Saljuqiylar
Saljuqiylar bu etnik nom emas, ular turkiy o’g’iz qabilalaridir. Ular Sirdaryo quyi
etaklarida, Orol havzasida yashagan, ko’proq ko’chmanchi hayot kechirgan. «O’g’iznoma»
kitobida naql qilinishicha, o’g’iz urug’lari, qavmlari juda qadimiy tarixga ega bo’lib, ularga
ilk bor O’g’izxon nomli buyuk shaxs boshchilik qilgan. IX asr oxiri X asr o’rtalariga kelib
Orolbo’yi va Kaspiy shimolida O’g’iz urug’lari ittifoqi shakllangan. X
asr oxirlarida Sirdaryo
etagida poytaxti Yangikent bo’lgan o’g’izlar davlati tashkil topadi. XI asr o’rtalariga kelib bu
davlat shimoliy sharqdan bostirib kelgan qipchoqlar zarbasiga uchraydi. Natijada o’g’iz
urug’larining bir qismi shimolga - dashtli
hududlarga, bir qismi old
Osiyo mamlakatlariga
chekinadi, yana bir qismi esa hozirgi Turkmaniston hududiga o’tib, erli
aholi bilan
qo’shilishib, turkmanlar nomi bilan atalib ketadi. Tarixchi Rashiddidin, shuningdek, Mahmud
Qoshg’ariy, Abul G’oziylarning ma’lumotlariga qaraganda, o’g’izlar 22 yoki 24 qabiladan,
chunonchi, chavdir, emreli, ichdir, yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi, taturga va
boshqalardan tashkil topganSirdaryo quyi oqimida paydo bo’lgan o’g’iz davlatining dastlabki
yobg’usi (podshosi)
Saljuqbek bo’lgan. Uning avlodlari
Tug’rulbek, Dovudbek,
Dostları ilə paylaş: