Ixtiro — xalq xoʻjaligining turli sohalarida, ijtimoiymadaniy qurilish va mudofaa sohalarida ijobiy samara beradigan, oʻziga xos texnikaviy yechimga ega boʻlgan yangilik. Tor maʼnoda — davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi texnikaviy yechim.
Har qanday yangilik ham Ixtiro boʻlavermaydi. Masalan, quruq ilmiy qoidalar, xususan, kashfiyotlar, amalga oshirib boʻlmaydigan va xato takliflar (mas., abadiy dvigatel yaratish haqidagi takliflar) ixtiro. hisoblanmaydi. Hal qilinadigan masala faqat nazariy emas, balki amaliy ehtiyojlarni qondiradigan boʻlishi lozim. Ixtiro. qonun bilan muhofazalangan davlatlarda har bir taklifning Ixtiro. boʻlish shartlari belgilanadi.