Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar. Педагогик техника; имо–ишора; маъноли қараш; истеҳзоли табассум; тарбияланувчи объект; актёрлик санъати; интеграцион усуллар; илғор ва новатор ўқитувчилар; маънавий ва эстетик қиёфа; “Меҳнат профессиограммаси”; коммуникатив малакалар; гностик малакалар; педагогик ижодкорлик; “Мураббийлик шартлари”; мимика; пантомимика; ҳиссий ҳолат; ўқитувчининг анатомик–физиологик хусусияти; ижобий тарбиявий таъсир; нутқ темпи; овоз диапазони; релаксация усуллари; интеграцион билимлар; ўқитиш самарадорлиги. edagogik texnika, tashqi qiyofa, hissiyot, mimika, pantomimika, texnologiya, asab tizimi, gapirish texnikasi, talaffuz, nafas olish, tovush maromi.
Mavzuga oid muammolar: Pedagogik texnikaning pedagogik mahoratga erishishdagi ahamiyatini tahlil qiling. O’qituvchi faoliyatida tana harakatining, yuz harakatining, gapirish texnikasining va o’qituvchining hissiyotini jilovlay olishning ahamiyatini ko’rsating. Shularning orasida eng ahamiyatlisini aniqlang va nima sababdan shunday xulosaga kelganingizni izohlang.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini o’rganib chiqing. Siz pedagogning faoliyatida qay birini ustun deb hisoblaysiz?
Pedagogik texnika ikki asosiy guruhga ajratiladi. Har ikkala guruhga doir ko’nikmalarni bir-biri bilan taqqoslang. Ular o’rtasidagi bog’liqlikni va farqni ajratib ko’rsating.
1-savol bayoni: Pedagogik texnika o’qituvchi faoliyatining ichki mohiyati bilan tashqi ko’rinishini birlashtiruvchi vositadir.
Boshqacha qilib aytganda, o’quvchi bilan muloqotda bo’lishning usullari va vositalarining yig’indisidir. Bular o’qituvchiga murakkab va nozik pedagogik vazifalarni hal qilish imkonini beradi.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini 2 guruhga bo’lish mumkin:
1-guruhga pedagogning o’z xulqini boshqarishi kiradi. Unga tanani boshqarish (mimika va pantomimika), hissiyot va kayfiyatni boshqarish (asabiylashmaslik, yaxshi kayfiyat hosil qilish), ijtimoiy-ruhiy qobiliyatlar (dikkat, kuzatuvchanlik, xayol), gapirish texnikasi (nafas olish, ovozni yoqimli qilish, talaffuz, tovush (tempi) tezligi) misol bo’ladi.
2-guruhga ayrim shaxs va jamoaga ta’sir etish uquvi kiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonining texnologiyasi vazifasini bajaradi. Bunda didaktik va tarbiyaviy, tashkiliy va konstruktiv, talabchanlik va muloqotga kirishish madaniyati, jamoa ijodiy ishlarini tashkil qilish va boshqalarga e’tibor qaratiladi.
Pedagogik texnika shakllanishi shaxsning unchalik payqab bo’lmas sifatlariga ham rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Chunonchi, nutqning ifodali, savodli, sof bo’lishi ustida ishlash fikrlashning ravon bo’lishiga ta’sir qiladi. Psixik faoliyatni mustaqil tartibga solish usullarini egallash fe’l-atvorda bo’lgan hissiy vazminlikning rivojlanishiga olib keladi.