Iyon kanallari aktivatsiyasi, diaktivatsiyasi va inaktivatsiyasi Ion kanallari


Uyqi xaqida xozirgi zamon mexanizimlari



Yüklə 61,03 Kb.
səhifə20/22
tarix20.01.2023
ölçüsü61,03 Kb.
#79870
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Iyon kanallari aktivatsiyasi, diaktivatsiyasi va inaktivatsiyasi

Uyqi xaqida xozirgi zamon mexanizimlari
Turli ekologik sharoitlarda organizimni kislarod bilan ta’minlanishi
Uyqu vaqtida mushaklar tonusi susayadi (uyqudagi odamning koʻp mushaklari boʻshatgan boʻladi), sezuvchanlikning barcha turlari – koʻrish, eshitish, taʼm bilish, hid sezish, teri sezuvchanligi keskin susayadi. Shartsiz va shartli reflekslar tormozlanadi. Qattiq uyquda nafas uygʻoqlikdagiga nisbatan ancha chuqur, yurak urishi sekin, arterial qon bosimi, toʻqimalarga qon kelishi, moddalar almashinuvi, tana harorati past boʻladi. Bularning barchasi uyqu holatida miya bilan bir qatorda hujayralar va toʻqimalar hayot faoliyatini taʼminlovchi hamma ichki aʼzolarning ham “dam” olishidan dalolat beradi.
Ammo uyqu haqidagi zamonaviy tasavvurlarga koʻra, uyqu faqat dam olish emas, balki kun boʻyi olingan turli axborotni qayta ishlash va ertasi kun yana qabul qilish qobiliyatiga erishish uchun qaratilgan jarayondir.
8 soat uxlash shart, degan qoida haqida hammamiz eshitganmiz. Aynan 8 soat deyilishiga qanday asoslar bor? Qator tadqiqotlarda inson salomatligi uchun aynan mana shuncha vaqt davom etuvchi uyqu zarurligi oʻz tasdigʻini topgan. Muntazam ravishda bundan kam uxlovchilarda turli kasalliklarga chalinish ehtimoli ortgan.
Faqat olimlar bir masala ustida koʻp bahslashadilar – uyqu buzilishi kasalliklarga sabab boʻladimi yoki turli kasalliklar belgisi sifatida uyqu buzilishi paydo boʻladimi?
Bolalar uchun 11 soat, goʻdaklar uchun 18 soatgacha uyqu zarur.

70 yil yashagan odam umrining 30 yilga yaqinini uyquda oʻtkazadi, umrimizning koʻp qismini uxlab boy beryapmiz, degan gaplarni koʻp eshitamiz. Lekin inson organizmi uchun uyquning ahamiyati nihoyatda katta va faqat shu jarayondagina oʻz qobiliyatini tiklay oladi. Oʻrta yoshdagi sogʻlom odamda 3-5 sutka uxlamaslik qaytmas jarayonlarga olib keladi. Bolalar va keksalarda bu muddat yana-da qisqa.


Uyqu rejimi. Uyquning maksimal darajada foyda va minimal darajada zarar yetkazishi uchun inson bir vaqtda uxlab bir vaqtda uygʻonishi kerak. Bu rejimning buzilishi organizmning bioritmi – biologik soatini buzilishiga olib keladi. Aytish lozimki, hattoki dam olish kunlari xam uyqu va tetiklik rejimi oʻzgarmasligi kerak. Bu holatni yosh bolalar misolida koʻrish mumkin – ular dam olish kuni xam maktab kunlari xam bir paytda uxlab bir paytda uygʻonadi. Ulardan oʻrnak oling.

Yüklə 61,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin