning tepasida ichidagi zinapoyani yoritish uchun 16 ravoqli darchalar o’rnatilgan, ular orqali atrofni kuzatish mumkin. Ushbu noyob inshootdagi shakllarning o’zaro monandligi, mutanosibligi, geometrik qoidalarga to’la rioya qilingan holda chiroyli va har tomonlama puxta ishlangan ushbu minora Buxoro me’morchilik maktabining noyob asarlaridandir.
Kalon minorasi baland bo’lishiga qaramay o’tgan 9 asr davomida ro’y bergan ko’plab er silkinishlariga qarshilik ko’rsatib kelgan. U keyingi davrda dastlab 1924 yilda ta’mirlangan. Er ostida qolib ketgan qismi 1960 yillarda ta’mirlangan. Ustuvorlik siri inshoot konstruksiyasi hamda g’isht terimining sifatliligi, zilzilabardosh echim qabul qilinganligidadir.
2.2.O’rta Osiyodagi eng baland minora Buxorodagi Kolon masjidi minorasi bo’lib uning badandligi 60 m,ga etadi. Bularda ham g’ishtning badiiy imkoniyatlari ularning tashki bezagini belgilashda muhim rol uynagan. Aslida g’isht minora yuzasi naqshini tashkil etuvchi birdan bir element bo’lib qolgan. Ularning taxlanishi va turish xolati hisobiga yuza o’ziga xos ko’rinish va latofat kashf etgan. Jarqo’rg’on minorasi (1108-09 yillar) o’ziga xos uslubda yaratilgan va harakteri jihatidan avvalgi U1-USh asr me’morchilik uslubini davom ettiradi. Bu minora usta Maxmud o’g’li Ali tomonidan qurilgan. Keyinchalik shu Jarqo’rgon minorasiga o’xshash qurilma Delida (Kutb-Minor), Xurosondagi minorali maqbarada o’z aksini topgan. Va bu minoralar rivojiga O’rta Osiyo memorligi uslubini tasiri borligini etirof etish kerak. Kalon masjid va uning ajoyib minorasi O’rta Osiyo me’morligida g’ishtdan bezak berish, san’atining yuksak namunasi sifatida mashhurdir.
Bu me’morchilik XI-XII asr mahalliy me’morchilik va bezak san’ati an’analari asosida qurilgan yangi davrdagi rivoji edi. Bu davrda katta qurilishlar rivoji mavjud qurilshp konstruksiyalarining o’zgarishi va murakkablashishiga olib keldi. Bu o’zgarishlar pishik g’ishtdan foydalanish bilan bog’liq va gumbaz ravoqlarning harakterida ifodasini topdi. Katta qurilishlar esa quruvchilarga talabni oshirdi. Xunarmandlar sexlari vujudga kela boshladi. Shogirdlik keng kuloch yoya boshladi. Ayni shu davrga kelib umuman keyingi feodalizm davriga xos bo’lgan monumental me’morchilik qurilmalarining tiplari yaratildi. To’rtayvonli kompozitsiya ayniqsa keng yoyildi.
Raboti Malik karvon saroyi esa 1078—1079 yillarda Qoraxoniy Shams ul-Mulk tomonidan qurilgan, deb taxmin qilinadi. Bir qator olimlarning fikricha bu bino buyurtmachisi noma’lumdir. Bu imorat ham xom g’isht (28x28x6,5 sm)dan qurilib, 24x24x4 sm o’lchamli pishiq g’isht bilan pardozlangan. Hozirgi kunda faqatgina peshtoqi saqlanib qolgan bu binoning tarhi 86x 86m o’lchamli kvzdrat shaklida bo’lgan. Devorlarining balandligi 12 metr ekanligi uning ikki oshyonalik bo’lganligidan dalolat berib turibdi. Bino ikki qismdan iborat bo’lgan. Peshtoqdan kirgach ko’ndalang joylashgan hovliga chiqilgan, uning to’rttala tomoni xonalar bilan o’rab olinganligi aniqlangan.
Hovlining to’ridagi ikkinchi qismi markazida katta gumbazli saroy va atroflari yaxlit tomli xonalar joylashgan. Old ko’-rinishining ikki burchagini ikki minora bezab turgan. Minora-lardan peshtoqgacha bo’lgan devor oralig’ida kungurador (ruschasiga gofr) yarimustunlar joylashtirilgan bo’lib, ularning usti ravoq toqlari bilan birlashtirilgan. Bir vaqtlar bu rabot katta kompleksdan iborat bo’lgan va hozirgi kunda qarama-qarshisida sardoba saqlanib qolgan. Bu binoning chekkasida minorasi pishik g’isht bilan kafelga o’xshatib pardozlangan. Devor old tomon devorini yarim aylana ustun va arkali ishlanishi hamda peshtoqli darboza qurilishi keyingi Movarounnahr memorligi rivojida muhim rol o’ynaydi.
1196-1211 yillarda qurilgan Vobkentdagi minora nisbatlarining nozik topilganligi va nihoyatda yuqoriga intiluvchan ajoyib konussimon shaklining mustaxkam va mag’rurligi bilan harakterlanadi. Quruvchi Sadr Burhoniddin Abdulaziz nomi minora bezagi ichida yozib koldirgan. Bu davrda marhumlar ruhini abadiylashtirishga qaratilgan maqbaralar qurilishi ham o’ziga xos shakllarni yaratdi. Ko’hna Urganch (Xorazm) dagi Faxriddin Roziy va Tekesh maqbarasi o’ziga xos xususiyatga ega. Garchi u O’rta Osiyoda keng tarqalgan peshtoq-gumbazli kompozitsiya tipiga kirsa ham, lekin u qirrali barabanga o’rnatilgan chodirsimon gumbazdan tashkil topgan. Turkmanistondagi peshtoq-gumbazli binolar bezatilishida g’ishtning badiiy imkoniyatidan keng foydalanilgan.
2.3.XI-XII asrlarda hokimiyat tepasiga Qoraxoniylar va Saljuqiylar keldi. Iqtisodiy – madaniy taraqqiyot natijasida shaharlar o’z qiyofasini o’zgartirdi. Yirik–yirik inshootlar qurila boshlandi. Ayniqsa, pishiq g’ishtdan ravoqlar va gumbazlar qurilishi an’anaga aylandi.
Bu davr me’morchiligining yana bir xususiyati binolarda sirli va rangli koshinlardan foydalanilganligidir. Natijada, maxsus hunarmandchilik sexlari ochilgan. Qurilishda foydalaniladigan turli maxsus kasblar paydo bo’lgan. Bu davr me’morchiligi tarixda “Binokor shoh” nomi bilan kirgan bo’lib, uning taraqqiy etishida Muhammad Sulaymon Tegin o’g’li Arslonxon katta hissa qo’shgan.
IX-X asrlardan girih san’ti yuksalgan, arab yozuvi bezak-naqsh darajasiga ko’tarilgan. X asrdan kufiy, XI-XII asrlardan nasx yozuvi me’morchilikda ko’p ishlatila boshlagan. IX-XI asrlarda Termizda Qirqqiz saroyi, Navoiyda Mirsaid Bahrom maqbarasi Sulton Saodat ansambli, Malik karvon, saroyining saqlangan qismlari me’morchilikning yuksak darajaga ko’tarilganini, inshootlar badiiy hunarmandlar tomonidan jozibador bezatilganligini ko’rsatadi.
Umuman olganda IX—XII asrga oid maqbaralar O’rta Osiyo hududida anchagina saqlanib qolgan. Bular jumlasiga Termiz yaqinidagi Sulton Saodat kompleksidagi, O’zgan, Miyona, Seraxs, Mari (Ko’hna Marv) dagi va boshqa maqbaralar kiradi. Shularning ichida ayniqsa Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi diqqatga sazo-vordir. 1175 yilda vafot etgan va Xuroson hokimi bo’lgan saljuqiy Sulton Sanjar o’zi hayotlik vaqtida qurdirgan, deb taxmin qilinuvchi bu bino devorlarining qalinligi 5 metrni tashkil etib, maqbaraning ichki tomonlari 17 metrni tashkil etuvchi kvadratdan iboratdir. Ichki balandligi 35 metrga teng bo’lgan bu imorat nihoyatda mahobatlidir. Kirish eshigi g’arb tomonda joylashgan. To’rtburchak qismining balandligi 15 m. Undan yuqoridagi gumbazga o’tuvchi sakkizburchak qismi tashqi va ichki tarafdan ravoqdor galereyani tashkil etadi. Sakkiz burchakning har uchidan gumbaz konstruksiyasini tashkil
turadi. Ular o’zaro kesishgan toqlar ("linga zarba" usuli) maj-muasidan iboratdir. Bino g’isht va ganchdan iborat girih hamda chizma naqshlar bilan ziynatlangan. Gumbaz tashqi
ko’rinishi moviy rangda bo’lganligi haqida o’sha vaqtda yashab o’tgan mualliflarning
ma’lumoti saqlanib qolgan. Sirli koshinning qo’llanila boshlanishi mana shu davr ya’ni
XII asrdan boshlanganligini ko’pgina olimlar qayd etganlar.
Yana diqqatga sazovor hol shuki, O’rta asrlarda O’rta Osiyome’morchiligida keng ishlatilgan ikki gumbazli. (ichki va ustki) konstruksiya ham dastlab XI—XII asrlarda Xurosonda uchraydi. Misol tariqasida Seraxsdagi Abul Fazl, Miyonadagi Abu Said, Tusdagi al G’azoliy maqbaralarini ko’rsatib o’tish kifoya.
Shuningdek, butun dunyoga mashhur Marv (qadimda Xuroson markazi, hozirgi Mari va Bayram Ali shaharlari oralig’idagi xarobalar) yaqinidagi eng katta bir xonali imoratlardan hi-soblanadigan Sulton Sanjar maqbarasi ham ikki qavatli gumbaz bilan yopilgan.
XI—XII asrlarda bunyod etilgan maqbaralar ichida chodirsimon (shatrove) gumbaz bilan yopilganlari alohida ajralib turadi. Bu turdagi gumbazlar Pokiston, Hindiston va shu kabi mamlakatlarda "gumbazi turkistoni" deb nomlanishini e’tiborga olib biz ham shu iborani qabul qilamiz. Gumbazi turkistoni bilan yopilgan maqba-ralar turkumiga Qadimgi Toroz (hozirgi Jambul) yaqinidagi XI asrda qurilgan Bobaji Xotun va Ko’hna Urganchdagi Faxriddin Roziy hamda Sulton Tekesh maqbaralarini misol keltirish mumkin. Bu binolar ham pishiq g’ishtdan qurilgan bo’lib ichki va sirtqi gumbazlardan iborat bo’lgan.
Bizga ma’lum, necha-necha ming yilliklar davomida shakllangan odatga ko’ra namoz o’qish azonga chiqarishdan boshlanadi. Shuning uchun ham masjidlarni minorasiz tasavvur ztish qiyin. IX asrga oid minOra poydevori Afrosiyob masjidining shimoliy devori tashqarisida topilgan. Lekin uning yomon holatda saqlanganligi boshlang’ich ko’rinishi haqida fikr yuritish imkonini bermaydi. Shuningdek XII asr boshlarida qurilgan minoralar To’qmoq (Bishkek yaqinida) shahrida, Ko’hna Urganchda, Termizda saqlanib qolgan.
Ammo Jarqo’rg’on (to’liq balandligida bo’lmasada), Buxoro va Vobkent minoralari yaxshi saqlanib qolganligi tufayli ularning tavsifiga mufassalroq to’xtalamiz.
Jarqo’rg’ondagi minora 1108—1109 yillarda Seraxslik usto Ali ibn Muhammad tomonidan qurilganligi ma’lum. Uning dastlabki balandligi ancha viqorli bo’lib uch oshiyonadan iborat bo’lgan deb taxmin etiladi. Hozirgi saqlanib qolgan balandligi 21,6 m va ostki diametri 6,4 metrga teng. Devorlari yarim aylanasimon bo’rtmalar tarzida olinib ular yuqori qismida ravoqchalar bilan tutashtirilgan. Bu shaxl Urta Osiyo me’morchiligida ko’p qadim davrlardan boshlab mavjud bo’lgan va 1220 yilda Dehlida qurilgan Qutb Minorada ham qaytariladi.
999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni ishgʻol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal boʻlishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgʻardan Amudaryogacha choʻzilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qadimgi Soʻgʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 1005-yilgacha somoniylarning soʻnggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning koʻpsonli qoʻshini pirovard gʻalabani taʼminlagan. Bogʻdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012-yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gʻaznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, 11-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe boʻlib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, soʻngra Samarqandga koʻchirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe boʻlgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koʻplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoʻshishgan.
Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar oʻz davlat chegarasini somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan. Somoniylar hokimiyati bu vaqtga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qarshiliksiz ishgʻol etishadi. Biroq, Hasan Bugʻroxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytishda yoʻlda vafot etadi. 996 yil qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi. Gʻaznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida oʻrtada shartnoma tuzilib, unga koʻra, Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qoʻliga oʻtadi. Amudaryoning jan.dagi yerlarda va Xuroson hududida Sabukteginsh hukmronligi oʻrnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning markaziy qis-migina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, 10-asr oxirlariga kelib, Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi. 1006 va 1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga qoʻshin tortib, Balx, Tus va Nishopur shahrini zabt etadi. Lekin Sulton Mahmud Gʻaznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz qoʻlida saqlab qoladi. Gʻaznaviylar keyinchalik dastlab oʻzlari yer berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan zid-diyatga kirishib, oʻrtada katta harbiy toʻqnashuvlar yuz beradi. 1040-yilda esa Dandanakon jangiaa gʻaznaviylar saljuqiylar tomonidan qaqshat-qich zarbaga uchrab oʻzlarini qaytib oʻnglay olmaydi. Gʻaznaviylar davlatini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Boʻritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni gʻaznaviylardan tortib oladi. Keyinchalik butun Movarounnahrni va Fargʻonani oʻziga boʻysundirib mustaqil siyosat olib boradi.
Gʻarbiy Qoraxoniylar xoqonligi
Qoraxoniylarning Samarqanddagi qarorgohi xarobalari, Afrosiyob xarobalari
Oqibatda Qoraxoniylar davlati 1040-yilga kelib 2 mustaqil davlatga: sharqiy va gʻarbiy qismga boʻlinib ketadi. Sharqiy qismiga Yettisuv, Qashqar, Taroz, Isfijob, Shosh va Sharqiy Fargʻona kirgan. Poytaxti Bolasogʻun, madaniy markazi Qashqar boʻlgan. Gʻarbiy qism Movarounnahrdan to Fargʻona vodiysining gʻarbiy chegarasigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga oladi. Markazi Samarqand hisoblangan.
Yagona Qoraxoniylar davlati bu tarzda ikkiga boʻlinishi va ular oʻrtasida sulolaviy kurashlarning davom etishi, yerdan foydalanishga iqto tartibotining keng yoyilishi va mahalliy hokimlarning kuchayishi markaziy hokimiyatni zaiflashtirib qoʻyadi. Natijada Qoraxoniylar davlati 1130-yil saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga tobe boʻlib qoladi. 12-asrning 30-yillari oxirida Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar — koʻchmanchi qoraxitoylar hujumiga duchor boʻlib, parchalanib ketdi. Lekin Qoraxoniylar davlati, garchi tarqoq holda boʻlsa-da, 13-asr boshiga qadar mavjud boʻlgan. 1212-yilda qoraxoniylarning soʻnggi vakili Usmon ibn Ibrohimning Aloud-din Muhammad Xorazmshoh tomonidan qatl etilishi qoraxoniylarni sulola sifatida rasman barham topishiga olib keldi.
Qoraxoniylar davlati vujudga kelgan dastlabki vaqtda, uning etnik asosi va aholisining tarkibini Yettisuv, Isfijob, Shosh, Sharqiy Turkistonning gʻarbiy qismi, Fargʻonaning shim.-sharqiy hududlarida yashovchi turkiylar, qarluq, chigil, xalach, toʻxsi va argʻun kabi koʻplab turkiy qabilalar tashkil etgan. Qoraxoniylar keyinchalik Movarounnahr uzra oʻz hukmronligini oʻrnatgach, oʻlkalarda qadimdan yashab kelayotgan oʻtroq va koʻchmanchi aholini, mazkur yagona davlatning umumiy chegaralarida oʻzaro bir-biriga yaqinlashish va aralashib borish jarayoni tezlashdi. Ularning iqtisodiy, madaniy hayoti, bir-biri bilan aloqadorlikda rivojlana bordi. Tub yerli aholi taʼsirida yarim koʻchmanchi va yarim oʻtroqlikda yashab kelgan etnik guruhlar oʻtroqlashib dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanadilar.
Bu obʼyektiv voqea-hodisalar natijasida oʻzbek xalqining etnik, hududiy va madaniy jihatdan belgilarida umumiylik hosil boʻlib, bu davrda oʻzbek xalqining xalq sifatida shakllanish jarayonining yakuniy bosqichi yuz berdi (qarang Oʻzbeklar).
Maʼmuriy-boshqaruv tizimi
Qoraxoniylar davlatchilik tizimi oʻzidan oldin oʻtgan Turk xoqonligi, Turkash davlati kabi turkiy davlatlarning davlatchilik tajribasi va anʼanalariga asoslangan. Qoraxoniylar sulolasi davlat boshqaruvida bu tajribalardan unumli foydalanib, oʻz navbatida, uni rivojlantirib, yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Qoraxoniylar davlati dastlab tashkil topgan vaqtda (9-asr oʻrtasi) maʼmuriy-boshqaruv tizimi, qabilalarning oʻzaro ittifoqi negiziga asoslangan edi. Bunda davlat boshligʻi "yabgʻu" deb nomlangan. Oʻlkadagi barcha qabilalar yabgʻuga boʻysungan, ayni vaqtda yabgʻu oʻzi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni tashqi hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani oʻz sardorlari boshqargan. Qabila sardorlari ayni vaqtda, shu qabilani harbiy sarkardasi boʻlib, xoqon noibi hisoblangan. Harbiy hara-katlar vaqtida ular yabgʻuning buyrugʻiga binoan oʻz harbiy boʻlinmalari bilan urushda qatnashishgan.
Vaqt oʻtishi bilan qoraxoniylarning bu maʼmuriy boshqaruv usuli rivojlanib, takomillashib borgan. 10-asrning oʻrtalariga kelib, Qoraxoniylar davlati oʻz tarkibiga qoʻshni qabilalarni ham qoʻshib olib, hududiy jihatdan kengayib, katta siyosiy kuchga aylangach, ularning davlat boshqaruvida ham maʼlum islohotlar yuz berdi. Davlat tepasida odatda "qoraxon" unvoni bilan ulugʻlangan "buyuk xon" oʻtirgan. Xonlik taxtiga ogʻa-inichilik udumi asosida sulolaning eng yoshi ulugʻ kishisi oʻtirgan. Xonlar "qoraxon" unvoni bilan birga tavgʻachxon, arslonxon, bugʻroxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulugʻlangan.
Qoraxoniylar davlat boshqaruvi yuqoridan quyiga qarab shakllantirilgan boʻlib, davlat viloyatlarga boʻlib idora qilingan. El-yurt hokimlari eloqxon deb nomlanib, bu unvon egalari "elning oq xoni", yaʼni "buyuk xon" qoraxondan nufuz va darajasiga koʻra keyingi oʻrinda turuvchi "kichik xon" hisoblangan. Elokxonlar xoqon noibi boʻlishsa-da, oʻlkada oʻz nomlari bilan tanga-chaqalar zarb etib, ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka intilishgan. Eloqxonlar orasida, Movarounnahr eloqxoni katta obroʻga ega boʻlib, u, odatda, Samarqandda turgan. Bu davrda viloyatlarni "takin" unvonidagi kishilar boshqargan. "Takin" atamasi dastlab qadim turkiylarda xoqon vorisi, valiahdiga nisbatan qoʻllanilib, keyinchalik harbiy lashkarboshilar unvoni sifatida ham ishlatilgan. somoniylar va qoraxoniylar davriga kelib "takin" unvonidagi harbiy lashkarboshilar ayni vaqtda biron-bir viloyat noibligini ham boshqargan. Qoraxoniylar davrida takinlarning nufuzi oshgan. Chunki harbiy yurishlar vaqtida ular davlat hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shaharlar boshqaruvi esa shahar hokimi, rais va muhtasiblar qoʻlida boʻlgan. Ular shaharning ichki hayoti va ijtimoiyiqtisodiy ravnaqi uchun masʼul hisoblangan. Diniy hayotda islom dini davlat mafkurasi darajasiga koʻtarilgan. Davlatning mustahkamligi va goyaviy birligi uchun qoraxoniylar ruhoniylar bilan yaqin va doʻstona munosabatda boʻlishga intilishgan. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga eʼtibor kuchayib, ularning obroʻsi nihoyatda baland boʻlgan. Bu esa davlatning siyosiy hayotida ular taʼsirining kuchayishi va vaqf yerlarining kengayishiga olib kelgan.
Madaniyati
Shohi Zinda majmuasi, Samarqand, 11 - 15 asrlar
Kalon minorasi, Buxoro
Raboti Malik karvonsaroyi, Karmana tumanida
Qoraxoniylardavrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasogʻun, Qashqar, Oʻzgan kabi shaharlar ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.
Mahmud Qoshgariy Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072-74) yaratdi va turkshunoslik ilmining asoschisi boʻldi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi.
Qoraxoniylar davrida etishib chiqqan mashhur shoir va mutaffakir Xoja Ahmad Yasaviy (taxminan 11-asrning 2-yarmi — 1166) edi. U tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan boʻlgan. Yassaviy chigʻatoy tilida ijod qilgan.
Qoraxoniylar davrida (11—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, 11 — 12-asrda oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.
Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai kalon, Vobkent minorasi, Jarqoʻrgʻon minorasi, Magʻoki attori masjidi hamda koʻplab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshootlar qoraxoniylar davrida hashamatli binolar qurish sanʼ-ati yuksak darajada taraqqiy etganliginy koʻrsatadi.
Ibrohim Tamgachxon (1040-1068) birinchi marta Samarqandda davlat mablag‘lari hisobiga madrasa qurdirdi va mintaqada madaniyatning rivojlanishini qo‘llab-quvvatladi. Uning qo‘l ostida Samarqandda jamoat shifoxonasi va madrasasi tashkil etilib, u erda tibbiyot bo‘yicha o‘qitish ham olib borilgan. 1066-yilda uning buyrugʻi bilan Qusam ibn Abbos maqbarasiga yaqin joyda Madrasa qurilgan, shuningdek, Samarqandda qasr ham qurdirganligi maʼlum.
Raboti Malik saroy majmuasi 1068-1080-yillarda Samarqandda hukmronlik qilgan Qoraxoniy Shams al-mulk buyrug‘i bilan barpo etilgan. XIII asrdan boshlab, moʻgʻullar Oʻrta Osiyoni bosib olganlaridan soʻng, XVIII asrning boshlariga qadar Rabot-i Malik savdo karvonlarini toʻxtatish uchun karvonsaroy boʻlib xizmat qilgan. Rabot-i Malik - Markaziy Osiyo monumental meʻmorchiligining eng qadimiy yodgorliklaridan biri va jahon ahamiyatiga ega meʻmoriy yodgorlik.
Qoraxoniylar davrining Samarqanddagi eng ko‘zga koʻringan yodgorligi - XII asrda qalʼada qurilgan Ibrohim ibn Husayn (1178-1202) saroyi. Qazish paytida monumental rangtasvirning parchalari topildi. Sharqiy devorda sariq kaftan kiygan va kamon ushlagan turkiy jangchi tasvirlangan. Bu erda otlar, ovchi itlar, qushlar va davrga o‘xshash ayollar ham tasvirlangan.
Qoraxoniylar davridan Buxorodagi qadimiy yodgorliklar: Kalon minorasi, Magoki-Attori va Namozgox masjidlari va Turk-i Jandi saqlanib qolgan. 1119-yilda Shams al-mulk masjidining yangi binosini tikladilar, u bugungi kungacha tiklangan shaklda saqlanib kelmoqda. Arslonxon (1102-1130) hukmronligi ostida boʻlgan Qoraxoniylar davrida Buxoro meʻmorchiligining durdonalaridan biri - Kalon minorasi (1127-1129) qurilgan. "Ichki shahar"ning janubi-gʻarbiy qismida u turar-joy maydonini sotib olib, bu erda juma kuni masjidni tikladi (1121-yilda qurib bitkazilgan), hozirda Kalyan masjidi deb nomlanmoqda. Boshqa bir masjid Kalan masjididan bir oz janubda joylashgan edi. Hozir uning oʻrnida turar-joy binolari, ulardan bittasida - Arslonxonning mozori joylashgan.
Amaliy bezak sanʼati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yoʻnalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Mahmud Qoshgʻariynit "Devonu lugʻotit turk" kabi asarlari shu davrda yaratilgan.
X–XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda me’morchilik va san’at yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘chdi. Avvalambor, o‘rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va bu davrda to‘la g‘alaba qozongan islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu coxasiga ham kuchli ta’sir qildi. Uning tashqi qiyofasi va mazmuni tubdan o‘zgardi.
Qolaversa, mamlakatning iqtisodiy ko‘tarilishi natijasida uning yangi yo‘nalishida ravnaq topishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. VIII asrda yuz bergan tushkunlikdan keyin shaharlar kengayib, obodonlashdi. Asrlar davomida to‘plangan va avloddan-avlodga an’anaviy ravishda o‘tib, tobora boyib kelgan me’morchilik yuqori darajada rivojlandi. Shaharlarda hashamatli binolar qad ko‘tardi. Binokorlikda xom g‘isht va paxsa bilan bir qatorda, pishiq g‘isht va turli xil ganch hamda ohaqli qurilish qorishmalari keng ishlatilib, binolarning shakli ham, ko‘rinishi ham ko‘rkamlashdi. Baland peshtoqli yoki chortoqli, tomi gumbazli xashamatli binolar hamda o‘ymakor g‘ishtlardan qurilgan ko‘rkam minoralar har bir shaharning ko‘rki bo‘lib, uning husniga husn qo‘shar va manzarasini bezab turar edi. Samarqand, Buxaro, Urganch, Termiz, Uzgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko‘plab saroy, machit, madrasa, minora, xonakoh maqbara, tim vakarvonsaroylar qurildi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy, Zirabuloq yaqinida joylashgan Tim qishlog‘idagi Arabota, Karmanadagi Mirsayid Bahrom maqbaralari, Buxorodagi Nomozgoh, Minorai Kalon, Vobkent va Jarqo‘rg‘on minoralari hamda ko‘pgina boshqa binolar o‘sha davr me’morchiligining namunalaridandir. Bu yodgorliklar X–XII asrlarda Movarounnaxrda o‘ziga xos me’morchilik g‘oyat rivoj topganligidan dalolat beradi.
Bu davrda monumental me’moriy binolardan tashqari, yo‘nilgan tosh, pishiq g‘isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv omborlari — bandlar, novalar, ko‘priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Qizig‘ishundaki, bunday inshootlarning o‘lchamlari matematika jihatidan g‘oyat puxta ishlangan. Shunga qaraganda, mahalliy gidrotexniklar bunday suv inshootlarini qurishda o‘sha davrda rivoj topgan xandasa va riyoziyot ilmlari hamda asriy mirobchilik muhandisligi tajribalaridan keng foydalanganlar. Masalan, X asrda Nurota tog‘larining Pasttog‘ darasi to‘silib, barpo etilgan Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln. metr kub suv to‘plangan. To‘g‘on granit toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. Xonbandining matematik yechimlaridan ma’lum bo‘lishicha, uni bino qilishda X asr muxandislari hovuzga to‘planadigan suvning vertikal hamda ag‘daruvchi kuchlarigina emas, balki bu xududlarda tez-tez sodir bo‘ladigan zilzilalarning silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar. Bu, shubhasiz, XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to‘g‘risida yaratilgan qonunidan qariyib 7 asr muqaddam movarounnahrlik muxandislarga ma’lum ekanligidan dalolat beradi.
IX–X asrlardan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch va qo‘shsinchli binolarning tagsinchlaridan tortib, ustunlariyu sarrovlari va to‘sinlarigacha yog‘ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g‘ishtyoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish hozirgacha saqlanib keladi.
Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar harobalarida kovlab ochilgan turar joy qoldiqlaridan ma’lum bo‘lishicha, X—XI asrlarda ham paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o‘rinni tutgan. Xona, yo‘lak, ayvon va xovlilardan iborat bunday turar joylar va saroylar odatda mustahkam qalin paxsa devor bilan o‘ralib, suvalgan xona devorlari ganchkori naqshli panellar bilan bezatilgan. Derazalarga o‘rnatilgan ganchkori panjaralarga rangdor shishalar solingan. Turar joy saxni ko‘pincha naqshli qilib to‘shalgan pishiq g‘ishtlar bilan qoplangan.
IX–XII asrlarda me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o‘ymakorlik san’ati ham ancha rivoj topadi. Imoratni o‘ymakor ustun va to‘sinlar, devorlarini buyoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Bu davrga kelib naqqoshlik va tasviriy san’at o‘zgacha tus oladi. Endilikda jonli mavjudotlarni tasvirlashdan murakkab geometrik va islimi gulli naqshlar ishlashga o‘tiladi. Islom dini mafkurasiga asosan, garchi tirik jonzodlarni tasvirlash majusiylik va butparastlik deb qat’iy man qilinganiga qaramay, xalq san’atining bu sohadagi asriy an’analari butunlay yo‘qolib ketmadi. Bu davrda yog‘och, ganch va sopoldan turli jonzodlarning haykalchalarini yasash va ularning tasvirlarini sirli sopol buyumlariga tushirish keng tarqaladi.
Naqqoshlik san’atining taraqqiyoti o‘z navbatida kulolchilik, miskarlik va zararlikning ravnaqiga yordam beradi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlar kulolchilik, miskarlik va zargarlik rivoj topgan markazga aylanadi. IX–XII asrlarda ayniqsa sirli sopol buyumlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yiladi. Rang-barang sopol idishlarga nimsariq, ko‘kimtir, yashil, qizil, jigarrang va qora buyoqli naqshlar tortilib, sirti yupqa sir bilan qoplangan. Idish-tovoqlarni epigrafik naqsh-arabcha «xatti kufiy» da bitilgan maqollar, hikmatli so‘z va tilaklar bilan bezash katta o‘rin tutgan. Bunday sopol buyumlar nihoyatda sifatli bo‘lib, chet mamlakatlarga ham olib chiqilgan.
Bu davrda xattotlik xalq san’atining muxim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo‘lyozma kitoblardan nus’halar faqat xattotlar tomonidan qo‘lda ko‘chirilishi tufayli xattotlik san’ati ancha rivoj topadi. Turli uslubda xusnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.
Odatda, imoratlarning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli mazmundaga bitiklar bilan qoplangan. Shu jumladan masjid, xonakohq va madrasalarga ayrim oyatlar, saroylarga turli madhiyalar, oddiy bino vabuyumlarga esa hikmatli so‘zlar bitilgan. Shuningdek, imoratning qurilgan yili, binokor ustaning ismini yozish ham odatga aylangan. Bu odat, shubhasiz, kulolchilik, miskarlik va zargarlik buyumlarida ham namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, IX–XII asr me’morchiligi va unda ishlatilgan me’moriy naqsh uslublari o‘z navbatida mehnatkash aholining did, nafosat va binokorlik g‘oyalari bilan chambarchas bog‘langan xalq me’mor — bannolarning sermazmun ijodini namoyish etadi.
IX–XII asrlarda musiqa san’ati ham g‘oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to‘ylar, xalq sayllari va boshqa marosimlar, shubhasiz, kuy va qo‘shiqsiz o‘tmas edi. Maxmud Koshg‘ariyning «Devonu Lug‘atit turk» kitobida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, xalq orasida ayniqsa qo‘shiq janri keng tarqalgan. Bu davrda sozandalar rud, tanbur, qubuz, rubob, nay, surnay, karnay, qo‘shnay, tabl, barbat, daf, kus, taburok, zir, chag‘ona, shaynur, arg‘unun va qonun kabi g‘oyat xilma- xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg‘u asboblaridan keng foydalanganlar. Bu davrda hatto yangi sozlar ixtiro etilgan. Masalan, Rudakiyning zamondoshi Abu Xifz Sug‘diy nayga monand shohrud nomli torli asbob yaratgan edi. Manbalarda Abu Bakr Rubobiy, Bunasr, changchi Lukariy kabi sozanda hamda hofizlarning nomlari saqlanib qolgan. Rudakiy rud va tanbur kabi sozlarni yaxshigina chaladigan sozanda va xushovoz hofiz bo‘lgan. Uning mashhur «bo‘yi juyi Muliyon» she’ri ushshoq quyida aytilib, nihoyatda shuxrat qozongan edi. Rudakiyning zamondoshlaridan shoir Abu Tayib Toxir «Xusravoniy» ko‘yini ijod qilgan edi. Bu davrda xalq kuylari asosida, keyinchalik tojik va o‘zbek xalqlarining klassik quyi «Shashmaqom» uchun poydevor bo‘lgan «Rost», “Dusravoniy”, «Boda», «Ushshoq», «Zerafkanda», «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi yangi-yangi kuylar ijod etiladi. Bu kuylarning ko‘pi o‘zbek va qardosh xalqlarning madaniy merosi tarzida xozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Musiqa san’ati, shubhasiz, poeziya hamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog‘langan xolda taraqqiy etadi. Forobiy va Abu Ali ibn Sino kabi ulug‘ olimlar musiqa va Musiqashunoslikka katta e’tibor beradilar va nodir asarlar yaratadilar.
So‘fiylik ta’limoti. Markaziy Osiyo davlatlarida tasavvuf- sufiylik ta’limoti rivoj topadi. Sufiylik islomdagi falsafiy diniy oqimligi to‘g‘risida o‘rta asr manbalarida qayd qilingan. Voiz Koshifiy «Futuvatnomai sultoniya» asarida bu sufiy tushunchasi qad imiy bo‘lib, Odam alayhissalom o‘g‘illari Shish alayhissalom davrida paydo bo‘lganligi haqida bayon etadi.
Rus olimi I.M. Petrushevskiyning qayd qilishicha, ingliz sharqshunosi R.Nikolson XI asrgacha bo‘lgan qo‘lyozma manbalarda «sufizm» tushunchasining yetmish sakkiz ma’nodagi talqinini aniqlagan ekan. Nasafiyning Xoji Axmad Yassaviy risolasida ham islom dinida «sufiylik oqimi, darveshlar payg‘ambar zamonasidayoq vujudga kelgan» deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |