Bolalar qisqa muddat mobaynida bo’ladigan guruhning namunaviy kun tartibi
|
8:30-12:00 (3,5 soat)
1-smena
|
|
|
Bolalarni qabul qilish, filtr, ertalabki gimnastika
|
8:00-8:40
|
|
Ertalabki davra suhbati
|
8:40-9:00
|
|
O’yinli ta’lim jarayoni
|
9:00-10:30
|
|
O’yin, mustaqil mashg’ulotlar, loyihaviy faoliyat
|
10:30-11:00
|
|
Ikkinchi nonushta
|
11:00-11:15
|
|
Sayr, bolalarning uyga ketishi
|
11:35-12:00
|
|
Pedagoglar uchun tushlik tanaffus
|
12:00-13:00
|
|
Pedagoglarning ikkinchi smenaga tayyorgarligi
|
13:00-13:30
|
13:30-17:00 (3,5 soat)
2-smena
|
|
Bolalarni qabul qilish, filtr
|
13:40-14:00
|
|
Bolalarni kutib olish
|
14:00-15:30
|
|
O’yinli ta’lim jarayoni
|
15:30-16:00
|
|
O’yin, mustaqil mashg’ulotlar, loyihaviy faoliyat
|
16:00-16:20
|
|
Ikkinchi tushlik
|
16:20:16:35
|
|
Sayrga tayyorgarlik
|
16:35-17:00
|
|
Sayr, bolalarning uyga ketishi
|
17:30-17:40
|
Izoh: o’yinli ta’lim jarayoni kamida 43% ni, kommunikativ mustaqil faoliyat, ochiq havoda bo’lish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish (sanitariya-gigiena ko’nikmalari) 49% ni, ota-onalarni bolalar rivojlanishi to’g’risida xabardor qilish 8% ni tashkil etadi.
9- MAVZU: “Sog’lom bola yili” davlat dasturi tahlili (4 soat)
Reja:
1.Sog’lom va bilimli yosh avlod millat ravnaqining poydevori.
2.“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining maqsadi
1. Sog’lom va bilimli yosh avlod millat ravnaqining poydevori.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, sog’lom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini ta’minlaydigan mustahkam poydevordir. Istiqlol yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan
izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo’naltirilgan davlat xarajatlari 5 barobar ko’paydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Xususan, “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O’zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi katta g’amxo’rlik ko’rsatayotgan eng ilg’or yetakchi o’n mamlakat qatoridan joy oldi.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq inson huquqlariga oid xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillariga tayanib, bola huquqlarini himoya qilish tizimini bosqichma-bosqich isloh etish, bola huquqlariga oid xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va qonunchilikni takomillashtirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Bu borada voyaga etmaganlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlashni ko’zda tutuvchi muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Sog’liqni saqlash tizimini isloh etish bo’yicha davlat dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi hamda 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar
strategiyasining qabul qilingani ushbu yo’nalishda amalga oshirilgan muhim islohotlar sanaladi.
Dastur yetti bo‘lim va 125 banddan iborat bo‘lib, unda bolalar tug‘ilishi, ta’lim-tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitni, uning iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq barcha masalalar aks etgan.
Sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va bu borada tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish;
Sog‘lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‘lom va ahil oilaning mevasi sifatida qarab oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam ko‘rsatish, onalik va bolalik himoyasini ta’minlash, ona va bolaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ro‘zg‘or tashvishlarini yengillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Sog‘lom bolani voyaga yetkazishda, patologiyalarsiz bolalar tug‘ilishida sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlarining roli va mas’uliyatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli axborot-tushuntirish ishlarini muntazam olib borish;
Sog‘lom bolani shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularni yuqori malakali va tajribali pedagoglar bilan ta’minlash, boshlang‘ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlagan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, bolalar, ayniqsa qiz bolalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg‘otish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam va ko‘makni kuchaytirish, mazkur jarayonlar uchun mas’ul bo‘lgan sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy muhofaza muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish, ularni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanishning samarasini oshirish, sog‘lom bolani tarbiyalash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani keng o‘rganish va amalda joriy etish;
Sog‘lom bolani, ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazishda, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun ularga ko‘mak berish, bolalarni turli to‘garaklarga jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining rolini oshirish, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, oilalar va jamiyatda o‘zaro bir-birini tushunish, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordamni o‘z vaqtida va manzilli ko‘rsatish borasida mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining mas’uliyatini kuchaytirish;
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari bajarilishi to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, bunda ommaviy axborot vositalarining, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarining va Internet tarmog‘ining imkoniyatlarini faol ishga solish.
Dasturni amalga oshirishda 2014-yilga rejalashtirilgan jami xarajatlar miqdori 4 509,2 mlrd so‘m va ekvivalentda 302,9 mln dollarni tashkil qilmoqda.
Shundan:
Budjet va budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari — 1 701,5 mlrd so‘m va 2,0 mln dollar;
Ijrochilar va homiylar mablag‘lari — 997,1 mlrd so‘m va 0,5 mln dollar;
Tijorat banklari kreditlari — 1 810,6 mlrd so‘m;
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablag‘lari va grantlari — 300,4 mln dollar.
2014 yil - mamlakatimizda «Sog’lom bola yili» deb e’lon qilindi.
Yurtimizda sog’lom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat bo’lib o’sib-ulg’ayishi ko’pgina talab va omillarga bog’liqligini ta’kidlash barobarida o’ta muhim, hal qiluvchi mezondir. Xususan, sog’lom bola tarbiyasida mahalla va ijtimoiy tuzilmalarning o’rni katta.
. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, bu mustaqilligimizning ilk kunlaridan jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa etib belgilangan ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat siyosatining mantiqiy davomi bo‘ldi. Ona va bola, Yoshlar, Barkamol avlod, Oila va boshqa nomlar bilan atalgan yillarda amalga oshirilgan ishlar xalqimizning ezgu orzusi bo‘lgan sog‘lom bola tarbiyalashdek olijanob maqsadga hamohangdir. Hech shubhasiz, har birimiz farzandlarimizni sog‘lom va har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularning baxt-saodati, yorug‘ kelajagini ko‘rishni niyat qilamiz.
O‘tgan davrda keng miqyosli va teran mazmunli ulkan ishlar, mamlakatimiz va jamiyatimiz taraqqiyoti uchun g‘oyat muhim ahamiyat kasb etuvchi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan qator umummilliy dasturlar, birinchi navbatda, «Sog‘lom ona — sog‘lom bola» dasturi amalga oshirildi. Farzandlarimiz va xalqimiz baxti uchun, kelajagimiz uchun qilinayotgan bu ezgu ishlar izchillik bilan davom etib, tobora kengayib borayotgani, yuksak samaralar berayotgani quvonarlidir. Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh etish doirasida yuqori samaradorligi butun dunyoda e’tirof etilgan ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilishning milliy modeli shakllantirildi. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inlari, shu jumladan, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalarning keng tarmog‘i yaratilgani natijasida aholi, avvalambor qishloq joylardagi onalar va bolalarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlari kengaydi.
Sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Uni bolalar va o‘smirlar, ayniqsa, qizlar o‘rtasida ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish bo‘yicha noyob tizim yaratildi. Nafaqat shaharlarda, balki eng olis tumanlarda ham zamonaviy sport komplekslari barpo etildi. Mamlakatda sport obyektlari ishga tushirildi, bu bolalarni ommaviy tarzda sport bilan muntazam shug‘ullanishga va ularning salomatligini mustahkamlashga ko‘maklashmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda ikki millionga yaqin bola, shu jumladan, 842 ming qizlar 30 dan ortiq sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga, bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan bir qatorda hayotning o‘zi oldimizga sog‘lom avlodni tarbiyalashdek muhim sohada yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, profilaktika ishlari darajasi va tibbiy xizmatlar sifatini, ayniqsa, qishloq joylarda yanada oshirish bilan bog‘liq masalalar hamon dolzarb bo‘lib turibdi. Nikohdan o‘tuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sifatini yanada yaxshilash, ko‘rikni amalga oshiruvchi mutaxassislar mas’uliyatini kuchaytirish lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, oila institutini mustahkamlash ishlari ham muhim ahamiyatga ega.
Ayni paytda sog‘liqni saqlash tizimiga bolalarning sog‘lig‘ini ta’minlashdek ulkan mas’uliyat yuklangan. Shu munosabat bilan joriy yilda sohaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, avvalambor, ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi tibbiyot muassasalarini eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, malakali kadrlar bilan ta’minlashga e’tibor yanada kuchaytiriladi.
«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar, avvalo shu muhim masalalarni hal qilishga qaratilgan. Dasturda avvalo ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak intellektual salohiyatli, chuqur bilimli va zamonaviy dunyoqarashga ega, mamlakat taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ana shu maqsadlarga safarbar etishga doir keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Dastur yetti bo‘lim va 125 banddan iborat bo‘lib, unda bolalar tug‘ilishi, ta’lim-tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitni, uning iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq barcha masalalar aks etgan.
Birinchi navbatda, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash uchun qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.
Sakkizta qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. «Bolalarni jismoniy va ma’naviy rivojiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida», «Aholining sanitariya-epidemiologik barqarorligi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida», yangi tahrirdagi «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risida"gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.
«Bolalarni jismoniy va ma’naviy rivojiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunda bolalarni ularning ongini buzuvchi, ruhiy jarohat yetkazuvchi axborot ta’siridan himoya qilish, ommaviy axborot vositalarida shafqatsizlik va zo‘ravonlik targ‘ibotiga yo‘l qo‘ymaslikning ta’sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlari ko‘zda tutiladi.
«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida oilada mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhiti, yuksak ahloqiy va ma’naviy qadriyatlarni barqaror qilish, yosh oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ona va bola salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning kundalik ro‘zg‘or yumushlarini yengillashtirish kabi birinchi darajali vazifalar belgilangan. Xotin-qizlar, bolalar va o‘smirlarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida har oyda sog‘lomlashtirish haftaliklari tashkil etiladi, shuningdek, mamlakatimiz yetakchi tibbiyot muassasalari mutaxassislari ishtirokida olis tumanlarda yashovchi 145 ming nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Yangi oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari, sanatoriya-kurort obyektlari barpo etish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari davom ettiriladi. Mamlakatimizda 130 madaniyat va dam olish markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘n beshta yangi madaniyat va istirohat bog‘larini barpo etish, mavjud yigirma to‘qqiztasini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash rejalashtirilgan. Maishiy texnika ishlab chiqarish va uni xarid qilish uchun iste’mol kreditlari ajratishni kengaytirish hisobiga xotin-qizlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash va ro‘zg‘or yumushlarini yengillashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. 194 tumandagi olis qishloqlarda go‘zallik saloni, tikuvchilik, ta’mirlash ustaxonalari va boshqa xizmat ko‘rsatish korxonalaridan iborat namunaviy maishiy xizmat majmualari ochiladi. Qishloq oilalarini zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash, ularning turmush darajasi va sifatini yuksaltirish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tariladi. 2014-yilda namunaviy loyihalar asosida 11 ming yakka tartibdagi uylar quriladi. Ikki ming yosh oilaga uy-joy qurish va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun foizsiz ssudalar beriladi. Tumanlar markazlari va qishloqlarda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini yaxshilashga doir qator yangi loyihalar amalga oshiriladi. Joriy yilda sog‘lom farzandlar tug‘ilishi va ularning salomatligini mustahkamlash uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. MDH mamlakatlarida o‘xshashi bo‘lmagan zamonaviy ko‘p tarmoqli bolalar markazini (IV darajali) qurish va uni yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ko‘zda tutilgan. Respublika ixtisoslashgan pediatriya ilmiy-amaliy markazining qator bo‘linmalari, ToshPTI klinikalari, 13 viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazlari, 62 tuman tibbiyot birlashmalari va boshqa tibbiy va tibbiy-ijtimoiy muassasalar quriladi hamda tubdan ta’mirlanadi. Ularning barchasi zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlanadi, bu bolalarga jahon standartlari darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Aholining sanitariya-epidemiologik barqarorligini ta’minlashning eng samarali vositalaridan biri yuqumli kasalliklar profilaktikasidir. Shu maqsadda turli infeksiyalarga qarshi yangi vaksinalarning bosqichma- bosqich joriy qilinishini hisobga olib, bolalarni emlash dasturini takomillashtirish zarur. Milliy emlash taqvimi asosida kontingentning kamida 97 foizini qamrab olgan profilaktik vaksinasiya qilish ko‘lami kengaytiriladi. Yil davomida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va o‘quvchilarning 6,6 millionga yaqini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, tarkibida yod moddasi bo‘lgan dori-darmonlar vositasida sog‘lomlashtiriladi. Qishloqlarda yashaydigan onalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash maqsadida 400 ming nafar homilador ayol maxsus polivitaminlar bilan bepul ta’minlanadi.
«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash, shu jumladan, ularni tubdan ta’mirlash va jihozlash, yangilarini qurishga yo‘naltirilgan aniq vazifalar belgilangan. Bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha mutlaqo yangi dasturlarning ishlab chiqilishi va joriy etilishi belgilangan bo‘lib, ularda bolalarning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi ko‘zda tutilgan.
«Barkamol avlod» bolalar markazlarini shakllantirish dasturining amalga oshirilishi jarayonida 66 shunday markazlar tubdan ta’mirlanadi va jihozlanadi. Bu bolalarni ijodga, shu jumladan, texnik ijodiy ishlarga yanada keng jalb qilishga ko‘maklashadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qitish sifatini yanada ko‘tarish choralari belgilangan. Jumladan, 1–4 sinf o‘quvchilari uchun o‘quv dasturlari va darsliklarning qayta ko‘rib chiqilishi, shuningdek, o‘qituvchilar uchun tegishli uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.
«Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasining amalga oshirilishi ham bolalarning intellektual rivojlanishiga ko‘maklashadi. Loyihada turli bilim olishga oid va o‘quv materiallarini elektron formatga o‘tkazish markazi, multimedia axborot resurslari markazi, shuningdek, integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmog‘i tashkil etilishi, O‘zbekistondagi barcha axborot-kutubxona muassasalarining 2020-yilgacha ushbu tarmoqqa ulanishi mo‘ljallangan.
Mamlakatimizda ota-ona mehridan mahrum va imkoniyati cheklangan bolalarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinmoqda. 2015–2017-yillarda Mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va maktabgacha tarbiya muassasalarining moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash, rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda o‘quv-tarbiya jarayonini tubdan takomillashtirish choralari ko‘riladi. Bu yil rejalashtirilgan qator qiziqarli tadbirlar o‘quvchilarning aqliy, ijodiy va sportga oid layoqatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Namangan viloyatida o‘tadigan «Barkamol avlod» sport o‘yinlari, bolalar ijodiyoti respublika festivallari, «Ona yurt navolari» xalq cholg‘u asboblari xalqaro tanlovi, «Eng yosh ixtirochi» tanlovi va boshqa tadbirlar shular jumlasidandir.
Mamlakatimizda bolalarning chet tillarni o‘rganishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda maktablardagi chet tillari xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya va texnika vositalari bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.
Yozgi ta’til davrida bolalarning hordiq chiqarishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida sog‘lomlashtirish oromgohlariga 280 ming nafar o‘g‘il-qiz imtiyozli, 35,7 ming nafari bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlanadi.
Xalqimizga xos bag‘rikenglik, muhtojlarga ko‘mak berish kabi fazilatlarni aks ettiruvchi ko‘plab tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga 516,9 ming to‘plamdagi qishki kiyim va 3,1 million nusxada darslik, o‘quv qurollari bepul beriladi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalar farzandlarini xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlariga bepul sayohatlar, shuningdek, muzeylar, hayvonot va botanika bog‘lariga ekskursiyalar tashkil etiladi.
Mamlakatimiz uchun dolzarb ushbu vazifalarni oilalar, maktablar, sog‘liqni saqlash tizimi, davlat va jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining o‘zaro hamkorligida amalga oshirish mumkin.
Davlat dasturida sog‘lom bolani tarbiyalashda, oilalarga, birinchi navbatda, yosh oilalarga o‘z vaqtida va manzilli moddiy hamda ma’naviy ko‘mak berishda mahalla institutining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga, rolini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida belgilangan ezgu ishlarning ro‘yxatini yana uzoq davom ettirish mumkin. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, biz tayanchimiz va suyanchimiz, g‘ururimiz va iftixorimiz bo‘lmish bolalarimizga, farzandlarimizga ishonch bilan, hurmat-e’tibor bilan qarashni kelajagimizga bo‘lgan ishonch, millatimizga, xalqimizga bo‘lgan hurmat-ehtirom ifodasi, deb bilamiz.
«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi buning yana bir yorqin tasdig‘idir. Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarga 4 509,2 milliard so‘m va 302,9 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi. Mazkur dasturning bajarilishi mamlakatimiz uchun asosiy maqsadi inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘ladi.
Farzandlari sog`lom mamlakatning kelajagi buyukdir
Joriy yilning 19 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog`lom bola yili” Davlat dasturi to’g`risida”gi qarori qabul qilindi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, bu mustaqilligimizning ilk kunlaridan jismonan sog`lom va ma’nan etuk barkamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa etib belgilangan ijtimoiy yo’naltirilgan davlat siyosatining mantiqiy davomi bo’ldi. Ona va bola, Yoshlar, Barkamol avlod, Oila va boshqa nomlar bilan atalgan yillarda amalga oshirilgan ishlar xalqimizning ezgu orzusi bo’lgan sog`lom bola tarbiyalashdek olijanob maqsadga hamohangdir. Hech shubhasiz, har birimiz farzandlarimizni sog`lom va har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularning baxt-saodati, yorug` kelajagini ko’rishni niyat qilamiz.
O’tgan davrda keng miqyosli va teran mazmunli ulkan ishlar, mamlakatimiz va jamiyatimiz taraqqiyoti uchun g`oyat muhim ahamiyat kasb etuvchi vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan qator umummilliy dasturlar, birinchi navbatda, “Sog`lom ona – sog`lom bola” dasturi amalga oshirildi. Farzandlarimiz va xalqimiz baxti uchun, kelajagimiz uchun qilinayotgan bu ezgu ishlar izchillik bilan davom etib, tobora kengayib borayotgani, yuksak samaralar berayotgani quvonarlidir.
Sog`liqni saqlash tizimini tubdan isloh etish doirasida yuqori samaradorligi butun dunyoda e’tirof etilgan ona va bola sog`lig`ini muhofaza qilishning milliy modeli shakllantirildi. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g`inlari, shu jumladan, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalarning keng tarmog`i yaratilgani natijasida aholi, avvalambor qishloq joylardagi onalar va bolalarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlari kengaydi.
So’nggi o’n yilda davolash-profilaktika muassasalarini modernizastiya qilish va eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun 750 million AQSh dollaridan ziyod mablag` yo’naltirildi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda onalar o’limi 3,1 barobar, go’daklar o’limi 3,2 barobar kamaydi. “Ona va bola skriningi” dasturi amalga oshirilishi natijasida tug`ma nuqsonli bolalar tug`ilishi 2000 yildan buyon 1,8 marta kamaydi. Bugungi kunda mamlakatimiz bolalarining 92 foizi rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti standartlariga to’la mos keladi. “Save the children” xalqaro tashkiloti reytingiga ko’ra, O’zbekiston dunyodagi bolalar salomatligi to’g`risida eng ko’p g`amxo’rlik ko’rsatadigan o’nta mamlakat qatoridan joy oldi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturining amalga oshirilishi samaralari mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotan ulkan e’tiborning yaqqol tasdig`idir. Ma’lumki, O’zbekistonda 12 yillik majburiy ta’lim joriy etilgan, uning sifati xalqaro talablarga javob beradi. 2004 yildan buyon umumta’lim maktablarini qurish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash va jihozlash uchun jami 2,8 trillion so’mdan ortiq, bolalar musiqa va san’at maktablariga 2009 yildan buyon 488 milliard so’mdan ziyod mablag` yo’naltirildi.
Sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Uni bolalar va o’smirlar, ayniqsa, qizlar o’rtasida ommalashtirish, sog`lom turmush tarzini keng qaror toptirish bo’yicha noyob tizim yaratildi. Nafaqat shaharlarda, balki eng olis tumanlarda ham zamonaviy sport komplekslari barpo etildi. 2003-2013 yillarda 1816 sport ob’ekti ishga tushirildi, bu bolalarni ommaviy tarzda sport bilan muntazam shug`ullanishga va ularning salomatligini mustahkamlashga ko’maklashmoqda. Bugungi kunda O’zbekistonda ikki millionga yaqin bola, shu jumladan, 842 ming qizlar 30 dan ortiq sport turi bilan muntazam shug`ullanmoqda.
Mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga, bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan bir qatorda hayotning o’zi oldimizga sog`lom avlodni tarbiyalashdek muhim sohada yangi vazifalarni qo’ymoqda. Masalan, profilaktika ishlari darajasi va tibbiy xizmatlar sifatini, ayniqsa, qishloq joylarda yanada oshirish bilan bog`liq masalalar hamon dolzarb bo’lib turibdi. Nikohdan o’tuvchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish sifatini yanada yaxshilash, ko’rikni amalga oshiruvchi mutaxassislar mas’uliyatini kuchaytirish lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, oila institutini mustahkamlash ishlari ham muhim ahamiyatga ega.
Ayni paytda sog`liqni saqlash tizimiga bolalarning sog`lig`ini ta’minlashdek ulkan mas’uliyat yuklangan. Shu munosabat bilan joriy yilda sohaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, avvalambor, ona va bola sog`lig`ini muhofaza qilish bilan shug`ullanuvchi tibbiyot muassasalarini eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, malakali kadrlar bilan ta’minlashga e’tibor yanada kuchaytiriladi.
Albatta, sog`lom bolani tarbiyalashda aholining tibbiy madaniyati ham muhim o’rin tutadi, bu masala hanuz dolzarbligicha qolmoqda.
“Sog`lom bola yili” Davlat dasturida ko’zda tutilgan chora-tadbirlar, avvalo shu muhim masalalarni hal qilishga qaratilgan.
Joriy yilda Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida bu ishlarning barchasi yanada yuqori darajaga ko’tariladi. Dasturda avvalo ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog`lom, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak intellektual salohiyatli, chuqur bilimli va zamonaviy dunyoqarashga ega, mamlakat taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ana shu maqsadlarga safarbar etishga doir keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Dastur etti bo’lim va 125 banddan iborat bo’lib, unda bolalar tug`ilishi, ta’lim-tarbiyasi, oilada sog`lom muhitni, uning iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag`lar samaradorligini oshirish bilan bog`liq barcha masalalar aks etgan.
Birinchi navbatda, sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash uchun qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish bo’yicha chora-tadbirlar belgilangan.
Sakkizta qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. “Bolalarni jismoniy va ma’naviy rivojiga zararli ta’sir ko’rsatuvchi axborotdan himoya qilish to’g`risida”, “Aholining sanitariya-epidemiologik barqarorligi to’g`risida”, “O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g`risida”gi qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g`risida”, yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g`risida”, “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to’g`risida”gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.
“Bolalarni jismoniy va ma’naviy rivojiga zararli ta’sir ko’rsatuvchi axborotdan himoya qilish to’g`risida”gi qonunda bolalarni ularning ongini buzuvchi, ruhiy jarohat etkazuvchi axborot ta’siridan himoya qilish, ommaviy axborot vositalarida shafqatsizlik va zo’ravonlik targ`ibotiga yo’l qo’ymaslikning ta’sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlari ko’zda tutiladi.
“Sog`lom bola yili” Davlat dasturida oilada mehr-oqibat va o’zaro hurmat muhiti, yuksak ahloqiy va ma’naviy qadriyatlarni barqaror qilish, yosh oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ona va bola salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar o’z iqtidorini ro’yobga chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning kundalik ro’zg`or yumushlarini engillashtirish kabi birinchi darajali vazifalar belgilangan.
Xotin-qizlar, bolalar va o’smirlarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida har oyda sog`lomlashtirish haftaliklari tashkil etiladi, shuningdek, mamlakatimiz etakchi tibbiyot muassasalari mutaxassislari ishtirokida olis tumanlarda yashovchi 145 ming nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
Yangi oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari, sanatoriya-kurort ob’ektlari barpo etish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari davom ettiriladi.
Mamlakatimizda 130 madaniyat va dam olish markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o’n beshta yangi madaniyat va istirohat bog`larini barpo etish, mavjud yigirma to’qqiztasini rekonstrukstiya qilish va ta’mirlash rejalashtirilgan.
Maishiy texnika ishlab chiqarish va uni xarid qilish uchun iste’mol kreditlari ajratishni kengaytirish hisobiga xotin-qizlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash va ro’zg`or yumushlarini engillashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. 194 tumandagi olis qishloqlarda go’zallik saloni, tikuvchilik, ta’mirlash ustaxonalari va boshqa xizmat ko’rsatish korxonalaridan iborat namunaviy maishiy xizmat majmualari ochiladi.
Qishloq oilalarini zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash, ularning turmush darajasi va sifatini yuksaltirish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko’tariladi. 2014 yilda namunaviy loyihalar asosida 11 ming yakka tartibdagi uylar quriladi. Ikki ming yosh oilaga uy-joy qurish va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun foizsiz ssudalar beriladi. Tumanlar markazlari va qishloqlarda suv ta’minoti va kanalizastiya tizimlarini yaxshilashga doir qator yangi loyihalar amalga oshiriladi.
Joriy yilda sog`lom farzandlar tug`ilishi va ularning salomatligini mustahkamlash uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. MDH mamlakatlarida o’xshashi bo’lmagan zamonaviy ko’p tarmoqli bolalar markazini (IV darajali) qurish va uni yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ko’zda tutilgan. Respublika ixtisoslashgan pediatriya ilmiy-amaliy markazining qator bo’linmalari, ToshPTI klinikalari, 13 viloyat ko’p tarmoqli bolalar tibbiy markazlari, 62 tuman tibbiyot birlashmalari va boshqa tibbiy va tibbiy-ijtimoiy muassasalar quriladi hamda tubdan ta’mirlanadi. Ularning barchasi zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlanadi, bu bolalarga jahon standartlari darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko’rsatish imkonini beradi.
Aholining sanitariya-epidemiologik barqarorligini ta’minlashning eng samarali vositalaridan biri yuqumli kasalliklar profilaktikasidir. Shu maqsadda turli infekstiyalarga qarshi yangi vakstinalarning bosqichma- bosqich joriy qilinishini hisobga olib, bolalarni emlash dasturini takomillashtirish zarur. Milliy emlash taqvimi asosida kontingentning kamida 97 foizini qamrab olgan profilaktik vakstinastiya qilish ko’lami kengaytiriladi.
Yil davomida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va o’quvchilarning 6,6 millionga yaqini chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi, tarkibida yod moddasi bo’lgan dori-darmonlar vositasida sog`lomlashtiriladi. Qishloqlarda yashaydigan onalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash maqsadida 400 ming nafar homilador ayol maxsus polivitaminlar bilan bepul ta’minlanadi.
10- MAVZU: YUNESKO tashkilotining Bolalar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi Konvensiyasi. (4 soat)
Reja:
1. Bola huquqlarining huquqiy-me’yoriy asoslari.
2. Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya.
3.“Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni
Tayanch iboralar: Deklaratsiya, Konvensiya, yashash, rivojlanish, himoyalanish, ishtirok etish, tajovvuz, zo’ravonlik, ekspluatatsiya, odam savdosi, ta’lim, tarbiya, barkamol avlod, bola huquqlari, zararli axborot.
1. Bola huquqlarining huquqiy-me’yoriy asoslari.
O’zbekistonda Bola huquqlari bo’yicha 100 dan ziyod qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Eng muhimi, mamlakatimizda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha kompleks huquqiy asoslar yaratildi.
Ayniqsa, 2008 yil 8 yanvarda amalga kiritilgan “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun O’zbekistonda bola huquqlariga oid birinchi tarixiy hujjat bo’ldi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi, birinchidan, bola huquqlariga oid qonun hujjatlarining kodifikatsiya qilinishiga zamin yaratishga, ikkinchidan,
BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyasida belgilangan bola huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro standartlarga milliy qonunchilikning mosligini ta’minlashga xizmat qiladi. Uchinchidan, bola huquqlarini himoya qilish mexanizmining oshkora va samarali bo’lishi uchun bola huquqlari himoya qilinishining aniq kafolatlarini belgilab olishga imkoniyat berdi. Shuningdek, 2010 yil 30 sentyabrda “Voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”gi Qonunning amalga kiritilishi bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. Ya’ni ushbu Qonun voyaga etmaganlarning nazoratsizligini va ular o’rtasida huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan kompleks huquqiy chora-tadbirlar tizimini belgilab berdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bolalarni ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy jihatdan qo’llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan o’ta muhim umummilliy davlat dasturlari qabul qilindi. Endilikda ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bunday muhim hujjatlar yurtimizda inson huquqlari, shu jumladan, bola huquqlari va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish borasida o’ziga xos huquqiy taraqqiyotga erishilganligining yorqin amaliy ifodasidir. Umuman aytganda, bugungi kunda O’zbekistonda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha o’ziga xos milliy-huquqiy tizim shakllangan bo’lib, ayni paytda mamlakatimiz bu yo’lda dadil qadam tashlayotgan davlatlardan biridir. Nima uchun O’zbekistonda Bola huquqlariga katta e’tibor qaratilishini quyidagilar bilan izohlash mumkin.
O’zbekiston Respublikasi aholisining 40% ni 18 yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar. Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko’p bolali oilalarni, etim bolalarni va oila muhitidan mahrum
bo’lgan bolalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi yaratilgan. Ta’kidlash joizki, mustaqillikka erishilgandan so’ng O’zbekiston qo’shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyasidir. Inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan me’yorlar va qonunlarga tayanadi. Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo’nalishlardan biri –bu bolalikni muhofaza qilish bo’yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat bo’lib, mazkur yo’nalishda YuNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda BMTning Bola huquqlari
to’g’risidagi Konvensiyasini ratifikatsiya qilishi bola huquqlariga oid davlat siyosatining shakllanishi uchun zamin yaratdi va ushbu siyosat bola huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish bilan bog’liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun samarali mexanizmni yaratishga qaratilgan davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining izchil olib borilayotgan faoliyatida namoyon bo’lmoqda. Shu bois, bola huquqlarini ta’minlash va himoya qilish uchun zarur bo’lgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar
va kafolatlar yaratish O’zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, Xalq ta’limi, Sog’liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining oilaviy muhitdan mahrum bolalarning ta’lim olishi, davolanishi va ularning broshqa huquqlarini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish borasida institutsional mexanizmni yo’lga qo’yish bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda kompleks idoralararo komissiyani tuzish, oilaviy muhitdan mahrum bolalar tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi barcha davlat muassasalarida asab tizimi va jismoniy rivojlanishdagi nuqsonib bor bolalar uchun tabaqalashtirilgan davolash dasturlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
“Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya” shartnoma kuchiga ega bo’lgan xalqaro huquqiy hujjat bo’lib, muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat.
Konvensiyaning 1- 41 moddalari bolalarning huquq va erkinliklari to’g’risida, 42 – 54 moddalari ishtirokchi davlatlarning majburiyatlari to’g’risida.
“Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya”ning prinsiplari:
Bolaga nisbatan har qanday kamsitishlarning oldini olish. Barcha huquqlar hech qanday istisnosiz barcha bolalarga nisbatan qo’llaniladi. Davlatning vazifasi – bolani kamsitishning barcha shakllaridan
himoyalanganligini ta’minlash va hamda uning huquqlarini ta’minlab berish uchun barcha zarur choralarni ko’rish.
Bolaning manfaatlarini har tomonlama yetarli ta’minlash. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi. Agar ota-ona yoki vasiy bu vazifalarni bajara olmasalar, davlat bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g’amxo’rlik bilan ta’minlash vazifasini o’z zimmasiga oladi.
Bolaning yashab ketish va sog’lom rivojlanishini kafolatlash. Har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega va davlat bolaning yashab ketishi va sog’lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib berish majburiyatini oladi.
Bolaning huquqlarini tan olish. Bola o’zining fikrini erkin ifoda etish huquqiga ega, jumladan, bolaga taalluqli har qanday muhokama paytida uning fikri e’tiborga olinishi shart.
Bola huquqlarini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi BMTning:
1) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt;
2) Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt;
3) Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi konvensiya;
4) Irqiy kamsitishlarga barham berish to’g’risidagi Konvensiya va Qiynoq va muomala va jazoning shafqatsiz, noinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi boshqa turlari to’g’risidagi Konvensiyasi kabi boshqa asosiy xalqaro shartnomalariga ham tayanadi.
BMTning oltita asosiy xalqaro hujjatiga qo’shilgach, O’zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq tarzda bola huquqlarini himoya qilish bo’yicha muayyan xalqaro majburiyatlarni o’z zimmasiga oldi.
2. BMTning “Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiyasi BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul qilingan. 1990 yil 2 sentyabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan. O’zbekiston mazkur Konvensiyaga O’zR. Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi №757-XII Qaroriga muvofiq qo’shildi. O’zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi.
Konvensiya ishtirokchi-davlatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan tamoyillariga muvofiq, jamiyat barcha a’zolarining o’ziga xos bo’lgan qadr-qimmati, teng va ajralmas huquqlari yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikni ta’minlashning asosi ekanligi e’tirof etilganligini hisobga olib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Nizomda insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo’lgan o’z ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko’maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur hujjatlarda ko’rsatib qo’yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug’ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog’liq belgilariga ko’ra har qanday tafovutdan qat’i nazar, ega bo’lishini e’lon qilganligi va rozilik bildirganligini e’tirof etib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasiga bolalar alohida g’amxo’rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini eslatib, Jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o’sib-ulg’ayishlari va farovonlikka ega bo’lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga to’liq oladigan bo’lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi sog’lom va har tomonlama uyg’unlashgan holda kamoloti uchun u oila g’amxo’rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o’sishi zarurligini e’tirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga to’la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan g’oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh
Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko’zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida xalqaro paktda (jumladan, 23 va 24-moddalarda), iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida xalqaro paktda (jumladan, 10-modda), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli hujjatlarida e’tirof etilganligini e’tiborga olib, bola huquqlari deklaratsiyasida ko’rsatib o’tilganidek, «bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga etmagan bo’lsa, maxsus ravishda muhofaza va g’amxo’rlikka, binobarin, tug’ilguncha va tug’ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj» ekanligini e’tiborga olib, ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to’g’risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog’atga etmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari («Pekin qoidalari») va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to’g’risida deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og’ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg’un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib, quyidagilar haqida kelishib oldilar:
1-modda: Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga to’lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo’llaniladigan qonun bo’yicha u ertaroq balog’atga etmagan bo’lsa, bola hisoblanadi.
2-modda: 1. Ishtirokchi - davlatlar ushbu Konvensiyada o’z ta’sir doirasida bo’lgan har bir bola uchun ko’zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog’lig’i va tug’ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’i nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar.
2. Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o’z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko`radilar.
3-modda: 1. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masalalari bilan shug’ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi-yo’qmi, bundan qat’i nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga
birinchi darajali e’tibor beriladi.
2. Ishtirokchi-davlatlar o’z zimmasiga bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g’amxo’rlik bilan ta’minlash, bunda uning ota-onasi, vasiysi yoki qonun bo’yicha uning uchun javobgar sanalmish boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini e’tiborda tutishni hisobga oladilar hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va ma’muriy chora-tadbirlarni ko’radilar.
3. Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g’amxo’rlik ko’rsatish yoki ularni himoya qilish uchun mas’ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar tomonidan belgilab qo’yilgan me’yorlarga, xususan, xavfsizlik va sog’liqni saqlash sohasida va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan me’yorlarga javob berishlarini ta’minlaydilar.
4-modda: Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, ma’muriy va boshqa choralarni ko’radilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan ishtirokchi-davlatlar bunday choralarni o’zlarida mavjud bo’lgan imkoniyatlar doirasida, mumkin qadar yuqori darajada zarurat tug’ilgan taqdirda esa xalqaro hamkorlik doirasida qabul qiladilar.
5-modda: Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning va tegishli holatlarda kengaytirilgan oila a’zolari yoki mahalliy urf-odatlarda ko’zda tutilganidek, jamoaning vasiylar yoki qonun bo’yicha bola tarbiyasi uchun
javobgar hisoblangan boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga muvofiq holda bajarishdagi mas’uliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar.
6-modda: 1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini e’tirof etadilar. 2.Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog’lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar.
BMTning “Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiyasida 18 yoshga to’lmagan har bir inson zoti - bola hisoblanishi, bola uchun ishtirokchi davlatlar o’z yurisdiksiyasi doirasida bo’lgan har bir bola uchun ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog’lig’i va tug’ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiylari yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’i nazar, hurmat qilishi va adilar hamda ta’minlashi belgilab qo’yilgan.
4.4. “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Ushbu Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mamlakatimizda bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, farzandlarimizning qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng muhimi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Farzandlarimiz bizdan afzalroq, bizdan o’tkirroq, bizdan pokroq, savob ishlarni bizdan ham ko’proq qiladigan bo’lishlari lozim. Ular jahon umumbashariy yutuqlarini egallashi, tariximizni, madaniyatimizni, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni chuqur bilmog’i kerak. Bizning asosiy kuch-qudratimiz va kelajagimiz ana shunda. Bugun zo’r umidlar bilan qurayotgan yangi jamiyatimizning mazmun-mohiyati ham aslida ana shundadir”,- degan so’zlari bejiz emasdir. Shuni ta’kidlash joizki, bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun O’zbekiston xalqaro huquqiy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo’lida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Amaldagi qonunchilikda bolalarning huquq va manfaatlariga, shuningdek ularning himoyasiga alohida e’tibor berilgan. Ma’lumki, bola huquqlari sohasida qonunchilikning asosini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Unga muvofiq bolada tug’ilishi bilanoq uning huquq va erkinliklari vujudga keladi hamda u davlat tomonidan kafolatlanadi. Bolalarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha qonunchilik Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaga muvofiq holda takomillashtirishga yo’naltirilgan.
2008 yil 7 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunning maqsadi, bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Mazkur Qonunda “bola ”, “bolaning qonuniy vakillari”, “vasiylik va homiylik”, “etim bola”, “jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bola”, “ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar”, “nogiron bola”, “ota-onaning o’rnini bosuvchi shaxslar”, “ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bola” tushunchalari, shuningdek, bola huquqlarining asosiy kafolatlari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo’shimcha kafolatlari ko’rsatib o’tilgan. Ushbu huquqiy hujjatning qabul qilinishi davlat tomonidan o’sayotgan avlodga ko’rsatiladigan g’amxo’rlikning, shuningdek bola huquqlarini himoya qilishni amalga oshirishni yangi darajaga ko’tarilishiga zamin yaratadi. Farzandlarning yashashi, kamol topishi uchun oila birdan-bir makon va tabiiy muhit bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 2-moddasiga asosan, bola tug’ilgan va yashab turgan oilaga uning farovon hayot kechirishi va kamolga yetishi haqida g’amxo’rlik qilish, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatiladi. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov bola tarbiyasi haqida shunday degan edi: “Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki hayotining ma’nosi qobil farzandlar o’stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko’rish, ota-onasiga, vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir”.
Shuning uchun ham ota-onalar bolalarni vataniga sodiq, mehnatsevar, ishbilarmon va jamiyat qurilishining faol ishtirokchilari qilib tarbiyalashlari lozim. Bolalarni to’g’ri tarbiyalashda huquqiy normalarni bilish, davlat va uning qonunlarini hurmat qilish ham muhim rol o’ynaydi. Huquqiy me’yorlar yosh avlodni mehnatga to’g’ri munosabatda bo’lish, davlat va jamiyat oldidagi o’z burchlarini to’g’ri tushunish va uni og’ishmay amalga oshirish ruhida tarbiyalaydi. Jumladan, ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning bolalariga ta’lim-tarbiya berishga oid huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlari O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida ham belgilab berilgan. Voyaga etmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari,-deyiladi Qonunning 30-moddasida, bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus kasb hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar. Shu bilan birga ota-onasi tarbiyasidan mahrum bo’lgan voyaga etmagan bolalarning oilada tarbiyalanish huquqini ta’minlash vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklanadi. Vasiylik va homiylik organlari ota-onalari tarbiyasidan mahrum bo’lgan voyaga etmagan bolalarni farzandlikka berish, oilaga tarbiyaga berishlari ularning oilada tarbiyalanish huquqidan foydalanishlarini ta’minlaydi. Shuning uchun huquqiy tarbiyani amalga oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bola dunyoga kelgach, oila, bog’cha, maktab va mahalla quchog’ida yashaydi, voyaga yetadi va tabiiyki tarbiya ham oladi. Bola ongida huquqiy madaniyatni o’stirishda oila, bog’cha, maktab, mahalla va jamoat tashkilotlari hamkorligini yaratish bolaning huquqiy bilim saviyasini oshirishga yordam beradi. Yoshlarga huquqiy tarbiya berish shaxsning to’g’ri o’sib-ulg’ayishini ta’minlaydi, uni burch va vazifalarni bilib olishga, qonunlarga hurmat bilan qarashga o’rgatadi. Bolalarga huquqiy tarbiya berish biroz qiyin va ayni
paytda mas’uliyatli vazifa hamdir. Bu borada Adliya vazirligiga bir qator vazifalar yuklatilgan. “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun O’zbekistonning huquqiy tarixida bola huquqlariga oid birinchi alohida qonun bo’ldi. Mo’ljalangan maqsadga ko’ra, u bolaning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan. Qonunning maqsadiga binoan, bola huquqlari va manfaatlarini amalga tatbiq etilishini ta’minlaydigan
kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga solinadigan asosiy ob’ekt hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, uning moddalarining yarmidan ko’pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag’ishlangan. Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan; Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma’qullangan; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 7 yanvarda imzolagan; Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda e’lon qilingan va shu kundan kuchga kirgan bo’lib, qonun 4 bob, 32 moddadan iborat:
I – bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar)
II – bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar)
III – bob: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo’shimcha kafolatlari (24-29- moddalar)
IV – bob: Yakunlovchi qoidalar (30-32- moddalar)
“Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni 07.01.2008 y. N O’RQ-139
Mazkur Qonunga O’zR 25.12.2009 y. O’RQ-239-son Qonuniga muvofiq o’zgaritirishlar kiritilgan
1-bob. Umumiy qoidalar (1-6-moddalar)
2-bob. Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23-moddalar)
3-bob. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo’shimcha kafolatlari (24-29-moddalar)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar (30-32-moddalar)
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
2-modda. Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlari
3-modda. Asosiy tushunchalar
4-modda. Bola huquqlarini himoya qilish bo’yicha davlat siyosati
5-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bola huquqlarini ta’minlash bo’yicha vakolatlari
6-modda. Bola huquqlarini ta’minlashda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki
2-BOB. BOLA HUQUQLARINING ASOSIY KAFOLATLARI
7-modda. Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari
8-modda. Bolaning yashash huquqi kafolatlari
9-modda. Bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga bo’lgan huquqi kafolatlari
10-modda. Bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari
11-modda. Bolaning himoyaga bo’lgan huquqi kafolatlari
12-modda. Bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash
13-modda. Bolaning oilaviy muhitga bo’lgan huquqi kafolatlari
14-modda. Bolaning g’ayriqonuniy ko’chirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari
15-modda. Bolaning o’z fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari
16-modda. Bolaning axborot olish huquqi kafolatlari
17-modda. Bolaning fikrlash, so’z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqi kafolatlari
18-modda. Bolaning xususiy mulkka bo’lgan huquqi kafolatlari
19-modda. Bolaning turar joyga bo’lgan huquqlari kafolatlari
20-modda. Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari
21-modda. Bolaning dam olish va bo’sh vaqtga bo’lgan huquqi kafolatlari
22-modda. Bolaning sog’lig’ini saqlash huquqi kafolatlari
23-modda. Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari
3-BOB. IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ BOLALAR HUQUQLARINING QO’ShIMChA KAFOLATLARI
24-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga bo’lgan huquqi kafolatlari
25-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg’unlashish huquqi kafolatlari
26-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joyga bo’lgan huquqlari kafolatlari
27-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga bo’lgan huquqi kafolatlari
28-modda. Nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo’lgan huquqi kafolatlari
29-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlari
4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR
30-modda. Nizolarni hal etish
31-modda. Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
32-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Bola huquqlari haqida gap borganda yuqoridagi qonunning 16- moddasida bolalarning axborot olish huquqi kafolatini ta’minlanishi va olingan axborotlarning bolalarning salomatligiga zararli oqibatlarini oldini olish maqsadida 2017 yil 9 sentyabr kuni matbuotda e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning salomatligiga zarar keltiruvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonunini ham e’tibordan qoldirmasligimiz zarur.
Nazorat savollari:
1. “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunining 3- moddasi nima haqida?
2. Vasiy kimlarga tayinlanadi, homiy-chi?
3. Vasiylik Kengashining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
4. Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya to’g’risida nima bilasiz?
5. Diskriminatsiya nima?
Dostları ilə paylaş: |