Iymajm u a 1 Buxoro 2020


-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə171/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   184
мажмуа хукукий

13-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish

60. Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlarida, ushbu Nizomda, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi.

61. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo’linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim muassasasi Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan mudir rahbarlik qiladi.

62. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari hisoblanadi.

63. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga mudir joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassisi oldida hisob beradi.

64. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi.

65. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqaruvi organlari hisoblanadi:

Pedagogika kengashi;

Kuzatuv kengashi.

66. Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogika kengashi:

maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko’rib chiqadi;

maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarining pedagogik yuklamasini belgilaydi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;

maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg`or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini ma’naviy va moddiy rag`batlantirish masalalarini ko’rib chiqadi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari va pedagog xodimlar hisobotlarini eshitadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogika kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, shakllantirish va o’qitishda ko’maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi.

67. Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi:

maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi;

maktabgacha ta’limning tuman (shahar) bo’limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek, uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish bo’yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo’jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag`lardan foydalanish to’g`risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi;

maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so’rovlar o’tkazadi;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limlariga maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini rag`batlantirish to’g`risida takliflar kiritadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

68. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.

69. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining lavozimiga qo’yiladigan malaka talablari O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin