Fortepianoda etyud bilan ishlash usullari



Yüklə 395,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü395,18 Kb.
#183298
  1   2
917-Текст статьи-2451-1-10-20210405




FORTEPIANODA ETYUD BILAN ISHLASH USULLARI. 
Egamqulov Oybek Altmishevich – 
Jizzax Davlat Pedagogika instituti o’qituvchisi 
Rahmonqulova Sojida Ikromovna 
Jizzax Davlat Pedagogika instituti Sirtqi (Maxsus sirtqi) bo’limi 
“Musiqa ta’lim” S1101-20 guruh talabasi 
 
Anotatsiya

 Ushbu maqolada
 
o’rta va san’at maktablarda asosan texnik asar 
sifatida beriladigan Etyud mavzusi yoritilgan. Shuningdek, texnik etyudlar va 
badiiy etyudlarning farqli tomonlari haqida ma’lumotlar hamda, badiiy 
etyudlarning ijrochilikdagi o’rni bilan texnik etyudlar orasidagi farqlarni 
ko’rishimiz mumkin
 
Kalit so’zlar: 
Etyud, K.Cherni, F.List, Paganini mavzusi.
 
Musiqa olamida har bir cholg’uchi borki, etyudga murojat qilmaslikning iloji 
yo’q. Bu esa o’z-o’zidan etyudning cholg’u ijrochiligida muhim ahamiyat kasb 
etishidan dalolatdir. O’quvchilarning bolalar musiqa maktablarida va barcha oliy 
ta’lim dargohlarida etyudlar bilan shug’ullanishi zarur va dolzabdir.
Avvalo etyud nima degan savolni o’zimizga berishimiz kerak bo’ladi.
Etyud –musiqa janrlaridan biri bo’lib, Fransuz tilidan tarjima qilinganda mashq, 
mashq qilish, o’rganish degan ma’nolarni bildiradi va odatda musiqa ijrochisiga 
qiyin bo’lgan qaysidir bir usullarni va asar davomida uchraydigan shakllarini 
qayta-qayta chalib o’zlashtiriladigan kichik asarni tushuniladi. Etyud boshqa 
san’at yo’nalishlarida bo’lgani kabi musiqa sohasida ham uchraydi va muayyan 
texnik jihatdan malakasini oshirishga mo’ljallangan pyesadir. Etyud XIX asrda 
musiqa cholg’ulari takomillashuvi hamda virtuoz ijrochiligining yuksalishi 
natijasida rivoj topdi. Bunday asarlarni ko’plab kompozitorlar ijodida ko’rishimiz 
mumkin. Masalan K.Cherni, Moskovskiy, M.Klementi, F.Shopen, F.List va 



boshqa ko’plab kompozitorlar yaratgan asarlar bunga yorqin misol bo’ladi. 
Etyudlar badiiyligi va tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 
1.
Badiiy etyudlar. 
2.
Texnik etyudlardir. 
Fortepiano ijro texnikasini shakllantirish uchun qo’yiladigan dastlabki 
talablardan biri bu gavdani to’g’ri tutish, qo’l holatida bilak tepaga ko’tarilmagan 
(ayniqsa akkordlar ijrosi paytida) tirsak tepadan 30 gradus burchak holda turishi 
maqsadga muofiqdir. Chunki qanchalik erkin o’tirilsa qo’llarning tezroq yurishiga 
zamin yaratiladi va albatta asarning texnikaviy jihatdan qo’yilgan maqsadga 
erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Asarni o’rganish jarayonida ham, ijro paytida ham klaviaturaga qarab emas 
balkim, notaga qarab chalish ko’nikmasini shakllantirish kerak. Bunda barmoq 
xotirasi yaxshi rivojlanadi. Chunki aynan aplikaturaning qulayligi asarni eslab 
qolish jarayonini, barmoqlar xotirasini mustahkamlab, tez sur’atli passajlar ijrosini 
yengillashtiradi. Texnik usullarni shartli ravishda kichik va yirik usuldagi 
mashqlarga bo’lamiz. Kichik usuldagi mashqlarga “Punktir”,”Grupirovka” (2,3,4) 
lar kiradi. Punktir usuli barmoqlarning mustahkam va sanoqlarning tekis 
bo’lishiga xizmat qiladi. Bu usulda asosan 2 tovush orasining birini qisqa va 
birini uzun chalish orqali bajariladi. 
San’at maktablarida asosan K.Cherni etyudlariga murojaat qilinadi.
Chunki u yaratgan etyudlarning aksariyati kichik barmoqlar texnikasini o’stirishga
mo’ljallangan. Bular: tezlik-chaqqonlik, ijroda tekislik va aniqlikka ega bo’lishga 
yordam beradi. Shuni ham aytish mumkinki K.Cherni tomonidan katta ahamiyat 
berilgan texnik ko’rinishdagi gammalarni mashq qilish juda foydalidir. 
K.Cherninig aksariyat etyudlari badiiy imkoniyatlarga boy. Bundan tashqari ular 
barmoqlar harakatining turli hil usullariga asoslanganligiga guvoh bo’lishimiz 
mumkin. K.Cherni etyudlaridan biri chap qo’lning mayda texnikasini 
o’zlashtirishga yana biri oktava passajlarini o’zlashtirishga yana qaysidir biri 
oktavaga, tersiyalangan tovushni o’zlashtirishga va 1-barmoqni to’g’ri qo’yishga 
yordam beruvchi etyudlar hisoblanadi. 



Yuqorida aytib o’tilganidek etyudlar texnik va badiiy etyudlarga ajratiladi.
Badiiy etyudlarning texnik etyudlardan farqi ijro etish uchungina mo’ljallanib 
qolmay balki, konsert etyud ya’ni asar bo’lib, unda badiiy obrazning mavjudligi 
bilan, hajmi va faktura jihatidan texnik etyudlardan farq qilinadi. Yana bir farqi 
shundan iboratki, texnik etyudlar butun asar davomida ma’lum bitta texnika ustida 
ishlash va o’zlashtirishga yordam berishga mo’ljallanib yoziladi. Masalan, 
K.Cherninig qaysidir etyudi chap qo’l mayda texnikasini o’zlashtirishga yoki 
tertsiyalangan tovushlarni o’zlashtirishga yana biri birinchi barmoqni to’g’ri 
qo’yishga yordam beruvchi etyudlar bo’lishi mumkin. Badiiy etyudlarda esa bitta 
asarni o’zida turli xil texnik pryomlarni qamrab oladi ya’ni o’sha bitta asarda ham 
ikkilangan, ham tersiyalangan tovushlarga, mayda texnikalarga, oktavalarga va 
arpedjiolarga mo’ljalangan bo’ladi. Shuning uchun ular faktura jihatdan ancha 
boy va murakkab bo’ladi. Badiiy etyudlarni ko’pgina mashxur kompozitorlarning 
ijod namunalarida ko’rish mukin. F.Listning “Paganini mavzusiga” bag’ishlangan 
6 ta etyudlar, katta 12 ta etyudi, Shopen 27 ta etyudi, Rahmaninovning etyud 
kartinalari, Debyussining 12 etyud sikli nomli etyudlarini o’rganishimiz mumkin.
Shulardan K.Chernining shogirdi F.Listning “Paganini mavzusiga” yozilgan 6 ta 
etyudini ko’rib chiqadigan bo’lsak ushbu etyudlar Paganining mohirona 
texnikasidan ta’sirlangan holda yozilgan va bu etyudlarning mavzusi ham Poganini 
mavzularidan olingan. K.Chernining o’quvchisi bo’lmish F.Listning o’zi texnik 
pryomlarni 4 guruhga bo’lgan.
1.Oktava –akkordlar. 2.Trembilalar. 3.Tertsiyalangan tovushlar. 4. Gamma va 
arpedjiolar. Listning ushbu pryomlarning hammasini o’zining etyudlarida 
qo’llagan. Paganini mavzusiga bag’ishlangan 1-etyudi trembilaga mo’ljallangan. 
Lekin faqat shu bilan cheklanibgina qolmasdan asarda boshqa texnik pryomlardan 
foydalangan. Kirish qismida arpedjiolangan va xromatik passajlarni ko’rishimiz 
mumkin. Asosiy qismda esa chap qo’l uchun trembilalar berilgan. Faqatgina asosiy 
trembila emas balki, oktavali, arpedjioli, tertsiyalangan trembilalarni uchratishimiz 
mumkin.



Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir cholg’u uchun mo’ljallangan 
etyudlardan foydalanish ijrochida texnik mahorat va ijroda qiyinchilik tug’diruvchi 
shakl va jumlalarni amalga oshirishda amaliy yordam beradi. 

Yüklə 395,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin