Ix-xv asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar



Yüklə 147,1 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü147,1 Kb.
#186383
  1   2
IX-XV asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar.


IX-XV asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar.
REJA:
1.o’rta osiyo allomalarining iqtisodiy fikrlari va qarashlari
2.yunono mutaffakirlarining iqtisodiy qarashlari
3 Antik dunyo iqtisodiy ta‟limotlari

3


Al-G‘azzoliy (105hqa arab olimlari kabi jamiyatning falsafiy, ijtimoiy va iqtisodiy tomonlarini o‘z davrining ustuvor diniy e’tiqodlariga bog‘lagan asarlar yozgan. U o‘rta asrlar islom dunyosining eng yirik zakovat Ал-газаяи egalaridan bin hisoblanadi. Uning asarlari Avliyo (1058-1111 8-1111-yillar), bosyillar) _ t , . . . Tomas Akvmskiyga о z ta smni о tkazgahgi ma’lum. Uning bozorda ko‘ngilli almashuvlarga bergan ta’rifi o‘n birinchi asrda mehnat taqsimoti bilan bog‘liq munosabatlami muvofiqlashtirishni amalga oshirishga imkoniyat bergan. Dastlabki vaqtlarda bir kishi bug‘doyni ekkan, o‘rgan va yanchgan, so‘ng xamir qilib non yopgan, vaholanki bu holat bir oilaning mehnati natijasi bo‘lishi mumkin. Al-G‘azzoliy o‘z davrida bitta non mingta yoki undan ko‘proq ishchi mehnatining mahsuloti bo'lishi mumkinligini kuzatgan. Kengayib borayotgan ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti iqtisodiy almashinuvga olib kelinishini tushunib, barteming qiyinchiiklarini yengillashtiradigan pulga bo‘lgan munosabatni ko'rsata olgan. U davlat xarajatlari, soliqqa tortish va qarz olish; tanga pullar va tanga pullaming arzonlashuvi; foiz va sudxo‘rlik; qay tarzda eng yaxshi usul bilan soliq solish, jamiyat bo‘ylab soliq yukini yengillashtirish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlami ham organdi.



Ibn Xaldun (1332-1406-yillar) tomonidan ko‘plab “iqtisodiy” masalalar: foyda, taklif, talab, narx, jami ortiqcha miqdorlar va sarmoyaning shakllanishi kabi holatlar chuqur o‘rganilganligi va tahlil qilinganligini ko‘rish mumkin. Ayrim manbalarda Ibn Xaldun islom dunyosida ilk iqtisodiy qarashlar bilan shug‘ullangani qayd etiladi, ayrim bahs va munozaralarga ko‘ra bunday taniqlilik al-G‘azzoliyga tegishli. Ulardan awal ming yillik davomida mashhur bo‘lib kelgan Aristotel va Platon kabi arab faylasuflari iqtisodiyotga nisbatan ko‘proq fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan masalalami o‘rganish jarayonida iqtisodiy faoliyatning dastlabki tadqiqotlarida ayrim qiziqarli yutuqlarga erishdilar



X-XII asrlarga kelib O‘rta Osiyo ilg‘or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. O‘rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Fargoniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Nizomulmulk va boshqa ko‘plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy g‘oyalar ham o‘z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy taffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim o‘rin tutadi. Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga extiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne’matlarini o‘zlashtirib oladi, odam esa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi kerak». Forobiy (873-950) O‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning qariyib barcha sohalarini o‘z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan «qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga yetdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- muallimas -«soniy» - «ikkinchi muallim» deb atay boshladilar. Olimning ayniqsa «Fozil odamlar shaxri» asari diqqatga sazovar bo‘lib, unda mamlakatniboshqarish, xoqimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim g‘oyalar keltiriladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Forobiy o‘z ustozi Arastu g‘oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to‘ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta’limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo‘lgan «Ehtiyoj» ni ta’riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o‘rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya’ni o‘z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo‘lgan holatdan, har bir operatsiyani maxsus kishilarga bo‘lib berish afzalligi ko‘rsatiladi («Qushni so‘ysa ham, qassob so‘ysin»). Mehnat taqsimoti to‘g‘risidagi g‘oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta’limotining (XVIII asr) asosidir. Forobiyning fozil (ideal) davlat, hoqimlar to‘g‘risidagi g‘oyalari nihoyatda ahamiyatlidir, o‘zaro
yordam va dustlikning zarurligi ko‘rsatiladi. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne’matlarni to‘g‘ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g‘oyalari rivojlantirilib, avvalo yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o‘rinlari, so‘ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko‘rsatiladi. Fozillar shaxri xoqimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Forobiy tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko‘p (yunon, arab va b. ) tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharxlagan va izohlagan.Tarixda shunday voqea bo‘lib o‘tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino Arastuning «Metafizika» asarini 40 marta o‘qib ham tushuna olmagan ekan. U surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni qarangki, bozordan harid qilgan kitobi Forobiyning Arastu asariga yozgan sharxlari ekan. Ibn Sino kitobni bir marta o‘qib chiqishdayok Arastuning «Metafizika» asari mohiyatiga to‘la tushunib yetadi.Donishmand hikmatlarida insonning kasb-hunar, san’atdagi fazilatlari har doim ham tug‘ma bo‘lavermasligi, ko‘pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo‘li bilan ruyobga chiqishi qayd etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat o‘zaro uyg‘unlashganda rivojlanish bo‘ladi. Forobiy fikricha , baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga yordam berishsa, butun yer yuzi fazilatli bo‘ladi. O‘ylashimizcha, yangi XXI asrda turgan deyarli barcha davlatlar ham shu to‘xtamga kelmoqdalar. «Kim rahbar bo‘la oladi?»degan savol bundan ming yillar avval ham buyuk donishmandlarni qiziqtirgan ekan.

Yüklə 147,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin