Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar va ularning tasnifi. Ixtisoslashtirilgan
dasturiy vositalarning qo`llanilish.
1. Matematik paketlar haqida umumiy ma’lumot
Ma’lumki, matematika fani tabiat va jamiyatda
kechayotgan jarayonlarni
o`rganish va tahlil etishda asosiy vositalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu
vositalarning imkoniyatlaridan samarali va tez suratlar bilan foydalanishni
kompyuter texnologiyalari yutuqlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Masalan, ko`p
holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal
etish uchun professional matematikdan o`z kasbi bilan bir vaqtda ma’lum bir
algoritmik tilni bilishi talab qilinar edi. Lekin muammo shundaki,
matematiklar
ichida dasturlash muhitlarining imkoniyatlaridan yaxshi voqif bo`lmaganlari ham
yo`q emas. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun XX asrning 90-yillari
boshiga kelib matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo`lgan matematik
sistemalar yaratila boshladi.
Professional
matematik
paketlar
deganda,
odatda
hozirgi
zamon
kompyuterlarida qo’llanilayotgan Mathematica, Maple, Matlab, Derive, Mathcad
kabi tizimlar va qiymatlarni statistik taxlil qilishga mo`ljallangan SSPS, Statistica,
Statgraphics, Stadia va shunga o`xshash tizimlar oilalari nazarda tutiladi. Bu
paketlar yordamida turli sonli va analitik (simvolli) matematik hisoblarni,
oddiy
arifmetik hisoblashlardan tortib, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni
yechish, optimallash masalalarini hal etish, statistik gipotezalarni tekshirish hamda
matematik modellarni yaratishga qadar turli zarur texnik hisoblashlarni amalga
oshirish mumkin. Ularning barchasi takomillashgan ilmiy grafika vositalariga,
qulay yordamchi axborot tizimiga va hisobotlarni rasmiylashtirish vositalariga ega.
«Professional paket» atamasi «o`quv paketi»
atamasiga muqobil ravishda
tanlangan.
Hozirgi davrda bu paketlardan nafaqat oliy malakali mutaxassislar,
professional o`qituvchilar, balki oliy maktab talabalari, hattoki, litseylar, kasb-
hunar kollejlari va maktablar o`quvchilari ham foydalanayotganligini kuzatish
mumkin.
Bizning
fikrimizcha, professional matematik paketlardan foydalanishning
ommalashishiga asosiy ob’ektiv sabablar quyidagilar:
- kompyuterlar odatdagi uy jixozlari qatoridan o`rin olib bormoqda;
- kompyuter programmalari interfeysini tashkil etishda maxsus standartlar
ishlab chiqilib, ulardan ommaviy ravishda foydalanlmoqda;
- hozirgi zamon talabasi, ilmiy xodimi va mutaxassisi
xayotida Internet
turidan foydalanish kundalik extiyojga aylanmoqda;
- talabalarga bilim berishda professional matematik paketlardan o`quv
vositasi sifatida foydalanish darajasi oshmoqda;
- fundamental
va
amaliy
xarakterdagi
ilmiy
tadqiqotlar
bilan
shugullanuvchilar uchun mos universal matematik paketlar yaratilmoqda
va bu paketlar ilmiy tadqiqot natijalariga ijobiy ta’sir ko`rsatmoqda;
- Professional
matematik
paketlar
bo`yicha
maxsus
adabiyotlar
ko`paymoqda.
Ushbu sistemalar quyidagi ko`rsatkichlar bo`yicha doimo raqobat qilib
keladi:
Nazariy materialni chuqur va har tomonlama o`rganish uchun o`quvchiga
qulay imkoniyatlar yaratish;
Kuchli analitik va grafik imkoniyatlarga tayangan holda matematik
muammolarni tez va oson yechishda o`quvchiga samarali yordam
ko`rsatish;
Nostandart matematik muammolarni hal etish uchun o`zining maxsus
algoritmik tiliga ega bo`lishi va h.k.
Hozirgi kunda o`rta ta’lim muassalarini zamonaviy kompyuter
texnologiyalari va dastur ta’minotlari bilan ta’minlash tez suratlar bilan
kechmoqda. Bu holda EHMning apparat va dastur ta’minotlarining o`zaro
uyg`unligi katta axamiyatga ega. Shu sababli, o`rta ta’lim muassasalarida
matematika o`qitishning zamonaviy usuli sifatida
Mathcad imkoniyatlaridan
foydalanishni qisqacha bayon etamiz. Ushbu imkoniyatlardan to`liq voqif qiluvchi
saytlardan biri sifatida
www.exponenta.ru
ni taklif etamiz.
Mathcad (Excel ning ham) ning boshqa hisoblash paketlaridan afzalligi
shundan iboratki, Mathcad o`rta murakkablikdagi masalalarni yechishda maxsus
kompyuter va matematik tayyorgarlikni talab qilmaydi. Agar Mathcad paketida
uzoq
vaqt ishlanmasada, u bilan ishlash saboqlari unutilib ketmaydi va zarur
xolatlarda yuzaga kelgan masalalarni yechishga darxol kirishib ketiladi.
Mathcadning “raqobatchi”larida esa, aniq va noaniqlarida uzluksiz shug`ullanishni
talab etiladi, aks holda ishlash savodini qayta tiklash yetarli darajada qiyinchiliklar
tug`diradi.