Iymajm u a 1 Buxoro 2020


O’zbekiston Respublikasi Davlat maktabgacha ta`lim muassasalari to’g’risidagi Nizom



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə75/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   184
мажмуа хукукий

O’zbekiston Respublikasi Davlat maktabgacha ta`lim muassasalari to’g’risidagi Nizom

1. Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi- ta’lim tizimidagi ustuvorlikni ta’minlovchi Konseptual Nizomdir

2. Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasining tamoyillari va bosqichlari

3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi "Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida"gi 391-sonli qarori

Respublikada ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar mohiyatini chuqur anglab yetish bilan bog‘liq faoliyat turlari muvofiqlashtirildi. Uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari qatorida maktabgacha ta’limining milliy modelini aks ettiruvchi Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi ishlab chiqildi.

-Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi – bu maktabgacha ta’lim tizimini rivojlanishi va uning ta’lim tizimidagi ustuvorligini ta’minlovchi Konseptual Nizomdir.

-Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi – maktabgacha ta’limining xalqaro andozalarga mos zamonaviy yangilanish tamoyillari va modellarini yorituvchi huquqiy-me’yoriy hujjatdir.

-Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi – maktabgacha ta’limni 2008-2020 yillarga mo‘ljallangan takomillashuv strategiyasini belgilab beruvchi nazariy asosdir.

Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasining huquqiy-nazariy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va ta’lim sohasi bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan ilg‘or ilmiy g‘oyalar tashkil etadi.

Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi nazariy jihatdan quyidagi ustuvor tamoyillarga:

  • Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim;

  • Xamkorlik pedagogikasi asoslari;

  • Ijtimoiy-pedagogik yondashuv;

  • Psixologik yondashuv;

  • Qayta shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasi;

  • Tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish tizimi;-ga tayanadi.

  1. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolaga ta’lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modeli ustuvor sanaladi.

Shaxsga ongli ravishda yondoshishnining maqsadi rivojlantirish, uni berilgan standart va bosim ostida “o‘zgartirish emas”, balki uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish uchun sharoit yaratishni ko‘zlaydi.

Bu tamoyilda – pedagog faoliyatining vositasi sifatida emas, balki bolaning shaxsiy tadbiq etish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

II.Pedagogik xamkorlikning asosiy holatlari – ta’limga tarbiyachi va bolaning o‘zaro ijodiy xamkorligi sifatida munosabatda bo‘lishi tamoyilida: majburlamasdan o‘qitish foydalanish foydalanishi (tayanch signallar), o‘z – o‘zini tahlil qilish, guruhning intelektual fani; tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni o‘z ichiga oladi.

Ta’lim orqali inson va fuqaroning zamonaviy jamiyatga takomillashuvi va har tomonlama kirishuvi (qorishib ketishi), zamonaviy bilmlar darajasi, shaxsning milliy va dunyoviy madaniyati integratsiyasi masalalari amalga oshiriladi.

Bu tamoyilning asosiy jihatlaridan biri hamkorlik pedagogikasi kattalarning (tarbiyachi, ota-ona va bolalar) oldiga ta’lim-tarbiya jarayonida muloqotinng altruistik (o‘zining shaxsiy qiziqishlarini emas, balki boshqalar manfaati uchun harakat qilishi) uslubini qo‘llash zaruriyatini qo‘yadi.

Bu jihat – pedagog bolaning ustidan hukmronlik qilishdan, uni nazorat qilish, zo‘ravonlik, kuch ishlatishdan voz kechib, tarbiyalanuvchiga uning hohshiga ko‘ra erkin tanlash huquqini beradi.

Bunda: - kattalarning hissiy-shaxsiy muloqotni shakllantirish;

  • Bola va pedagog o‘rtasidagi hissiyot shaxsiy munosabatlarini rivojlantirish;

  • Munosabatlar tizimining o‘zaro hurmat tarzda shakklantirish; ga e’tibor qaratiladi.

Ijtimoiy pedagogik yondashuv tamoyili:

Bolaning tengqurlari va kattalar bilan munosabatining o‘zaro hurmat doirasida bo‘lishi bolaning tizimli o‘zaro munosabatlarda o‘zining “Men” me’zoni bo‘yicha shaxsiy rivojlanishining ijtimoiy faolligi ko‘rsatkichida muhim omil isoblanadi. Bu asosan 5 boshqichda amalga oshirirladi.:

1-bosqich- oiladagi muhit. Bolani o‘rab turgan muhit bilan o‘zaro munosabatlarining amaliy harakatlari va kattalarga (ota-ona, enaga va boshqalar) to‘liq qaram ekanligi bilan aniqlanadi. Bolaning faolligi muhitga bo‘lgan ehtiyojni qondirishiga yo‘naltiriladi.

2-bosqich- “vaziyatdagi voqelik” – bolani bo‘lib o‘tayotgan xodisalardan ajrala olmasligi va uni vaziyatga to‘liq qaramligi bilan tavsiflanadi. Bunda muhit alohida axamiyatga ega bo‘ladi.

3-bosqich- vaziyat ustidagi voqelik- bolani vaziyatlar oqimi ta’siridan chiqish va o‘zining aqli yordamida vaziyatni tushunib ish tutishi bilan harakterlanadi.

4-bosqich o‘zidagi voqelik- bola o‘z vaziyatlari modelini tayyorlab, atrofdagi kattalar va tengdoshlari bilan ish yuzasidan munosabatlar o‘rnatib, o‘z “men”ni namoyish etadi.

5-bosqich- bolaning boshqadagi voqelik- va o‘zining qadr-qimmatini tan olishga intilishi bilan belgilanadi.

Ijtimoiy pedagogik yondashuvning mazmuni-bola tomonidan insoniyat o‘zlashtirilishini ta’minlovchi rivojlanishni amalga oshirishdir. Bunday yondashuv ta’lim berish jarayonini yakuniy natijasiga bola shaxsining axloqiy, ma’naviy o‘zgarishlarini tubdan isloh qilishdir.

Psixologik yondashuv asoslari – bola shaxsini rivojlantirishda – psixologik qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuv – bolaning muammolarini tushunishi, qabul qilish va uni hal qilishda yordam berishdir. Uning asosiy maqsadi – bola va kattalar o‘rtasidagi kundalik pedagogik munosabatlarda yuzaga keladigan xissiy-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishdir.

Psixologik yondashuv jarayonida tarbiyachi-pedagog:

  • Bolaga o‘ziga va pedagogga bo‘lgan ishonchni oshira borib, unga samimiylik, g‘amxo‘rlik va mehr-muhabbat namoyon etadi;

  • Bolaning o‘z-o‘zini baxolashni mustahkamlash va ahamiyatni oshirish maqsadida uning yutuqlarini ongli ravishda ta’kidlaydi;

  • Bolada xato qilish qo‘rquvini bartaraf qilib, unda ijobiy xissiy bo‘shliq yaratadi;

  • Bolaning omadsizliklariga diqqatni to‘xtatmay tushunib (norozilik bilan emas) qaraydi, uning yechimini topishda bola bilan birga harakat qiladi. Bunday yondashuv asosida shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlar tizimida “katta bola” munosabatlar yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, har bir inson va ayniqsa ta’lim oluvchilar xatolar va ularni to‘g‘irlash xuquqiga egadirlar.

  • Bolani tarbiyalamaydi, balki uning muammolarini birga xal qilib yo‘l ko‘rsatadi.

Psixologik qo‘llab-quvvatlash pedagog va bola o‘rtasidagi xissiy-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga olib keladi.

Tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish tamoyili. Bola va pedagogning xamkorlikdagi tubdan o‘zgartirilgan (ko‘rgazmali – rivojlantiruvchi) pedagog va bola shaxsini mustaqil tarbiyalashga yo‘naltirilgan faoliyati , qaysiki shaxsiy mazmunini xayotiy bo‘shliqda qimmatli axamiyatga ega bo‘lgan, pedagog va bolaning universallashtirilgan tizimi.

Tubdan o‘qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:

  • Ijtimoiy pedagogik yondashuv;

  • Gnoseologik (bilish faoliyati) yondashuv o‘qitish jarayoni mohiyatini anglash jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi ( variatsiyalaydi)

  • Psixologik yondashuv – insonning rivojlanishi va bilmlarni o‘zlashtirishi psixologik nazriy bilmlarni yuzaga olib chiqadi.

  • Aqliy faoliyat yondashuvi: (P.Ya. Galnerin, N. F. Talo‘zin) – rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi;

  • Akmeologik yondashuv – (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va o‘qish degan ma’noni bildiradi)

Uning asl mohiyati – o‘qitish shaxsning xayotiy dunyosiga, pedagog va bolaning mavjud xayotiy mazmunini o‘zgartiradi, o‘ziga xoslik takrorlanmaslik kabi amaliy vazifalarni bajaradi. Ilmni o‘rgatishga o‘tish - bu inson tafakko`ri uchun obyektiv bo‘lgan olamni anglashdir.

Qayta shakllantirish – ta’lim texnologiyasini o‘qitishning ustuvorligi texnologiyasini didaktika va metodika pozitsiyasi tamoyilidan ko‘rib chiqish lozim.

O‘qitishning metodik jihatdan ko‘rib chiqilganda, maktabgacha yoshdagi bolaning nutqiy rivojlanish metodikasi (F.R. Qodirova) muhim o‘rin egallaydi.

Ta’lim psixologiyasining didaktik modeli sifatida:

  • Didaktik tamoyillar;

  • Ta’lim vositalari;

  • Ta’lim bosqichlari;

  • O‘zaro munosabatlar turlari.

  1. Didaktik tamoyillar:

  • Faollik tamoyili bolaning xususiyatlarini hisobga olgan xolda anglash faoliyati subyektiga tayanadi.

  • Ko‘rgazmalilik tamoyili – bolalar tomonidan o‘rab turgan olamni qabul qilish xususiyatlariga asoslanadi.

  • Oson erishuvchanlik tamoyili – bolalarning anglash faoliyatini rivojlantirishning muvofiqligi hisobi bilan bog‘liq.

  • Yetkazish tamoyili – o‘qitish jarayonida bolalarning aloxida (yakka tartibdagi) xususiyatlarini hisobga oladi.

  • Tizimlilik tamoyili – bolaning atrof-olamni anglash orqali muloqotga kirishishi darajasini hisobga olish bilan bog‘liq.

  1. Ta’lim vositalari- o‘qitish yo‘llari: nutqli faoliyatli, qo‘llanmali, psixik

  2. Ta’lim bosqichlari: tanishish, differensiatSiya, integratsiya.

  3. O‘zaro munosabat turlari: 4 turdan tashkil topadi.

1– tur – xissiy-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifa – xissiy-shaxsiy munosabatlar bo‘yicha almashuvi va keyingi xamkorlikdagi faoliyat uchun motiv (xoxish-istak), xissiy kayfiyatni yuzaga keltirish.

2 – tur ijodiy faoliyat tajribasining ustuvorligi. Bu turdan maqsad o‘zaro munosabatlar o‘qitishning anglash aspektini ta’lim maqsdadini ishlab chiqadi va bolaning aloxida xususiyatlarini ochishga yo‘naltiriladi.

3– tur o‘quv vazifasini hal etishning mavjud imkoniyatlarini mustahkamlash uchun faoliyat turlarini egallashi tajriba almashishi. Ushbu o‘zaro ta’sir etuvchi tur o‘qitishning psixologik aspektiga asoslanadi, rivojlantiruvchi maqsadni tadbiq etadi, bola shaxsining rivojlanishiga omil bo‘ladi.

4 – tur akmeologik Sohasini tadbiq etish. Bunda pedagog mazmunan turli vaziyatlar yaratadi va bu vaziyatlar bolaga egallagan faoliyat turlarini qo‘llash va notanish sharoitda ham harakatlanishi imkoniyatini beradi. Ushbu o‘zaro ta’sir etuvchi to`rning vazifasi – bu bola tomonidan mazmun va munosabatlarni o‘rganish jarayonida tizimli bilmlarni egallash, bola shaxsining mazmuniy sohasida “Dunyo tasavvuri”ning shaqillanishidir.

O‘zaro ta’sirning bu turida pedagog nafaqat bolaning hamkorlikdagi faoliyatining harakteri va turlarini, balki bolalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ham aniqlaydi. Bu esa shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim metodida asosiysi hisoblanadi.

Biz yuqorida katta shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasining didaktika modelini ko‘rib chiqdik, bular o‘qitishning nazariy negizi bo‘lib hisoblanadi.

Katta shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasining uslubiy modeli ta’lim jarayonining yaxlit subyekti sifatida pedagog va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar va mazmun-mohiyatni shakllantirishni boshqarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

Uslubiy modelning asosiy komplekslari bo‘lib quyidagilar:

  • Uslubiy tamoyillar;

  • Ta’lim vositalari;

  • Ta’lim bosqichlari;

  • Ta’limning usul va uslublari; -hisoblanadi.

uslubiy tamoyillar:

- o‘qitish maqsadlarining o‘zaro qaramlik va bog‘liqlik tamoyili;

- qayta shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ta’lim tamoyili;

- ta’limning syujetli vaziyatli bog‘liqlik tamoyili.

Ta’lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tadbiq etishda quyidagi ta’lim maqsadlari muhim hisoblanadi.

Ta’limiy Rivojlantiruvchi

Ta’lim maqsadlari


Tarbiyaviy

Amaliy

Ta’limiy maqsad – bola ta’lim jarayonida o‘zining aqliy ehtiyojlarini qondirib, uni o‘rab turgan haqiqatni anglab boradi. Aqliy ehtiyojlarining mazmuni maktabgacha davrning turli yosh bosqichlarida o‘zgarib, takomillashib boradi. Aqliy ehtiyojlarini qondira borib, bola hayotiy vaziyatlardagi muloqot jarayonida va turli faoliyatlarda til vositalarini qo‘llash malakalarini egallaydi. Bu jarayon barcha mashg‘ulot turlarida amalga oshiriladi. Mos keluvchi (adekvat) ifoda etish vositalarini izlash bolada aqliy faollikni, qiziquvchanlikni, tashabbuskorlikni kuchaytiradi, aqliy qiziqishlarini rivojlantiradi.

Ta’limning tarbiyaviy maqsadi – bola ehtiyojlarini tarbiyalash, pedagogik nuqtai – nazarni tadbiq etish ( kattalar tomonidan boshqarilayotgan jamoaviy faoliyatga bola tomonidan o‘zining shaxsiy kechinmalari orqali “axloqiy bosqichlar”ni bosib o‘tish yo‘li).

Tarbiyaviy maqsadning mazmuni shundaki bolaga axloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga hissiy-baholovchi munosabat shakllanadi. Ta’limning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadlari o‘qitishning munosib vosita, usul va uslublarni tanlash sharti bilan tadbiq etiluvchi va uslubiy tamoyillarni belgilochi asosiy faktor bo‘lib hizmat qiladi.

Har bir xususiy uslub o‘zining mashqlar tizimini yaratib, shu tariqa uslubiy tamoyillar va turli vosita va uslublar asosida qurilgan o‘qitishning uslubiy modeli katta shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasini tashkil etish uchun hisoblanadi.

Didaktik va uslubiy modellar birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishning yo‘naltiruvchi asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim Konstitutsiyasi-bolani maktab ta’limiga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini:

  • Jismoniy tayyorgalik ( bola rivojlanishining fiziologik darajasi);

  • Psixologik tayyorgarlik (bola shaxsi tarkibining xissiy, mental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi);

  • Ijtimoiy tayyorgarlik ( bolaning mazmuniy jihatdan ijtimoiy rivojlanish darajasi).

Maktabgacha ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarni belgilashda 3 ta soha inobatga olinadi: bolalar-shaxs, faoliyat va refleksiv.

Shaxs sifatida tayyorgarlik – bu pedagogik tafakko`r ( gnostik, ya’ni aqliy qobiliyatlar-ilmiy ma’lumotlarni farqlash malakalari, amaliy faoliyatga ilmiy bilmlarni to‘g‘ri qo‘llash, pedagogik vazifalarni malakali xal etish”, pedagogik maqsadni belgilash ( tashkilotchilik qobiliyatlari-o‘qitish va takrorlash uchun optimal sharoit yaratish malakalari, mashg‘ulotning keraqli shakllarini tanlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘quv jarayonini keraqli invental Jihozlari bilanta’minlash; o‘z mehnatini tashkil etish, har qanday tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish (ertaliklar, adabiy kechalar va boshqalar).

Pedagogik yo‘naltirilganlik ( kommunikativ qobiliyatlar: ma’lum biz ta’lim olayotganlar kategoriyasi uchun hammabop shaklda ma’lumotni taqdim etish qobiliyati, birovni ishontira olish qobiliyati, “pedagog-pedagog”, “pedagog-ota-ona”, “pedagog-menedjer”, “pedagog-bola” darajalarida kasbiy muloqotni savodli tizimi, bolalar jamoasida ijobiy psixologik mikroklimatni yaratish va boshqalar).

Kasbiy tayyorgarlik: pedagogik takt (intellectual mehnat Xotiraviy qobiliyatlar: oddiy standartlar va qaror uslublarini olib tashlab, yangi ajoyiblarini izlash, ushbu va o‘z o‘zidan ma’lum narsadan yuqorilarini ko‘ra bilish, g‘oyaviy hosildorlik, bolaning individual rivojlanishi o‘quv jarayonini, innovatsion o‘quv rejasini, dasto`rni, o‘z faoliyatini loyihalashtirish va boshqalar)

Refleksiv tayyorgarlik-pedagogik refleksiya ( refleksiv qobiliyatlar sezgirlikning 3 tizimni o‘z ichiga oladi: obyektiv his etish, real haqiqiy bolalarda qanday aks –sado berayotganiga, bolalarning qiziqish va ehtiyojlari qay darajada namoyon bo‘lishiga, ularning pedagogik tizim talablariga mos kelishiga, pedagogning alohida sezgirligi; me’yorni his etish va takt turli pedagogik ta’sir ko‘rsatish vositalari ta’sirida bola shaxsiga va faoliyatida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, daxldorlik va javobgarlik hissi va sezgirligi bilan ta’riflanadi. Demak, yuqorida belgilab berilgan tayyorgarlik jarayonlari ta’lim jarayonlarini yaxlit subyektining rivojlanishini amalga oshirilishidan dalolat beradi.

Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi – tashkiliy uslubiy jihatdan quyidagi:

Maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarish tizimini isloh qilish;

Pedagog kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini zamonaviy tashkil etish;

Respublika bo‘yicha maktabgacha ta’limni dasturiy-uslubiy ta’minlash;

Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash samaradorligiga erishish; - vazifalarini o‘z oldiga qo‘yadi.

Maktabgacha ta’lim tizimini qayta tashkil etilishi – bu, avvalambor, Maktabgacha ta’lim muassasasiga ko‘proq mos keluvchi tartibni yaratishdir. Ya’ni, maktabgacha ta’lim muassasasi bola ta’lim-tarbiyasida davlatning asosiy talablarini qondira oladigan tashkilot sifatida qabul qilinishi kerak.

Bu bo‘limda Maktabgacha ta’lim muassasalarini bolalar bilan rejali to‘ldirish ishlari nazarda tutilgan bo‘lib: turli yosh guruhlarida 10-12 ta bola ilk yosh guruhida 6-8ta bola, 3-dan 5 yoshgacha bo‘lgan guruhlarda 8-10 ta bola, 5 dan 6 yoshgacha 10-12ta bola bilan to‘ldirilishi, belgilangan me’yordan oshib ketmaslik talab etiladi.

1. bolalarning yoshi, psixologik rivojlanish xususiyatlarni inobatga olib;

2. ijtimoiy, shaxsiy va demografik (jinsi yosh) ni hisobga olib.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki bolaning o‘sishi va sog‘lig‘ida ayrim kamchiliklari (maktabgacha ta’lim muassasasiga qiyinchilik bilan moslashadigan, nevrozga moyil, sog‘lig‘I susaygan bo‘lgani uchun ota-onalar bilan kelishilgan xolda (ko‘proq xaq to‘lash evaziga) kam qamrovli guruhlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Guruhlarni jihozlash maqsadida joylarini almashtirish imkonini bervchi polifunksional transformal mebellardan foydalanish kerak.

Maktabgacha ta’lim muassasasida bolani to‘laqonli tarbiyalash maqsadida:

-rivojlantiruvchi predmetli muhitni yaratish bosh vazifa qilib qo‘yilgan. Bolanning rivojlantiruvchi predmetli muhit-bu bola faoliyati uning shaxsini to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi sharoitlar tizimidir.

U bolalarning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan bazaviy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Uning tarkibiy qismlari: tabiiy muhit va ob’ektlar ;

- madaniy landshaftlar (ko‘rinishlar)

- jismoniy –o‘yin va sog‘lomlashtiruvchi qurilmalar;

  • Predmetli o‘yin muhiti;

  • Bolalar kutubxonasi

  • igrotika;

  • Videoteka;

  • Dizayn studiya va muzey;

  • Musiqiy-teatral muhit;

  • Mashg‘ulotlarning predmetli-rivojlantiruvchi muhiti;

  • Kompyuter o‘yin majmuasi;

Rivojlantiruvchi muhitga quyidagi talablar kiradi:

Uning rivojlantiruvchi harakteri;

Jihozlangan predmetli muhit;

Yangi informatsion texnologiyalarni qo‘llash. (intellectual va aperatsional)

Maktabgacha ta’lim tizimida :

-psixologik xizmatni;(psixoprofilaktik psixologik ilgarilama korreksion faoliyat)

-ijtimoiy pedagogik xizmat – ijtimoiy pedagogik qo‘llab-quvvatlash, bola xuquq va qiziqishlarini himoya qilish, bola tarbiyasida oila yordam ko‘rsatish, sog‘lom turmush tarzini tarkib toptirish, mahalliy boshqaruv idoralari, manfaatdor tashkilotlar, muassasalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish;, belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasida islohotlar davrida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning asosiy masalasi:

  • Maktabgacha ta’limning nufuzini oshirish uning ta’lim sohasida jamiyat uchun ustuvorligini mustahkamlovchi maqomini mustahkamlash

  • bosh talabgor va iste’molchi – ota-onalarga mo‘ljallangan turli turdagi, tildagi va profildagi maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish;

  • ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar muhim hisoblanadi:

  • maktabgacha ta’lim muassasalarining Davlat tizimini saqlab qolish (byudjet va tashkilotlarga qarashli)

  • maktabgacha ta’limnin standartini aniqlash;

  • maktabgacha ta’limning yangi mazmun va texnologiyalariga o‘tish;

  • maktabgacha ta’limning tashkiliy tarkibini variativlik tamoyillari, ochiqligi, barcha uchun qulayligi, oila bilan hamkorligi, maktab, mahalla va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarga muvofiqlashtirilgan xolda o‘zgartirish;

  • jamoatchilikka nisbatan birinchi navbatda maktabgacha ta’lim muassasalarining rivojlanishidan ketayotgan o‘zgarish, shart-sharoitlari va talablarga o‘z vaqtida va mos keladigan javob topish

  • Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun maktabgacha ta’lim tarkibi harakatliligida (o‘zgaruvchanligida) topqirlik bilan mo‘ljal olishga imkon beruvchi kadrlarni ilmiy-metodik tomondan tayyorlanishni takomillashtirishdan iborat.

  • Maktabgacha ta’limni yangilashda bosh pozitsiya:

Pedagogik faoliyatning o‘zaro hurmatga yo‘naltirilganligi, differensial va individuallik, demokratizatsiya, bolalar uchun bir xilda ta’lim berish imkoniyatini yaratish dinalizm va variativlik egallaydi.

Yuqorida ko‘rsatib berilgan vazifalarni joriy etishda quyidagi tamoyillar inobatga olinishi lozim.:

  • Bola shaxsini rivojlantirishga intilayotgan pedagogik faoliyatning o‘zaro xrmatga yo‘naltirilganligi uning qobiliyati, iqtidori, qiziqishlari bolalar faoliyatining turli shaqillarida maksimal olib boorish;

  • Shaxsning shaqillanishida maktabgacha yoshining ahamiyati haqida zamonaviy ilmiy bilmlarini qo‘llash;

  • Intellectual rivojlantiruvchi, predmetni fazoviy muhitni yaratish;

  • Shaxsning manfaatlariga yo‘naltirilgan ta’lim ustuvorligini tan olish;

  • Har bir bolaning har tomonlama rivolanishi uchun tenglik huquqini tan olish;

  • Maktabgacha ta’limning barcha uchun (tengligi) barobarligi;

  • Bolalar sog‘lig‘i va hayotini muhofaza qilish uning jismoniy va psixik rivojlanishi; sog‘lom turmush tarzini shakllanishida maktabgacha ta’lim muassasasining ahamiyati;

  • Bolaning ijtimoyillashuvi jamoada yashashga, ta’limning keying bosqichiga sekin astalik bilan o‘tishda maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat mazmunining yo‘naltirilganligi

  • Ta’lim tarbiya ishlarining shakl va yagona umuminsoniy va milliy qadriyatlarning mazmuni;

  • Tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi vazifalarining birligi;

  • Bolalarnin o‘qitish va rivojlantirishda maktabgacha ta’lim muassasasi va oilaning alohida hususiyatlarini hamkorlikda tadbiq etish jarayoniga ota-onalarni jalb etish;

  • Maktabgacha ta’limning asosiy talabgori va iste’molchisiga bo‘lgan oilaning ehtiyojlariga qarab turli ko‘rinishda, tilde, profilda, variativ bo‘lishni ta’minlash;

  • Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning uzviyligi, jamoatchilik va oilaviy ta’limning o‘zaro xamkorligi;

  • Hududiy xususiyatlarni hisobga olish;

  • Maktabgacha ta’lim tizimida ro‘y beradiga o‘zgarishlarga kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga o‘z vaqtida e’tibor qaratish.

Maktabgacha ta’limni isloh qilish boshqaruv tizimida quyidagi o‘zgarishlarni talab etadi:

  • Respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloqda amaliy ish vaziyatining hududiy va joylardagi hususiyatlaridan kelib chiqib maktabgacha ta’lim muassasasining to‘g‘ri egiluvchan, boshqaruv shakllarini yaratish maqsadga muvofiqdir.

  • Maktabgacha ta’lim muassasasi ishini qayta ko‘rish o‘z ichiga ishni tashkil etishda va mazmunida o‘zgarishlar, shuningdek yuqori tashkilot bilan o‘zaro munosabatlarda ham o‘zgarishlarni ham qamrab oladi;

  • Maktabgacha ta’lim muassasaini boshqarish mudira tomonidan doimiy faoliyat yuritadigan pedagogik hodimlar o‘z –o‘zini boshqaruv jamoaviy organi hisoblangan pedagogik kengashda amalga oshiriladi;

  • Maktabgacha ta’limni isloh qilish pedagogik hodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda o‘zgarishlarni talab etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida faqtat maxsus pedagogik ma’lumotli va keraqli qayta tayerlovdan o‘tgan hodimlar faoliyat yuritishi shart:

II. pedagogik kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashni zamonaviy tizimini tashkil etish.

Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi faoliyati, uning kasbiy tayyorgalikni differensialashni tadbiq etish alohida o‘rin egallaydi. Bu borada pedagogik kengash va oliy o‘quv yurtlarining oldiga mutaxassis kadrlarni sifatli tayyorlash vazifasi yuklatiladi.

Konsepsiyada- ta’lim muassasasida kirish jarayonida ularni kasbiy yaroqligini aniqlash jarayonini tashkil etish kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishdagi muhim vosita ekanligi uqtiriladi.

Maktabgacha ta’lim tizimi uchun kadrlarni mukammal tayyorlashni turli tumanligiga ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni turliligini ochish imkoniyatini beradi.

Malaka oshirish ko`rslarini shunday tashkil qilish kerakki, tinglovchilar nafaqat ta’lim jarayoniga zamonaviy va metodik yondoshish, balki o‘zlarining qiziqishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha bilmlarini olishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi maktabgacha ta’limdagi muammolarni hal etish bilan shug‘ullanadiganbarcha tashkilotlarni ularning bir-biri bilan hamkorlik va muloqotni amalga oshrigan holda muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi.

Respublika ilmiy metodika markazi- ilmiy uslubiy itimoiy, psixologik-pedagogik, tibbiy gigiyen o‘quv ko‘rgazmali labaratoriyalar, tajriba sinov maktabgacha ta’lim muassasalari ishlarini tashkil etadi va boshqaradi. Shuningdek, maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan istiqbol dasturlarini tuzishda bevosita yetakchilik qiladi.

Bu ishlarda O‘zbekistonning ta’lim sohasiga oid bo‘lgan hududiy muammolarni qamrab olgan tadqiqotlar bilan shug‘ullanish maqsadida ilmiy hujjatni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi.

Bu esa: turli turdagi maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’limiy-pedagogik jarayonini tashkil etishning shakl va mazmunini ishlab chiqish, o‘zbekcha-ruscha ikki tillik muammosi, bolalar rivojlanish darajasining psixologik, pedagogik va ijtimoiy diagnostikasi pedagoglarning kasbiy darajasi, oila, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim xamkorligi, ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan modelining ustuvor(bosh) tadbiq qilishning usul va texnologiyalari va boshqa bir qaysi dolzarb masalalarini xal etishni taqazo etadi. Respublika ilmiy-metodika markazining yana bir asosiy vazifasi bu-uslubiy hujjat joylarda namunaviy maqsadli tahlil etishdir.

Bunda ta’lim, fan va texnika yutuqlari, ilg‘or ish tajribalarida unumli foydalangan xolda o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishni ta’minlaydi; tajriba-sinov maydonida olib borilayotgan pedagogik texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish pedagogik tajribani o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, pedagogik jamoa va aloxida pedagoglarning yangi fikrlari, mualliflik maktabgacha ta’lim muassasalarining bilimiga yordam berish, tarbiyachilarning uslubiy birlashmalarini tashkil etish nazarda tutiladi.

Psixologik-pedagogik maslahatni tashkil etish- ota-onalar va bolalar bilan ishlashda ko‘pchilikga duch kelayotgan pedagoglar uchun, ularning kasbiy-shaxsiy qobilyatlarini diagnostikadan o‘tkazadi, o‘qitish uslubining psixik korreksialarini amalga oshiradi, pedagogni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi, psixologlar uchun qo‘llanmalar tayyorlaydi, bolalarni tekshiruvdan o‘tkazadi va tezkor qabulni amalga oshiradi.

Bolalarni ilk qo‘llab –quvvatlash va psixologik-jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarning oldini olish vasiylik bo‘limi tibbiy, maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari, psixologik, ijtimoiy va yuridik xizmat tashkilotlari bilan hamkorlik va koordinatsiya ishlarini tashkil etish lozim.

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jahon andozalariga olib chiqishni ta’minlash maqsadida markaz turli ijodiy ittifoqlar, shuningdek yaqin va uzoq, chet ellar bilan aloqalar o‘rnatish lozim.

Respublika bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasini dasturiy uslubiy jihatdan ta’minlash.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ko‘p jihatdan ta’limni maktabgacha yoshdagi bola psixikasi xuxsusiyatlariga javob beruvchi dasturlar, metodik tavsiyalar, ta’lim-tarbiya berish qo‘llanmalari bilan ta’minlanishga bog‘liq. Bu bo‘limda- ta’limda qo‘llaniladigan bosh ta’lim qo‘llanmasi bola va kattalarning o‘zaro munosabatlarining shaxsga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi qo‘llanmalar (alohida ish uchun daftar, albomlar, flamaster, qalam, bo‘yoqlar va h.k) yaratilgan dasturiy-uslubiy majmua maktabgacha ta’lim standartini, bolalar bilan ishlashda va ularni rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlarini ta’minlashi lozim. Bu majmuada tarbiyachilar va boshqa mutaxassislarning yangi avlodi uchun darslik va qo‘llanmalar yaratish nazarda tutiladi.

Shuningdek, ta’lim tarbiyaviy jarayonda o‘yin faoliyatini tashkil etish usullaridan rivojlantiruvchi predmetli o‘yinning nazariy va amaliy jihatlari ustida fikr yuritiladi.

. Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalar.

Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’limiy maqsadlarni qat’iy talab etuvchi va bosqichli o‘zgarishlarning aniqligini va olingan natijalarni baholovchi ma’lum ilmiy loyihalashni mo‘ljallaydi.

Zamonaviy rivojlantiruvchi pedagogik texnoligiyalar nafaqat o‘qitish jarayoniga, balki bolaning psixik jarayonlariga, uning shaxsiy sifatlari, aqliy -ijodiy qobiliyatlarini, jismoniy rivojlanishiga yo‘naltirilgandir. Ta’limning insonparvarligi sharoitida pedagogik texnologiyalar pedagogdan bolani jiddiy qabul qilish munosabatlarida ko‘riladi.

Pedagogik jarayonlarda pedagogik texnologiyalar qo‘llanilganda bularning samaradorligi diagnostika qilinadi. Bu esa bolaning ta’lim tasiriga ochiq munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi.

Maktabgacha ta’limning samaradorligini boshqarishning algoritmning ya’ni kuzatishning tizimli qoidalari, qo‘yilgan o‘quv va tarbiyaviy maqsadlarini bajarishda bolalarning qabul qilish faoliyatini kuzatish va tuzatish bilan aniqlanadi.

Yuqorida bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki O‘zbekiston Respublikasidagi Maktabgacha ta’lim tizimi oldiga bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, Davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivojlanishni ta’minlashdek ulkan mas’uliyat yuklanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasining maqsad va vazifalarini quyidagi bosqichlarda ro‘yobga chiqariladi.

Birinchi bosqich-2012-2014 yillar mavjud maktabgacha ta’lim tizimining ijtimoiy tomonlarini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy asosni (vazni) yaratish.

Ushbu bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturiga muvofiq maktabgacha ta’lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash.

  • Bola shaxsiga yo‘naltirilgan model ustuvorligini ta’minlash.

  • Pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishini zamon talablariga muvofiq darajada tashkil etish.

  • O‘quv uslubiy qo‘llanma dasturlarining didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish.

Ikkinchi bosqich-2015-2017 yillar.

  • Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasini ta’lim jarayoniga bevosita qo‘llash mavjud ijtimoiy psixologik sharoitlarni hisobini olgan holda, unga yangiliklar kirita boorish.

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish tizimini amaliyotga joriy etish.

  • Ta’lim texnologiyalarining didaktik tamoyillarini qo‘llash asosida ta’lim jarayonini sifat jihatdan takomillashtirish.

Uchunchi bosqich 2018-2020 yillar.

To‘plangan tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida(istiqbol) kelajak uchun yangi ilmiy g‘oyalar loyihasi (ustida) ishlab chiqiqish.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi "Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida"gi 391-sonli qarori

Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo`lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi.  3-7 yoshgacha  bo’lgan maktabgacha yoshidagi bolalar davlat, nodavlat, davlat xususiy-sherikchilik MTMlar va oilaviy maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko’nikmasi, kattalar va tengdosh o’rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun bola maktabga qadam qo’yayotganida qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi ko’nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va mustaqil harakat qilishi muhimroq hisoblanadi. Bolani biror narsaga o’rgatishgina emas, unda o’z kuchiga ishonchni oshirish, o’z g’oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda unda “Men” kontseptsiyasini shakllantirish ham muhimdir.

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o’tishi ko’pincha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub o’zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo’ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo’lishga yordam beradi. Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakko`rning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi "Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida"gi 528-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, MTM maqsadlari quyidagilardan iborat:

bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

bolalarni ta’lim va tarbiya orqali maktabga sifatli tayyorlash;

bolalarni maktabgacha ta’limga jalb qilish.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:

12 soatli;

10,5 soatli;

9 soatli;

4 soatli.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi (avval bu ko’rsatkich 2-6 yoshni tashkil qilgan, alohida holatlarda 7 yoshgacha qatnashga ruxsat berilgan).

Bolalarni MTMlarga qabul qilish uchun 5 kishidan iborat qabul komissiyalari tuziladi.

Davlat MTMlariga yo’llanma olish uchun ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinadi:

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish bo’yicha yo’llanma berish to’g’risida ariza;

bolaning tug’ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi;

bolaning otasi yoki onasining pasport nusxasi;

yashash joyidan ma’lumotnoma;

ota-onasining ish joyidan (agar ishlasa) ma’lumotnoma.

Taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan yetti kun muddatda ko’rib chiqilib, qaror qabul qilinadi va qabul komissiyasining qarori haqida uch kun muddatda ariza beruvchilarga ma’lum qilinadi. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.

Maktabgacha ta`lim tizimi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son qaroriga


1-ILOVA


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin