Sodir etiladigan huquqbuzarliklar uchun intizomiy javobgarlik va uni qo’llash tartibi.
Ma’muriy-huquq normasi davlat tomonidan o’rnatilgan va bajarilishi maxsus davlat vositalari bilan ta’minlanadigan, joiz xulq-atvor me’yoridir. Huquq normasi o’z yuridik mazmuniga ko’ra muayyan xulq-atvor qoidasi bo’lib, unga rioya qilinishi turli tashkiliy, ma’rifiy va rag`batlantirish vositalari, shuningdek ularga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan yuridik majburlov (intizomiy, ma’muriy, moddiy, jinoiy javobgarlik) choralarini qo’llash yo’li bilan kafolatlanadi. Ushbu xususiyatlar ma’muriy-huquqiy normalarga ham xos. Ular davlat-boshqaruv faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarini va mazkur faoliyat jarayonida yuzaga keluvchi boshqaruvga doir munosabatlarni (masalan, shaxsning, ijro etuvchi hokimiyat sub’ektlarining huquqiy maqomini) belgilaydi.
Ma’muriy-huquqiy normalarning quyidagi funksiyalarini farqlash mumkin:
ijro etuvchi hokimiyat tizimi hamda uning ayrim bo’g`inlari faoliyati va uni tashkil etishni tartibga solish, ularning o’zaro oqilona aloqasini ta’minlash;
davlat boshqaruvi sohasida fuqarolarning, shuningdek jamoat birlashmalarining huquq va erkinliklari ro’yobga chiqarilishi va himoya qilinishini ta’minlash;
davlat boshqaruvi sohasida bevosita ish olib boruvchi va uning funksiyalarini muayyan hajmda bajaruvchi (masalan, mahalliy hokimliklar) yoxud o’z harakatlari bilan bu soha (masalan, jamoat birlashmalari, fuqarolarning) manfaatlariga u yoki bu tarzda daxl etuvchi barcha shaxslar va fuqarolarning ijobiy xulq-atvori variantlarini belgilash. Ijobiy yoki lozim darajadagi xulq-atvor qanday harakatlarni bajarish mumkinligini (joizliklarni), qanday xatti-harakatlardan o’zini tiyish lozimligini (taqiqlarni), qanday harakatlarni bajarish zarurligini (ko’rsatmalarni) nazarda tutadi. Aslida ma’muriy-huquqiy munosabatlar sub’ektlarining xulq-atvoriga boshqaruvning ta’siri xuddi mana shunda namoyon bo’ladi;
ijro etuvchi hokimiyat mexanizmining Konstitustiyaviy vazifasi samarali amalga oshirilishini, ya’ni qonunlarning talablari bajarilishini ta’minlash va shu tariqa yagona davlat hokimiyati ijroiya tarmog`ining mohiyatini namoyon etish;
davlat-boshqaruv faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlarda mustahkam qonuniylik rejimi va davlat intizomini ta’minlash;
ma’muriy javobgarlikni nafaqat boshqaruvga doir munosabatlarga, balki huquqning boshqa ko’pgina tarmoqlari (masalan, mehnat, moliya, er huquqi) normalarini himoya qilish vositasi sifatida tatbiq etish.
Ma’muriy-huquqiy normalar muayyan ichki mutanosiblikka (ierarxiyaga) ega. Bu ma’muriy-huquqiy normalarning pog`onama-pog`ona bo’ysunish nisbati, muayyan ierarxiyasi: Konstitustiyaviy normalar, qonunlarning normalari va ijro etuvchi hokimiyat sub’ektlari (masalan, O’zbekiston Respublikasining Hukumati, vazirlik, mahalliy hokimliklar) tomonidan o’rnatiladigan normalar mavjudligini anglatadi. Yagona yuridik mazmunga ega bo’lgan bu huquqiy normalar o’zining yuridik kuchiga ko’ra teng emas. Konstitustiyaviy va qonun xususiyatiga ega bo’lgan ma’muriy-huquqiy normalar o’z yuridik ahamiyati jihatidan birlamchidir. Ijro etuvchi hokimiyat sub’ektlari tomonidan o’rnatiladigan ma’muriy-huquqiy normalar Konstitustiyaviy qonunchilik normalariga nisbatan ikkilamchi xususiyat kasb etadi.
Shunday qilib, ma’muriy-huquqiy normalar deganda davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlarni, shuningdek boshqaruv xususiyatiga ega bo’lgan munosabatlarni, ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki tashkiliy sohasidagi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati organlari apparatlarining faoliyati sohasidagi hamda davlat xizmatini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar tushuniladi.
Ma’muriy-huquqiy normalar o’zining tartibga solish yo’nalishlari va yuridik mazmuni jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Ma’muriy-huquqiy normalar turli mezonlar, ya’ni tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari, vazifasi, shuningdek funksiyalariga ko’ra turlarga ajratiladi.
1. Vazifasiga ko’ra ma’muriy-huquqiy normalar moddiy va prostessual turlarga bo’linadi.
Moddiy ma’muriy-huquqiy normalar ma’muriy huquq bilan tartibga solinadigan boshqaruvga oid munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari majmuini, shuningdek ularning javobgarligini, ya’ni ularning ma’muriy-huquqiy maqomini yuridik jihatdan mustahkamlaydi. Moddiy normalarda ijro etuvchi hokimiyat (davlat boshqaruvi) tizimi, tartibga solinayotgan boshqaruvga oid munosabatlarning ishtirokchilari faoliyat ko’rsatishi lozim bo’lgan huquqiy makon (rejim) o’z ifodasini topadi. Bunday ma’muriy-huquqiy normalar ba’zan statik normalar deb ataladi. Masalan, bunday normalar toifasiga mansabdor shaxslarning fuqarolar shikoyatini qabul qilish va belgilangan muddatda ko’rib chiqish borasidagi majburiyatlarini yoki ijro etuvchi hokimiyat muayyan sub’ektining vakolatlari asoslarini belgilovchi normalar kiradi. Shunday qilib, moddiy ma’muriy- huquqiy normalar bilan boshqaruvga doir munosabatlar sub’ektlarining o’zaro aloqasi asoslari belgilanadi; ma’muriy huquq normalarining bajarilishi, qo’llanilishi va ularga rioya qilinishi zarur hollarda davlat majburlovi choralari bilan ta’minlanadi.
Prostessual ma’muriy-huquqiy normalar davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bog`liq bo’lgan protsessual masalalarni tartibga soladi. Masalan, bu normalar fuqarolarning shikoyat va arizalarini qabul qilish, ko’rib chiqish va hal qilish tartibini; ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlar bo’yicha ish yuritish tartibini belgilaydi. Ularning vazifasi moddiy ma’muriy huquq normalari bilan belgilangan yuridik huquqlar va majburiyatlarning tartibga solinayotgan boshqaruvga oid munosabatlar doirasida amalga oshirilish tartib-taomillarini belgilashdan iborat.
Ma’muriy-huquqiy normalarning funkstiyalari haqida gapirganda, avvalo shuni qayd etish lozimki, ular tartibga solish funkstiyasini
bajaradi, ya’ni davlat boshqaruvi sohasida yuzaga keladigan munosabatlarni tashkillashtirish, tartibga solish va takomillashtirishga qaratilgan. Ma’muriy-huquqiy normalar vositasida davlat boshqaruvi sub’ektlarining huquqiy holati va vakolatlari belgilanadi, ular faoliyatining shakllari va usullari, fuqarolar hamda tashkilotlarning o’zaro munosabatlari tartibga solinadi. Ma’muriy huquq normalari bilan tashkilotlar va fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqiy holati (maqomi) ham belgilanadi.
Yana shuni ham qayd etib o’tish lozimki, ma’muriy huquq normalari qo’riqlash va himoya qilish funkstiyasini ham bajaradi, ya’ni ma’muriy huquq sohasidagi ijtimoiy munosabatlar qo’riqlanishi va himoya qilinishini ta’minlaydi. Bu normalar g`ayriqonuniy qilmishlar sodir etishdan o’zini tiyishni talab etadi, shuningdek ma’muriy huquq bilan qo’riqlanadigan munosabatlarga tajovuz sodir etilgan taqdirda ma’muriy ta’sir ko’rsatish bilan bog`liq bo’lgan munosabatlarni tartibga soladi.
Ma’muriy-huquqiy normaning tuzilishi deganda normaning ichki strukturasi, uning tarkibiy qismlari, elementlari o’zaro aloqasining muayyan tartibi, ularning o’zaro aloqadorligi tushuniladi. Ma’muriy-huquqiy norma gipoteza, dispozitsiya va sanksiya singari tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Gipoteza ma’muriy-huquqiy normaning bir qismi sifatida uni amalga tatbiq etishning haqiqiy shartlarini belgilaydi. Gipotezada yuridik fakt, normani amalga kiritish, uning dispozitsiyasini hayotga tatbiq etish shart- sharoitlari (masalan, ma’muriy-huquqiy javobgarlikka tortish shartlari)
ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |