Voqealar – huquqiy oqibatlarga sabab bo’luvchi, ammo kishilar xohish- irodasiga bog`liq bo’lmagan tarzda yuz beruvchi yuridik faktlar. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasining pasport tizimini takomillashtirish to’g`risida” gi farmoni bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq O’zbekiston Respublikasining 16 yoshga to’lgan va O’zbekiston hududida yashaydigan har bir fuqarosi pasportga ega bo’lishi mumkin. Binobarin, fuqaro 16 yoshga to’lishi unda pasport olish huquqi va majburiyatini, davlat organlarida esa – fuqaroga bunday pasportni berish huquqi va majburiyatini vujudga keltiruvchi yuridik fakt hisoblanadi.
Shunday qilib, irodaviy va noixtiyoriy yuridik faktlar o’rtasidagi farq shundan iboratki, irodaviy yuridik faktlar vujudga kelishi kishilarning xohish-irodasiga bevosita bog`liq bo’ladi, noixtiyoriy yuridik faktlarning vujudga kelishi esa kishilarning xohish-ixtiyoriga bog`liq bo’lmaydi.
Xulosa qilib aytganda, ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g`ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
MJTK 2-modda. Ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi qonun hujjatlarining vazifalari: Ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo’lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni,
ma’muriy huquqbuzarliklar to’g`risidagi ishlarning o’z vaqtida va ob’ektiv ko’rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo’llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.
modda. Ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi qonun hujjatlarining prinsiplari: Ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi qonun hujjatlari qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
modda. Ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi qonun hujjatlari sohasida O’zbekiston Respublikasining vakolatlari: Ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi qonun hujjatlari sohasida quyidagilar O’zbekiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi:
ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi qonun hujjatlarining prinsiplarini aniqlash va umumiy qoidalarini belgilab berish;
ma’muriy javobgarlikka sabab bo’ladigan harakat yoki harakatsizlikni, ma’muriy huquqbuzarlik to’g`risidagi ishlarni ko’rib chiqish vakolatiga ega bo’lgan organlar tizimini (mansabdor shaxslarni), mazkur ishlarni yuritish va chiqarilgan qarorlarning ijrosi tartibini belgilash;
ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi qonun hujjatlari sohasida Qoraqalpog`iston Respublikasining vakolatlarini belgilash;
6-modda. Ma’muriy javobgarlik to’g`risida qarorlar qabul qilish
borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari: Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari quyidagi vakolatlarga egadirlar:
jamoat tartibini saqlashga doir masalalar yuzasidan, basharti bu masalalar ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan bo’lsa, shuningdek tabiiy ofatlar va epidemiyalarga qarshi kurash masalalari bo’yicha ularni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan qarorlar qabul qilish;
Ma’muriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda ta’sir ko’rsatish chorasiga tortilishi mumkin emas. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g`risidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi.
Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar ma’muriy ta’sir ko’rsatish choralarini o’z vakolatlari doirasida qo’llaydilar.
Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko’rsatish choralarini qo’llanish chog`ida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan ta’minlanadi
Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni engillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo’lmaydi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g`risidagi ishlar huquqbuzarlik to’g`risidagi ish ko’rilayotgan vaqt va joyda amal qilib turgan qonun hujjatlari asosida yuritiladi.
Ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik o’z xususiyatiga ko’ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo’lmagan taqdirda, amalga oshiriladi.
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o’z harakati yoki harakatsizligi g`ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo’lsa, uning zararli oqibatlariga ko’zi etgan, yuz berishini istagan bo’lsa yoki bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yo’l qo’ygan bo’lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi.
modda. Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish: Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o’z harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko’ra bilgan bo’lsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb o’ylagan bo’lsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko’rishi lozim va mumkin bo’lgani holda oldindan ko’ra bilmagan bo’lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.
modda. Ma’muriy javobgarlikka tortilish yoshi: Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o’n olti yoshga to’lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
modda. Voyaga etmaganlarning ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarligi: Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslarga nisbatan Voyaga etmaganlar ishi bilan shug`ullanuvchi komissiyalar to’g`risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo’llaniladi.
modda. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi: Mansabdor shaxslar boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash, tabiiy muhitni, aholi sog`lig`ini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga va bajarilishini ta’minlash o’z xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bog`liq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Mulk shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotda muayyan mansabni egallab turgan shaxs, basharti unga rahbarlik, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-nazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar harakati bilan bog`liq bo’lgan vazifalar yuklatilgan bo’lsa, mansabdor shaxs deb hisoblanadi.
Ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo’qorg`i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iboratdir.
Ushbu Kodeks qoidalari mazkur Kodeksga kiritilmagan qonun hujjatlarida sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir.
89
90
Dostları ilə paylaş: |