William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. Р. 172.
7
Қаранг:
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. Р. 172.
bilan imomiy shialar, mu’taziliylar hamda ash’ariylar o‘rtasida munosabatlar, ayniqsa,
keskinlashib ketdi.
Xalifa Qodir (991 — 1031) an’anaviy Islomni qonun asosida barcha uchun majburiy
bo‘lgan davlat dini deb qaror toptirishga urinib ko‘rdi. Shu maqsadda an’anaga sodiq ilohiyotchilar
imzolagan "Dinning qodiriy ramzi" ye’lon qilindi. Unda "haq din" deb ye’lon qilingan an’anaviy
diniy ta’limotning asosiy qoidalari mufassal bayon qilib berildi, undan chetga chiqish jazolashga
loyiq ye’tiqodsizlik deb qaraldi. Biroq bu tadbir ham I.da diniy birlik o‘rnatilishiga olib kelmadi.
G‘oyaviy kurash keyingi asrlarda ham davom yetdi. Bu kurashda sunniylar ilohiyotchisi
Ibn Taymiya ayniqsa ajralib turdi. U ilk islomni tiklashga, "haq din" asosida diniy birlikni
o‘rnatishga astoydil harakat qildi. Islomdagi uchinchi taraqqiyot bosqichi musulmon dunyosi
"chekka" o‘lkalarining ahamiyati va o‘rni ortganligi bilan bog‘liqdir
8
. Batamom o‘zga madaniy
an’analarga yega bo‘lgan xalqlar musulmon dunyosining ma’naviy hayotiga qo‘shilgach, Islomga
o‘z diniy-axloqiy tasavvurlari, huquqiy me’yorlari va odatlarini olib kirdilar. Movarounnahr,
Yeron, Shim. Afrika, Hindiston, Indoneziya kabi yirik tarixiy madaniy mintaqalarda Islom o‘ziga
xos xususiyatlar kasb yetadi. Mana shu ta’qiqlangan ishlar natijasida Sharqiy arab mamlakatlarida
dastgoxlik tasviriy san’atning rivojlanishi birmuncha qiyin bo‘ladi. Uning o‘rni yesa qo‘lyozma
kitoblarga ishlangan bezaklar-miniatyura san’ati yegallaydi.
Miniatyurani yuzaga kelishida rivojlanish arab tilida badIIy adabiyotning. ravnaqi,
kitobning qadimdan ilmu ma’rifat manbaai sifatida yuksak qadrlanganidan dalolat beradi.
Miniatyura kaligrafiya, saxifalarni ziynatlash, muqova bezagi bilan bir qatorda qo‘lyozmaning
yeng asosiy murakkab dekorativ yelementlaridan birini tashkil qilar edi. Miniatyuraning asosiy
axamiyati tekst mazmunini tushuntirish va umuman olganda dunyoviy xarakterga yega bo‘lgan
asarlarni bezashdan iborat edi. Asosan proza, poeziya, ilmiy traktatlar, tarixiy xronikalar aks
yetgan asarlarga miniatyura ishlangan. Ular orasida «Kalila va Dimna» xikoyalari grek vrachi
Dioskoritning «Farmologiya», Rashididdinning «Jam’iut tavorix» asarlari bor edi.
O‘rta asr musulmonlarining qadimgi kulyozmalari faqatgina guash bo‘yoqlar bilan
ishlangan. Bu bo‘yoqlarni tayyorlash usuli Yaqin Sharqqa VIII asrda O‘rta Osiyo orqali xitoydan
o‘tgan. Madaniyat markazlarini vayron qilgan, tez-tez sodir bo‘lib turgan boskinchilik urushlari
tufayli ilk arab miniatyuralari deyarli saqlanib qolmagan. Bizgacha yetib kelmagan arab
miniatyurachilarining asarlari ko‘p bo‘lmay ular xam asosan XIII asrga taalluqlidir.
Xozirgi vaqtga kelib, arab miniatyuralarini o‘rganuvchi mutaxassislar, qo‘lyozmalarni
bezashni uchta davri va regional badiiy markazi mavjud yekanini ye’tirof yetadilar. Bular
fotimiylar sulolasi davri (IX-X-XI) Suriya (XII asrning birinchi yarmi) va Iroq (yoki Bag‘dod)
XIII asr miniatyura maktablaridir. Bularning markazlari Ma’sul, Bag‘dod va Vosit shaxarlarida
bo‘lgan.
Shartlilik va dekorativlilik prinsiplari asosida ko‘rilgan o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan arab
miniatyuralari O‘rta asr Sharq rang tasviri sifatida o‘zining takrorlanmas obrazli badIIy tiliga
egadir. Miniatyuralarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tasvirning satx yuzidaligidadir. Bu
xususiyat qo‘lyozmaning dekorativ uslub (serxasham) ziynatlar, shams, lavxalar, zarvarak va
boshqa bezaklari kabi kitobning ziynatlari, uning tuzilishi xarakteridan kelib chiqqan.
Bizga ma’lum bo‘lganlik arab miniatyuralar fotimiylar sulolasi davrida ishlangan bo‘lib,
XI asrga taallluqlikdir. Oxorlangan qoqozga ishlangan odamlar qiyofasi xatti xarakatlari sodda va
yaxlit
xolda
tasvirlangan.
8
Қаранг:Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short Introduction. Oxford University Press,
New York,2015.Р.24.
Suriya qo‘lyozmalari bulmish Dioskoritning «Farmokologiya» si, «Kalila va Dimna» asarlariga
ishlangan bezaklar XIII asrning boshlari va o‘rtalarida arab miniatyurachiligiga Vizantiya va
Sosoniylar (qadimgi Yeron) san’atining kuchli ta’siriga qaramasdan Yangi bir bosqichni boshlab
beradi. Ba’zi bir xil qo‘lyozmalarda, masalan, XIII asrning birinchi yarmidagi («Muxtor al Xakim
va Muxsin al Kalim») Al-Muboshirning «Tanlab olingan dono fikrlar va so‘zlovchining
go‘zalligi» asari qo‘lyozmasidagi rasmlar, manzara tasviri yoki me’morchilik ko‘rinishlari bilan
boyitilgan. Kishilar qiyofasining tasvirida tabiiylikka intilingan. Kiyimlarning buklanganligi
tasvirlangan.
Arab kitob bezakchiligining ravnaq topishi davrini Iroq maktabi miniatyurachiligi boshlab
berdi. Dioskoritning «Farmokologiya» asari qo‘lyozmasi ana shu maktabga taalluqlikdir. Bu
qo‘lyozmaning bezagini xam Abdalla Ibn Fadl ishlagan deb tan olingan. «Farmokologiya»
asaridagi miniatyuralar xam boshqa asarlardagi kabi, tekstni tushuntirib berilgan uslubda lo‘nda
qilib tasvirlangan. Mana shu ma’noda tozaligichning qurilishini tushuntirayotgan Dioskoritning
tasvirlovchi miniatyura diqqatga sazovordir.
Miniatyura aniq kontura bilan ko‘rsatilgan va yorqin bo‘yoqlarga bo‘yalgan katta figuralar
va predmetlar aniq ko‘rinib turgan tekstlar orasidagi sariq fonida aks yetgan Iroq maktabining yeng
ajoyib asarlaridan biri Al Xaririyning Abu Zayd as-Sarujdi (o‘rta asrdagi Nasriddin Afandining
prototipi) ning boshidan kechirganlarini tasvirlab beruvchi «maqom» asariga ishlangan
illyustrasiyalardir.
«Maqom» asariga ishlangan Yaxyo ibn Maxmud ishlagan. Ularning xilma-xilligi bilan
odamni lol qoldiradi. Bular bozordagi masjid, qozixonadagi ko‘rinishlar, Shodiyona ziyofatlar,
qabul qilish marosimi, afsonaviy voqealar, xayvonlarning ajoyib tasvirlari, xayotiy voqealarning
butun real borliqlarini ikkala rassom xam turli xarakatlar orqali chizgan rassomlar asaridagi
arxitektura tasviri aloxida ye’tibor beradilar.
O‘ziga xos ko‘rinishga yega bo‘lgan xovlilar, go‘yo bu xovlilarning devori olib
tashlanganu,
tomoshabin
uning
ichini
ko‘rib
turganday.
«Makom» asarida xayvonlar ayniqsa, qadimdan arablar tomonidan ye’zozlab kelingan tuyalar juda
jonli qilib tasvirlangan. Manzarani tasvirlashda yesa ko‘m-ko‘k yashnab turgan o‘tloq tasviri
tushirilgan torgina yo`l yoki bo‘lmasa yekzotik o‘simliklar va daraxtlar tasviri tushirilgan uncha
baland bo‘lmagan tepaliklarni Al Xaririy asarida ko‘rish mumkin. Yaxyo ibn Maxmud «Tuyalar
karvoni» miniatyurasida o‘tlayotgan poda ifoda yetilgan. Xayvonlardan biri uzun bo‘yini cho‘zib
o‘tlayotgan bo‘lsa, boshqalari boshlarini tekis ko‘targan xolda turishibdi.
Bir-birini orqasidan ketma-ket joylashgan bu xayvonlar rang jixatidan xam bir-biridan farq
qiladi. Bu yesa rasmdagi ranglar uyqunligini aloxida bo‘rttirib ko‘rsatadi. Ba’zi bir xil
miniatyuralarida biz arab rassomlarining bitta kenglikda rang-barang kiyim-kechak va boshqa
kiyimlari bilan ajralib turgan personajlarni katta bir gurux sifatida tasvirlashga urunganliklarini
sezamiz. Bunga misol qilib Yaxyo ibn Maxmudning «Bayram sayli» miniatyurasini ko‘rishimiz
mumkin. Bu miniatyuralarda bayroqlar ko‘tarib olgan otliqlarning do‘mbira, karnay chalib,
bayram shodyonasi boshlanganligidan xabar berishayotganligi aks yettirilgan. Ular barvasta
gavdali kiyqir burun, ko‘zlari xam yirik-yirik kishi qiyofasida tasvirlangan. Ularni ichki dunyosi,
xarakatlari, bir qarashdayoq ko‘zga tashlangan xolatlari va kiyimlari orqali aks yettirishga xarakat
qilingan. Ba’zi bir kishilar boshini oltin olov tasviri o‘rab turibdi. Xristian san’atida bu tasvir san’at
vositasi ye’tiborli diniy arboblarni bildirsa, arab miniatyuralarida yesa, bular asosan dekorativ
axamiyatga yega xolos. XII-XIII asrlar arab miniatyuralarini obrazi qurilishini «Ming bir kecha»
yertaklarida real va fantastik, yorqin va ta’sirchan, rang-barang lavxalar bilan xam
tenglashtirishadi.
Arab miniatyura san’ati jaxon madaniyati san’at tarixida miniatyura san’ati va kitob bezakchiligini
rivojlantirishda butun dunyoga tanilgan edilar.
Arablar yuksak madaniyat yaratganlar. Bu madaniyat tarixga Arab xalifaligi madaniyati
nomi bilan kirdi.
Islom eng so‘nggi jahoniy din sifatida oldingi dinlarning ko‘p ijobiy xislatlarini o‘zida
ifodalagan. XX asr boshlariga qadar u Yaqin va O‘rta Sharq, jumladan, Markaziy Osiyoda dingina
emas, balki hukmron dunyoqarash vazifasini o‘tab kelgan edi.
Islom VIII asrning boshlarida Markaziy Osiyoga kirib keldi. U VIII-IX asrlar davomida
Xuroson va Movarounnahrda zardushtiylik, moniylik, buddaviylik kabi dinlarni siqib chiqarib,
ularning o‘rnini egallay boshladi. Islom dini dunyoqarash sifatida keng tarqala borishi bilan birga,
asta-sekin uning nazariy, falsafiy, huquqiy, adabiy kabi tomonlarini ishlab chiqishga e’tibor
kuchaygan. IX-X asrlarga kelib, Qur’onga asoslangan maxsus islom ilmlari, ya’ni islomning turli
tomonlama asosini mustahkamlash va uni talqin etishga qaratilgan maxsus diniy ilmlar shakllana
boshlagan edi.
Islomiy ilmlarning shakllanishi va rivojida Musulmon Sharqidagi qadimgi madaniy
an’analarga boy bo‘lgan Xuroson va Movarounnahrdan yetishib chiqqan olimlar, ko‘p hollarda
zo‘r iste’dod va ijod namunalarini ko‘rsatib, musulmon olamida nom qozondilar. Masalan, IX-X
asrlarda tez rivojlangan hadisshunoslikning mashhur bo‘lishida vatandoshlarimiz bo‘lgan Imom
al-Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Abu Iso at-Termiziy, kalom ilmining rivojida Abu Mansur al-
Moturidiy, Abu Mu’in an-Nasafiy, fiqh – islom huquqshunosligida Qaffol Shoshiy, Burhoniddin
Marg‘inoniy, Jaloliddin Ahmad al-Kosoniy kabilarning ulushi katta bo‘lgan edi.
IX-X asrlarda yashab ijod etgan, qadimgi ilmiy an’analar, jumladan, yunon, hind
ilmlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan hamda islomning ma’naviy ta’sirini bevosita guvohi bo‘lgan
katta qomusiy olimlar asarlarida o‘z davrida ilmlar tizimi, ta’rifi o‘z ifodasini topishi bilan birga,
ularni «qadimgi yoki an’anaviy ilmlar» hamda yangi – «arab ilmlari», deb ikki yo‘nalishda bayon
va tahlil etishga uringanlar. Bu dunyoviy ilmlar hamda islomiy ilmlar tizimidan iborat edi.
An’anaviy ilmlar qadimgi yunon ilmlari asosida vujudga kelgan falsafiy ilmlarning turli
yo‘nalishlarini – matematika, fizika, geografiya, kimyo kabilar, shuningdek, falsafa, mantiq, axloq
kabilarni tashkil etgan. O‘sha davr olimlari «Ixvon as-safo» to‘garagining a’zolari, Abu Nasr
Forobiy, Abdulloh Xorazmiy va boshqalar diniy, islomiy ilmlar, aniqrog‘i arab ilmlari sifatida
islom falsafasi nazariyasi bo‘lmish kalom ilmi, hadisshunoslik, shariatga asoslangan fiqh – huquq-
shunoslik, Qur’onni tafsirlash kabi masalalarni, shuningdek, arab tili va grammatikasi, arablar
tarixi (islomdan so‘nggi) kabilarni sanab o‘tganlar.
Islom ilmlari ichida, avvalambor, ilohiyot falsafasi – kalom, so‘ng hadisshunoslik, fiqh –
huquqshunoslik, Qur’on tafsiri muhim o‘rin egallagan va sof diniy masalalardan tashqari
turmushning barcha jihatlarini qamrab olgan.
Islom dini ta’limotida Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar hayoti, faoliyati hamda diniy,
axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga olgan hadislar musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’oni
Karimdan keyin turuvchi manba hisoblanadi.
VIII-XI asrlar hadis ilmining eng sermahsul davri bo‘lgan. Chunki, shu davrda sunnatning
asosiy manbasi bo‘lmish «Olti sahih to‘plami» vujudga kelgan. Shunisi e’tiborga sazovorki, ushbu
hadislar to‘plamini yozgan muhaddislarning aksariMarkaziy Osiyolik bo‘lib, ular: Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870), Muslim ibn al-Hajjoj (819-874), Abu Dovud as-
Sijistoniy (817-880), Abu Iso at-Termiziy (824-892), Ahmad an-Nasoiy (830-915), Abu Abdulloh
Muhammad ibn Mojja (824-886) kabi hadis ilmi peshvolaridir.
Ular ichida «hadis ilmida amir al-mo‘’minin», degan tahallusga sazovor bo‘lgan Imom al-
Buxoriy alohida o‘rin tutadi. Uning «Al-jome’ as-sahih» to‘plami ishonchliligi jihatidan Qur’-
ondan keyingi o‘rinda turadi.
IX-X asrlarga kelib, qadimgi yunon ilmiy merosini islom Yaqin Sharqida o‘rganish va
uning keng yoyilishi natijasida ularni turlicha talqin etishga intilish, masalan, mu’taziliylar ta’-
limoti va uning turli yo‘nalishlarining vujudga kelishi hamda ularni tanqid etish jarayonida paydo
bo‘lgan fikrlarni tizimga solish zaruriyatga aylandi.
X-XI asrlarda kalom va yunon falsafasining natijalarini qorishtirishga intilish mavjud edi.
IX-XII asrlarda islomning qonun-qoidalariga asoslangan tasavvuf yo‘nalishi shakllanib, Markaziy
Osiyoda keng yoyildi. Bu yo‘nalish, diniy dunyoqarash asosida fan, madaniyat rivoji imkoniyatini
kengaytirishi bilan, ularning yutuqlaridan foydalanish yo‘llarini boyitgan. Tasavvuf ziyolilar
orasida tarqalgan.
Xulosa qilib aytganda, islom dini va falsafasi yangi axloqiy komillikka intiluvchi tarbiyani
vujudga keltirishga intildi. Hadislarda bayon etilgan islomiy tarbiyaning asosi imon va solih
amallardan iborat edi. Uning ustidan nazorat qilish shariat qonunlari va sunnatga topshirildi.
Aslida payg‘ambar sunnati, deb atalgan narsa, barcha musulmonlar uchun ma’naviy ozuqa
bo‘luvchi ideal – axloqdir.
Islomda ilk ilohiyot oqimlaridan biri hisoblangan mu’taziliya (arabcha – ajralib chiqqanlar,
uzoqlashganlar)ning kelib chiqishi nazariy jihatdan muhim voqea bo‘ldi. Bu oqimning vakili
Hasan al-Basriy (642-728) mu’taziliy oqimining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Hasan al-
Basriy ta’limoti rivojida uning izdoshlari Vosil ibn Ato (vaf. 748) va Amir ibn Ubayd (vaf. 761)
kabilarning o‘rni katta. Ular islomga qadimgi dunyo falsafasi va mantig‘ining usul va
tushunchalarini tatbiq qilib, islom asoslarini aqliy tarzda talqin etishga harakat qilishgan.
Mu’tazila oqimi tarixida muayyan mutafakkirlarning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab
guruhlar mavjud edi. IX va X asrlardagi asosiy maktablar Basra va Bag‘dod maktablari edi.
Barcha mu’taziliylar uchun umumiy birday narsa deb hisoblanadigan mezon sifatida beshta
asosiy qoida (usul) xizmat qiladi:
1. Yakkaxudolik (tavhid) – ko‘pxudolik, antropomorfizm (odamlarga xos xususiyatlarning
narsalar, jonivorlar va tabiat hodisalariga ham xos deb hisoblaydigan ibtidoiy tafakkur), hamda
ilohiy mohiyatdan farq qiluvchi ilohiy sifatlarning haqiqiyli va cheksizligini muayyan mohiyatlar
yoki ramzlar ekanligini rad qiluvchi Xudo haqidagi ta’limot.
Mu’taziliylar ilohiy mohiyatlar bilan bir xil hisoblanadigan mohiyatlar sifatini (bilim,
hokimiyat, hayot) farq qilar edilar. Shuning uchun ularni cheksiz hisoblab, harakatlar sifatini
(iroda, eshitish, nutq) yaratilgan deb qarab, ularni zamon bilan birga o‘sib boruvchi va o‘zgaruvchi
va shuning uchun ham ilohiy mohiyatdan farq qiluvchi deb bilar edilar. Ana shu erdan
antropomorfizmni rad etish va Qur’onning yaratilganligini tan olish kelib chiqar edi.
Antropomorfizmni rad etib, ular Xudoning sifatlarini ham rad etdilar. Uni yagona,
mavhum, bo‘linmas, aniqlab bo‘lmaydigan va bilib ham bo‘lmaydigan deb talqin qildilar. Abadiy-
lik faqat Xudogagina xos bo‘lganligidan, Qur’on abadiy bo‘la olmaydi, negaki, bu narsa ikki
tomonlama mangulikka olib keladi. Demak, Qur’on Xudo tomonidan yaratilgan va uning tomoni-
dan ijod qilingan narsalardan biridir.
2. Adolat (adl) – ilohiy adolat insonning o‘z xatti-harakatlarida ozod bo‘lishini va Xudoning faqat
«yaxshi» (al-aslax)ni yarata olishini nazarda tutadi. Undan hech qanday yomonlikning chiqishi mumkin
emas. Bu narsa iroda erkinligiga asos bo‘ladi va taqdirning azaldan belgilanganligini rad etishga olib
keladi.
3. Va’da va qo‘rqitish (al-va’d va-l-va’id) - Xudo o‘z va’dasi va qo‘rqitishini amalga
oshiradi. Agar u mo‘‘minlarga jannat, gunohkorlarga qo‘rqitib do‘zax va’da qilgan bo‘lsa,
insonning qilmishi uchun Payg‘ambarning shafoati ham, hatto yaratganning rahm-shafqati ham,
unga jazo berilishini o‘zgartira olmaydi.
4. O‘rtacha holat (al-manzila bayna-l-manzilatayn) –og‘ir gunoh qilgan musulmon, e’tiqod
qiluvchilar safidan chiqadi (uni ilgarigidek dinga ishonuvchi hisoblovchi liberal murjiylarga
qarama-qarshi), ammo dinsiz bo‘lib qolmaydi (qat’iyatli xavorijlar ta’lim bergandek) va ular
o‘rtasida o‘rtacha holatda qoladi. Vosil ibn Ato bunday musulmonlarni gunohkorlar (fosiq) deb
atadi, Hasan al-Basriy esa – ikki yuzlamachilar (munofiq) deb hisobladi. Bu narsa ular o‘rtasidagi
ixtilofga sabab bo‘ldi. Mu’taziliylar fikricha, gunohkor odam musulmon jamoasi a’zosi sifatida
o‘z huquqlarini saqlar, ammo xalifa yoki imom bo‘lib saylana olmas edi.
5. Buyruqlar va ta’qiqlar (al-amr va-l-ma’ruf va-n-naxi’an al-munkar ) – bu qoida
musulmonni barcha vositalar, shu jumladan, kuch ishlatishni ham, ya’ni qilichni ishga solishni
ham istisno etmagan holda ezgulikni g‘alabasi uchun o‘z majburiyatini bajarib, uni amalga
oshirishga yordam berishini talab qilar edi.
Mu’tazila ta’limoti Abbosiylardan Xorun al-Rashid (786-809), Ma’mun (813-833), Al-
Vosiq (842-847) xalifalik qilgan davrlarda rasmiy e’tiqod sifatida tanildi. Al-Mutavakkil hukm-
ronlik qilgan davrda (847-861) esa, islomga zid bo‘lgan oqim sifatida qattiq ta’qib ostiga olindi.
Xalifa Mutavakkil hukmronligi vaqtida boshlangan mu’taziliylarni ta’qib qilish sharoitida
va umuman, «kalom»ga hujum davrida mu’tazaliy Al-Juboiy (vaf. 916) ning shogirdi va yangi
«kalom» maktabi bo‘lgan Ash’ariylikning asoschisi Abul Hasan al-Ash’ariy (874-933) uni
an’anaviy diniy aqida bilan, ba’zida rasmiyatchilik uchungina bo‘lsa ham, murosasozlik yo‘li bilan
saqlab qolishga urindi.
Shu davrdan boshlab «kalom» (arabcha-«ta’limot») nomini olgan ilk islom falsafasi ishlab
chiqila boshlandi. Bu ta’limot tarafdorlarni mutakallimlar deb atadilar. Mutakallimlar an’anadan
ko‘ra, aqlga tayanishning afzalligini ta’kidlar, «taqlid»ni rad etar va biror-bir nuqtai nazar va
ta’limotni qabul qilishdan oldin ehtiyotkorlik jihatidan unga shubha bilan qarashni nasihat qilar
edilar.
Mutakallimlar o‘rta asrlar falsafasiga xos bo‘lgan bir qator asosiy muammolarni, jumladan,
din bilan aqlning aloqalari masalasini hal etishda o‘z hissalarini qo‘shdilar. Bu muammolarga xudo
va dunyo, tabiatdagi jismlarning tuzilishi, «bo‘linmas» zarrachalar (cheksiz kichik), kontinuum
(uzliksizlik) va boshqa masalalar kirar edi. Mu’taziliylar va mutakallimlar o‘rta asrlardagi
ziyolilarning eng ma’lumotli qismini tashkil etardilar. Ular orasida ko‘plab ensiklopedik olimlar,
faylasuflar (An-Nazzom, Johiz) bor edi. Ular ichidan Al-Kindiy, Zamaxshariy kabi zabardast
faylasuflar va boshqalar chiqdilar.
Kalom ilmi o‘rta asrlarda falsafiy-diniy fikrlarni, dinning nazariy asoslarini o‘rganish,
islom aqidalariga nisbatan aqliy mulohaza yuritish jarayonida maxsus bilimlar tizimi majmui
sifatida vujudga kelgan edi.
Mutakallimlar (kalom ilmi vakillari) va faylasuflar orasidagi farq, ularning mavjud
masalalarni tahlil qilishda tutgan mavqelarida edi. Mutakallimlar uni echishda islom qonun-
qoidalari hisoblangan Qur’on va hadisga tayangan bo‘lsalar, faylasuflar qadimgi an’anaviy
uslubga rioya qilib, barcha masalalar echimida aqlgagina tayanib, mantiqiy fikr yuritganlar. Kalom
ilmi dastlab islomda mavjud bo‘lgan turli siyosiy-diniy firqalar (xavorijiylar, qadariylar,
jabariylar, murjiylar, mu’taziliylar)ning o‘zaro munozaralari va boshqa din (mazdakiylik,
nasroniylik) vakillari bilan bo‘lgan bahslar jarayonida shakllandi. Bu tortishuvlarning natijasi
Qur’on tafsiri va islom arboblarining u yoki bu sohada qilgan amallari talqiniga borib taqalar edi.
SHular asosida kalom ilmining dastlabki mavzusi vujudga keldi: Allohning yagona vujudligi va
uning sifatlari; qazo va qadar (inson taqdiri); o‘tgan payg‘ambarlarning, shu jumladan,
Muhammad alayhissalomning Alloh elchisi ekanligini tan olish; qiyomat kuni va qayta tirilishga
ishonish; musulmonlarning diniy hamda dunyoviy rahbarlarining (xalifa, imomlik) sifatlari kabi
masalalar uning mazmunini tashkil etdi. Islom davrining dastlabki bosqichlarida jamiyatning
diniy-huquqiy asoslarini turli din va xalqlarning milliy madaniyati tashkil qilar edi. O‘zga dinlarda
bo‘lgani kabi islomning nazariy-huquqiy tomonlari keyingi asrlarda shakllana boshladi. Chunki
bu din o‘rta asrlarda o‘z atrofiga arab bo‘lmagan – ajam xalqlarini ham birlashtirishga ulgurgan
edi. Shu tufayli islomning diniy-huquqiy ta’limotini yaratishda bu dinni qabul qilgan turli millat
va irq vakillarining manfaatlarini ham hisobga olish lozim edi. IX asr o‘rtalariga kelib islomda
yirik oqimlarni sunniylar, mu’taziliylar, murjiylar, shialar va xavorijiylar tashkil qilar edi.
Siyosiy va diniy bahslar avj olgan murakkab sharoitda Bag‘dodda Abul Hasan al-Ash’ariy
kalomning yangi maktabi bo‘lgan ash’ariylik oqimining asoschisi sifatida chiqib, ilk islomiy
aqidalar bilan kalomni murosasozlik yo‘li bilan saqlab qolmoqchi bo‘ldi. Ilgarigi ilohiyotchilardan
farq qilib, Ash’ariy va uning izdoshlari ilk islomni mantiqiy va falsafiy dalillar yordamida himoya
qilishga urindilar.
Ash’ariy aqliy usulni qo‘llab, taqdirga ishonish va iroda erkinligi haqidagi ta’limotni ichki
qarama-qarshiligini hal qilmoqchi bo‘ldi. Uning tomonidan «kasb» (bajarish yoki o‘zlashtirib olish)
ta’limoti yaratildi. Unga muvofiq, qazo (qaror, hukm) xudoning azaliy va umumiy irodasi bo‘lib, qadar
(hokimiyat, iroda) - xudoning hukmini dunyo hodisalariga nisbatan qisman qo‘llanilishi edi. Inson esa,
ushbu xususiy qarorni faqat xuddi o‘zinikidek,«kasb etishi» yoki «o‘zlashtirishi» mumkin. Bu ta’li-
motga ko‘ra, faoliyat xudo tomonidan yaratiladi, ammo iroda erkinligiga ega bo‘lgan inson tomonidan
bajariladi va qo‘lga kiritiladi. Garchi ash’ariylik oqimi o‘zini oshkora mu’taziliylardan ajratgan bo‘lsa
ham, ammo ular uchun umumiy bo‘lgan iroda erkinligi va aqliy yo‘nalishda borishda davom etgan.
Ilgarigi ilohiyotchilardan farqli o‘laroq, Ash’ariy va uning izdoshlari ilk islomni mantiq va
falsafani, ya’ni aqliy usulni qo‘llash yo‘li bilan himoya qilishga urindilar. Ash’ariy taqdirga ishonish va
iroda erkinli haqidagi ta’limotning ichki qarama-qarshiligini murosa yo‘li bilan hal qilishga urindi.
«Kasb» nazariyasi unga taalluqli ediki, unga binoan qazo (qaror, hukm) Xudoning abadiy va umumiy
irodasi bo‘lib, qadar (hokimiyat, iroda) esa, Xudoning qarorini dunyo hodisalariga qisman qo‘llanilishi
edi. Inson ushbu ayrim olingan qarorni faqat o‘zinikidek «kasb etadi» yoki «o‘zlashtiradi». Bu
nazariyaga muvofiq xatti-harakat Xudo tomonidan yaratiladi, ammo iroda erkinligiga ega bo‘lgan inson
tomonidan kasb etiladi va bajariladi.
«Kalom»ning ilohiyotga doir masalalari taraqqiyotida ash’ariya maslakdoshlari o‘z
ta’limotlarini mu’taziliylar bilan an’anaviy aqida tarafdorlarining nuqtai nazarlari o‘rtasiga
qo‘ydilar. «Kalom» tarixida yangi bosqich XIII asrning boshidan, ayni mutakallimlar bilan
faylasuflar, birinchi navbatda Ibn Sino maktabi o‘rtasida do‘stona aloqalar tiklangan vaqtda bosh-
landi. Bu tiklanish birinchilar uchun Shaxristoniy (1153 y.vafot etgan) va Faxriddin Roziy (1209
yil vafot etgan) asarlari tufayli tayyorlangan bo‘lsa, ikkinchilar uchun Nasriddin Tusiy (1274 yil
vafot etgan) ijodi barakatidan muyassar bo‘lgan edi. Buning natijasida, Ibn Xaldun (1332-1405)
qayd etgandek, oxirgi mu’taziliylar orasida «kalom» va «falsafa» muammolari shunday qo‘shilib
ketgan ediki, bu fanlarni bir-biridan ajratib bo‘lmay qoldi
1
.
«Keyingi kalom» deb nom olgan «kalom» taraqqiyotidagi yangi bosqich Baydaviy (1390
yil vafot etgan), Isfahoniy (1348 yil vafot etgan), Ijiy (1355 yil vafot etgan), Taftazoniy (1390 yil
vafot etgan) va Jurjoniy (1413 yil vafot etgan)larning asarlarida bayon qilingan.
Ash’ariylik asosan o‘z tarafdorlarini Iroq, Suriya va Misrda topdi.
1
Қаранг: Ибн Халдун. Ал-муқаддима. Ал-Мутбаъа аш-шарафийя. –Бейрут, 1967. –Б.520.
Kalomning asosiy maktablari bilan bir qatorda Samarqand va Buxoroda Abu Mansur al-
Moturidiy (870-944) asos solgan Moturidiya maktabi ham mavjud edi. Mavoraunnahrda X asrdan
keyin, Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog‘ida tavallud topib, Mutakallim as-Samarqandiy
nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Mansur al-Moturidiy (944 yil vafot etgan)ning izdoshlari bo‘lgan
moturidiya oqimining juda ko‘p maktablari mavjud edi. Moturidiy o‘zining kalom tizimini
Ash’ariydan mustaqil ravishda ishlab chiqqan edi. Umuman, ularning qarashlari va tizimlari bir-
biriga o‘xshaydi.
Moturudiy ta’limoti mu’taziliylar kabi faqat aqlga suyanish emas, balki aql bilan naqlni qo‘shib
foydalanishni zarur, deb bilgan. Moturidiy islom ilohiyotida qazo va qadar, ya’ni inson taqdiri borasida
ham o‘zining mulohazalarini bayon etgan.
U insonda tanlash erkinligi, ya’ni har kimning ixtiyori o‘zida ekanligini ta’kidlagan.
Xudoning yagonaligini isbotlashda Moturidiy bilimning uch xil yo‘liga tayangan. U naqlda ko‘r-
satilganlardan boshlab (som), aql ko‘rgazmasiga (dalolat al-aql) etib kelgan va yaratilgan narsalar
tufayli hosil bo‘ladigan his-tuyg‘u (dalolat al-istidlol bi-l-xalq) bilan o‘z dalillarini tamomlagan.
Moturidiy va uning asarlari bilangina Movarounnahr kalom tarixiga birinchi marta qadam
qo‘ygan.
Moturidiyning bilish nazariyasi o‘ziga xos va jozibali edi. U dunyoni bilishni ikki turga:
qadim va hadis bilishga ajratgan. Qadim bilishda Allohni tanish, hadis bilishda esa, mavjudotlarni
tushunish ko‘zda tutilgan. Kasbiy bilish ham tarixiy va istidloliy bilish sifatida ikkiga ajratilgan.
Xabar yo‘li bilan hosil qilingan bilishga tarixiy, aqlga tayangan bilishga esa, istidloliy nomi
berilgan.
Moturidiy ko‘plab shogirdlar etishtirdiki, ular orasida islom olamiga mashhur bo‘lgan:
Abul Hasan ar-Rustug‘faniy (vaf. 961), Ishoq ibn Muhammad as-Samarqandiy va Abdul Karim
al-Pazdaviy (vaf. 999), Abu Ahmad al-Iyodiy, Abul Qosim Hakim as-Samarqandiy (vaf. 953) kabi
olimlar bor edi. Ushbu shogirdlari o‘z ustozlarining ta’limotini davom ettirganligi tufayli Hanafiya
mazhabi ichida moturidiya maktabi keng yoyildi.
Dostları ilə paylaş: |