IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining
ko’plab tarmoqlari va yo’nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan
matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, jug’rofiya, falsafa
singari dunyoviy fanlarning tamal toshi tom ma’noda shu davrda qo’yildi. Buyuk
matematik, astronom va
geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850)
nomi fan tarixida alohida o’rin tutadi. Olim o’zining «Hisob aljabr val Muqobala»,
«Hind arifmetikasi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola», «Astronomik
jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning arifmetika
risolasi hind raqamlariga asoslangan bo’lib, hozirgi paytda biz foydalanayotgan
o’nlik hisoblash sistemasining Evropada tarqalishiga sabab bo’ldi. Allomaning «al-
Xorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. Olimning
«Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu qadar fundamental
ahamiyatga egaki, u arab tilida ko’plab geografik asarlarning yaratilishiga zamin
yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb nomlanishi ham shundan. Xorazmiy
yaratgan «Zij» Ovro’pada ham, Sharqda ham astronomiya fanining rivojlanishi
yo’llarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob at-tarix» («Tarix kitobi»)
asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo halqlarining VIII-IX asrlarga oid
tarixini to’laqonli yoritishda muhim qo’llanmadir. Al-Xorazmiyning arab ilmiy
dunyosining yirik markazi - Bag’doddagi Ma’mun akademiyasida
ishlagan davrlari
uning iste’dodining eng barq urgan paytlari bo’ldi. U shu akademiyaning rahbari
sifatida ilm ahliga ibrat ko’rsatdi.
O’rta Osiyolik buyuk allomalar orasida
Ahmad al-Farg’oniy (797-865) nomi
alohida ko’zga tashlanib turadi. Olimning to’liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn
Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy bo’lib, aslida Farg’onaning Quva shahrida
tavallud topgan. Ilm yo’lida zahmat chekib ko’p yurtlarni kezgan. Umrining ko’p
qismini xorijiy ellarda, xalifalik markazlarida o’tkazgan. Uning butun ongli hayoti va
faoliyati fan yo’liga bag’ishlangan. Ahmad al-Farg’oniy etuk astronom, matematik va
geograf olim sifatida shuhrat topgan. Juda ko’plab fundamental asarlarning muallifi,
Bag’doddagi
Baytul Hikma (akademiya)ning nomdor namoyandalaridan biridir.
Al-Farg’oniy ilmiy salohiyatining mahsuli bo’lgan
«Astronomiya asoslari haqida
Dostları ilə paylaş: