Ixtisoslikka kirish


II. Talabalar mustaqil ishi bo’yicha konsultatsiyalar tashkil etish tartibi



Yüklə 215,29 Kb.
səhifə3/16
tarix07.01.2024
ölçüsü215,29 Kb.
#205187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Ixtisoslikka kirish mustaqil ta`lim ishlanmasi ~

II. Talabalar mustaqil ishi bo’yicha konsultatsiyalar tashkil etish tartibi.

Talabalar mustaqil ishi bo’yicha konsultatsiyalar auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga mo’ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yo’llanmalar berish va uni bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida kunning ikkinchi yarmida tashkil qilinadi. Talabalar mustaqil ishi bo’yicha konsultatsiya darsi fanning kalendar ish rejasi asosida amliyot o’qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Fan o’qituvchisi konsultatsiya darslarida quyidagilarni amalga oshiradi:


- mustaqil ish bo’yicha tegishli guruhiy va individual yo’llanmalar beradi;
- topshiriqni bajarishda har bir talabaga amaliy yordam beradi;
-topshiriqni bajarishni nazorat qiladi.
Ilmiy va o’quv adabiyotlari bilan ishlash
Ta’lim jarayonida talaba o’quv adabiyotini o’qib o’rganar ekan, nazariy matеrialni o’zlashtirish, bilim bеrish faoliyatini rivojlantirish, amaliy ko’nikma va tajribalarni shakllantirish yo’li bilan o’zida bilimlar tizimini shakllantiradi. Bunda o’quv adabiyoti asosiy bilim manbalaridan biri vazifasini bajaradi. O’quv darsligi bilan mustaqil ishlash jarayonida talaba turli xil fikrlash faoliyatini amalga oshirib, eng ahamiyatli ma’lumotlarni izlab topadi, solishtiradi, tasniflaydi va hakozo.
Matеrialni o’rganish jarayonida talaba o’quv adabiyotining turli xil qismlari va bo’limlariga bir nеcha bor murojaat qilishga to’g’ri kеladi:
- bo’lim yoki paragaf oxirida kеltirilgan, o’qituvchi bеrgan yoki uning o’zida ilgari o’qilganlarni fikrlash natijasida yuzaga kеlgan savollarga javob topish;
- matn va uning ayrim qismlarini, uning mohiyati va asosiy mazmunini yaxshiroq tushunish uchun qayta o’qib chiqish;
- qonun va hodisalarning amaliy qo’llanishini ajratib ko’rsatish, aniqlangan dalil va misollarni nazariy matеrial bilan solishtirish;
- o’quv adabiyotning turli bo’limlaridagi rasmlar, jadval va grafiklarni solishtirish;
Talaba mustaqil bilim olish jarayonida biron bir matndan uy vazifa mavzui, o’zining ilmiy qiziqishlari doirasida tadqiqot mavzulari bo’yicha zarur axborotlarni olish maqsadida o’quv-ilmiy adabiyotlar, davriy nashrlar, ilmiy asarlar va maqolalar to’plamlari, kitoblarni mutolaa qilish va ular bilan ishlash yo’llarini bilish kеrak.
ESSE yozish tartibi
Esse fransuz tilidan tarjimada “tajriba, andaza” ma’nolarini anglatadi. Esse – prozaik etyud, qandaydir bir predmetga oid umumiy yoki dastlabki mulohazalar. Ko’pincha esse yozish mashg’ulotning boshida, yoki refleksiya sifatida, ohirida taklif etiladi. Esse yozish ko’pincha nazariy mashg’ulotlar, ma’ruzalar hamda mustaqil mashg’ulotlar tarkibida o’tkaziladi. Uning quyidagi turlari tegishli maqsadlarga muvofiq holda qo’llaniladi:
Esse – taklif etilgan mavzu yuzasidan 1000 dan 5000 gacha so’z hajmidagi insho. Esse – bu muallifning ta’kidlab o’tadigan individual nuqtayi nazarini erkin ifoda etish shakli; qandaydir mavzu bo’yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o’z ichiga oladi. Asoslangan esse – qo’yilgan savolga asosli javob keltirilgan yozma ishdir. Muallif ma’lum bir nuqtayi nazarni egallaydi va uni himoya qiladi, bunda o’zining nuqtai nazarini qo’llab-quvvatlash uchun bir qancha asoslangan isbotlarni keltiradi. Maqsad – muallif lozim topadigan qarashlarni boshqalarning ham qabul qilishiga ishontirish. Asoslangan samarali esse yozish uchun agar siz o’z esseingizni yozish jarayonida uni fikriy jihatdan kitobxonlarga (uni o’quvchilarga) “taqdim eta olsangiz” va ular bilan fikriy muloqot o’rnata olsangiz, uni yozishingiz engil bo’ladi.
Misol sifatida Biotexnologiyaga fani paydo bo`lish tarixi” mavzusida asoslangan esse yozing, degan topshiriqni bajarish tartibini ko’rib chiqamiz:

  1. Mavzu (savol)ga nisbatan muallif nuqtai nazarining bayon etilishi (1 xatboshi).

  2. Bayon etilgan nuqtai nazarni asoslash – ushbu nuqtai nazarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha muallifning ishonarli dalillari va ushbu nuqtai nazarni qabul qilishga ishontirish.

  3. Xulosa – rezyume.

Besh daqiqali esse – o’rganilayotgan mavzu bo’yicha olingan bilimlarni umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida o’quv mashg’uloti oxirida 5 daqiqa oralig’ida o’tkaziladi. Yozma topshiriqning ushbu turi talabalarning mavzuga doir o’z mustaqil fikrlarini ifodalay olishga yordam berish va o’qituvchiga o’z talabalari o’quv materiali bilan tanishganda qaysi jihatlariga ko’proq e’tibor berishlari xususida fikrlash imkonini beradi. Ushbu yozma topshiriq turida ta’lim oluvchilardan quyidagi ikki topshiriqni bajarish: mazkur mavzu bo’yicha ular nimalarni o’rganganliklarini mustaqil bayon etish va ular baribir javobini ololmagan bitta savolni berish so’raladi.

Yüklə 215,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin