Iyod sovitish tizimi


-taqsimlovchi g‘ilof; 2-moy radiatori; 3-silindrlar;4, 5 va 8-deflektorlar



Yüklə 376,62 Kb.
səhifə2/6
tarix19.05.2023
ölçüsü376,62 Kb.
#118013
1   2   3   4   5   6
3-Аmaliy mashgulot

1-taqsimlovchi g‘ilof; 2-moy radiatori; 3-silindrlar;4, 5 va 8-deflektorlar;
6-jaluza; 7-tortqi; 9-ventilator

Sovituvchi havoning chiqib ketadigan tomoniga har bir silindrga alohida jalyuzalar (plastinalar) o'rnatilgan. Jaluza (6) traktorchi o'tirgan joydan boshqariladigan tortqi ( 7) ga biriktirilgan. Havo sovuq vaqtda jaluzalarni qisman berkitib, issiqlikni kamroq tarqatish mumkin. Ventilator yo'naltiradigan havo oqimi moy radiatori (2) ga ham ta’sir etadi.V entilator tasmasi bo'shab ketsa, ventilatorga havo kiradigan sim to'r ifloslansa, silindr va kallak qovurg'alarining orasini chang bossa yoki traktor ortiqcha zo'riqib ishlasa, motor qizib ketadi. Motorning qizish darajasi kalakka o'rnatilgan datchik (6.9-rasm, 10) orqali tovush signali va lampochkali signalizator bilan aniqlanadi. Kallak harorati160—175°C gacha qiziganda nazorat lampochka yonadi va signal chalinadi. Shuningdek, motor karteridagi moyning harorati ham


motorning qizish darajasini aniqlaydi.Moyning harorati 100—105°C dan yuqori bo'lmasligi lozim.Bu esa moy termometri bilan aniqlanadi.
Termosifonli sovitish tizimida (10.2-rasrn, a) suv tizimidagi sovuq va issiq suvlarning solishtirma og'irligi farqi hisobiga aylanib yuradi. Motor ishlaganda silindrlarning suv g'ilofl (6) dagi suv isib, zichligi kamayadi, shu sababli yuqorigi qisqa quvur (5) orqali ko'tarilib, radiator ( 1) ga boradi. Radiatorda ventilator (2) hosil qilgan havo oqimi ta’sirida sovib, zichligi ortadi va pastki qisqa quvur (7) orqali suv g'ilofga kirib, issiq suvni yuqoriga ko'taradi.
Bunday sovitish tizimi bo'lgan motor yurgizib yuborilganidan keyin tezroq qiziydi, sovituvchi suvning harakat tezligi motorning yuklanishiga bog'liq, ya’ni yuklanish qancha ko'p bo'lsa, suv shuncha ko'p isib, tezroq harakat qiladi. Lekin suv nisbatan sekin harakat qilganligi sababli, sovitish tiziminig sig'imi kattaroq bo'ladi. Natijada motorning vazni ortadi va suv sathi kamaysa (yuqorigi qisqa quvur va radiatordagi suv oqimi uzilsa), motor sovitilmaydi. Termosifon sovitish tizimi traktorlarning yurgizib yuborish motorlaridagina qo'llaniladi.
Suvi majburan aylantiriladigan sovitish tizimi (10.2-rasm, b) ko'pchilik traktor motorlarida qollanilib, suv markazdan qochirma nasos ( 12) bilan haydaladi. Bu nasos radiatorda sovigan suvni so'rib olib, silindrlarning suv g'ilofiga haydaydi, g'ilofda isigan suv esa bosim bilan yuqorigi qisqa quvur orqali radiatorga kiradi.



10.2-rasm. Suv bilan sovitish tizimlarining sxemalari:




a -termosifonli sov itish tizimi; b -suvi majburan aylantiriladigan sovitish tizimlari; 1-radiator; 2 -ventilator; 3 - parda; 4 - trubka; 5- yuqorigi qisqa quvur; 6 -suv g‘ilofi; 7- pastki kalta quvur; 8 -bug‘-havo klapani; 9 - termostat; 10 - termometr; 11 - taqsimlash kanali; 12- suv nasosi; 13 – trubka

Suv majburiy ravishda tez harakat qilganligi sababli blokning g‘ilofidagi issiq suv bilan radiatordagi sovitilgan suvning harorati faqat 5—10°C farq qiiadi. Motorning tirsakli vali qancha tez aylansa, nasos bilan ventilator ham shuncha tez harakat qilib, motor jadal sovitiladi. Motor ortiqcha sovib ketmasligi uchun radiatorning old tomoni jaluza yoki parda (3) bilan to'siladi va yuqorigi qisqa quvurga termostat (9) o'rnatiladi. Motor yetarli qiziguncha termostat suvni radiatorga o'tkazmasdan, trubka ( 13) orqali nasosga qaytaradi. Agar radiatorning tepasiga uchi doim ochiq turadigan trubka (4)o'rnatilib, undan suv bug'lari atmosferaga chiqaversa, ochiq sovitish tizimi deyiladi. Agar sovitish tizimi maxsus bug‘-havo klapani (8) bilan atmosferadan ajratib qo‘yilsa, yopiq sovitish tizimi deyiladi. Yopiq sovitish lizimida bosim atmosfera bosimidan ortganda bug' klapani ochilib, qisman bug'ni tashqariga chiqaradi, bosim atmosfera bosimidan kamayganda havo klapani ochilib, tizimga tashqaridan havo kiritadi.Yopiq tizimda suvning bug'lanishi, demak, sarfi ham kam bo'ladi, tizimda quyqa oz hosil bo'ladi, shu sababli bunday tizim ko'p qo'llaniladi.Motorning kuchliroq qiziydigan qismlarini jadal sovitish uchun suv silindrlar blokining yuqorigi qismiga suv taqsimlash kanali (11) orqali yo'naltiriladi. Sovitish tizimidagi suvning harorati traktor asboblari taxtasiga o'rnatilgan termometr ( 10) ga qarab kuzatib boriladi. Sovitish tizimidagi suvning harorati 80—90°C chamasida bo'lishi kerak.



Yüklə 376,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin