Iyod sovitish tizimi


b -suvning katta doira bo'ylab harakat qilishi



Yüklə 376,62 Kb.
səhifə5/6
tarix19.05.2023
ölçüsü376,62 Kb.
#118013
1   2   3   4   5   6
3-Аmaliy mashgulot

b -suvning katta doira bo'ylab harakat qilishi;

  1. qisqa quvur; 2 - asosiy klapan; 3 - korpus; 4 - yordamchi klapan;

5-qovurg‘ali jez silindr; 6 - teshik; 7 - kanal; 8- shtok; 9- korpus uyasi


Tizimdagi suv sovuq bo'lganda silindr siqilgan holatda bo‘lib, asosiy klapan termostat korpusi uyasi (9) ni berkitib, yuqorigi qisqa quvurga suv o‘tkazmaydi. Bunday holda yordamchi klapan ochiq bo'lib.Suv termostat korpusidagi teshiklar (6) orqali kanal (7) ga kirib, undan suv nasosiga qaytadi (10.7-rasm, a).Ya’ni kichik doira orqali harakat qiladi.Tizimga suv quyishda suv g'iloflaridagi havoni chiqarib yuborish uchun asosiy klapanga kichkina teshik qilingan.Suv radiatorda sovitilmaganligi uchun tez isib, silindr (5) ichidagi suyuqlik bug'ga aylana boshlaydi.Suvning harorati 70°C ga yetganda silindr suyuqlik bug'lari bosimi ta’siridan kengayib, asosiy klapanni ocha boshlaydi. Suvning harorati 85°C ga yetganda asosiy klapan batamom ochilib, yordamchi (pastki) klapan bekiladi va suvning hammasi radiator orqali o‘tib, katta doira orqali harakat qiladi (10.7-rasm, b). Suv soviganda silindr siqiladi va shtok klapanlari pastga tushiradi. Shunday qilib, termostat suvning haroratini avtomat ravishda 70—85°C chamasida saqlaydi. Jaluzalar va parda radiator orqali o'tadigan havo oqimini o'zgartirib, motorning issiqlik rejimini rostlab turish imkonini beradi.Jaluzalar (7) (10.8-rasm) buriladigan plastinalardan iborat bo'lib, radiator oldiga o'rnatiladi. Jaluzalar tortqi va richaglar tizimi orqali haydovchining o'rnidan boshqariladi. Plastinalar burilganda radiator batamom to‘silib,undan havo o'tmaydi, qisman burilganda plastinalar orasida turli kenglikda tirqish hosil bo'ladi. Plastinalar tik va yotiq joylashtirilgan bo'ladi. Parda radiatorining oldini to‘sib qo'yadigan qalin matodan iborat.Parda tushirib qo'yilsa, havo kamroq o'tib, motor tezroq isiydi. Jaluzalar vaparda sovuq vaqtlarda, shuningdek, yurgizib yuborilgan motorni tezroq isitish maqsadida qo'llaniladi. Motorning sovitilish darajasi haydovchi ro'parasiga o'rnatilgan termometrga qarab kuzatiladi.Termometrning datchigi motorning kallagiga yoki radiatorning yuqorigi bakiga o'rnatiladi. Sovitish tizimi elementlarining motorda joylashtirilishi va ularning birga ishlashi GAZ-51A motori misolida ko'rsatilgan.Bu motorning sovitish tizimi suvi majburan aylantiriladigan yopiq tizim bo'lib, trubkali radiator (2), to'rt parrakli ventilator (3) va u bilan bir valga o'rnatilgan markazdan qochirma suv nasosi (7) dan iborat. Ventilator ikkita ponasimon tasma (6) bilan tirsakli valning shkivi (5) dan harakatga keltiriladi.Suv quyish bo'g'zi bug'-havo klapanli tiqin (12) bilan berkitilib, bug' chiqishi yoki havo kirishi uchun unga trubka (13) ulangan. Motor kallagiga termostat (9) o'rnatilgan.Sovitish tizimidagi suvni bo'shatib olish uchun radiator pastki bakiga jo'mrak (4) o'rnatilgan.Bundan tashqari, blokning chap tomonida ham bo'shatish jo'mragi bor.Suvning harorati asboblar taxtasidagi elektrik ko'rsatkichdan kuzatiladi, uning datchigi silindrlar kallagiga joylashtirilgan.Motor yurgizilgandan keyin suv nasosi radiatoming pastki bakidan suvni so'rib olib, taqsimlash trubkasi (8) ga haydaydi. Suv taqsimlash trubkasining oltita teshigi bor. Trubkadan suv blok-karteming suv g'iloflga va blokning yuqorigi tekisligidagi teshiklar orqali kallakning suv g'iloflga borib, motorning eng qizigan qismlarini sovitadi. Keyinchalik suv ikki yo'nalishda aylanishi mumkin.Suvning harorati70° ∓2° ga yetguncha termostatning asosiy klapani yopiq, yordamchi klapani esa ochiq bo'ladi.Bunda suv radiatorga bormay, termostatning yon teshiklari orqali nasosga qaytadi. Suv 70° ∓2° dan ortiq isigan sari asosiy klapan ochila boshlaydi va suvning bir qismi yuqorigi qisqa quvur ( 10) orqali radiatoming yuqorigi baki (7G’) ga boradi, bir qismi yordamchi klapan orqali nasosga qaytaveradi.
Suvning harorati 83°∓2° ga yetganda asosiy klapan batamom ochilib, yordamchi klapan bekiladi va tizimdagi suv faqat radiator orqali aylanib o'tadi. Sovituvchi suvning harorati kabinadan boshqariladigan jaluza ( I) bilan ham qo'shimcha rostlanadi.
4. Laboratoriya ishida talabalarning tayyorgarlik darajasini

Yüklə 376,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin