1-mavzu. “Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni va ahamiyati”
Asosiy savollar: Pedagogik mahorat haqida tushuncha.
Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari.
Pedagogik mahoratni tarkib toptirish va shakllantirish yo’llari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Kasb mahorati, pedagogik mahorat, optimizm, insonparvar-gumanist. shaxsiy xususiyatlar, gumanistik yo’nalish, kasbiy bilimdonlik, pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika, metodologiya, nazariy, uslubiy texnologik bilimlar, faoliyat elementlari, o’z-o’zini kasbiy tarbiyalash.
1-savolning bayoni: Insoniyat tomonidan minglab kasb-hunar bajarib kelinadi. Har bir kasb yuqori saviyada bajarilishi, kasb mahoratining talablariga javob berishi kerak.
Pedagogik mahorat deganda pedagogik faoliyat yuritishda murabbiyning qobiliyatlarini oliy darajada namoyon etishi, butun borlig’ini ta’lim-tarbiyaga yo’naltirish tushiniladi. Pedagogik mahorat uzoq vaqt davomida o’qish-o’rganish, mashq qilish, tajribalar asosida hosil qilinadi. Pedagogik mahoratning boshqa kasb mahoratlaridan farqi shundaki, u bir qancha qirralarga bo’linadi.
Xulosa kilib aytganda, pedagogik mahorat - yuksak darajada pedagogik faoliyat yuritishga o’zini yo’naltira bilish uchun zarur bo’lgan shaxsiy xususiyatlar yig’indisidir.
Pedagogik mahoratni quyidagi tarkibiy qismlar tashkil etadi:
- insonparvarlik (gumanistik) yo’nalishi;
1. O’qituvchi shaxsining insonparvarlik (gumanistik) yo’nalishi - g’oyalari, qiziqishi, qadriy yo’nalishlari. Har bir o’qituvchi shaxsining pedagogik yo’nalishi turlicha, ko’p qirrali. Uning qadriy yo’nalishini: 1) o’z-o’zida bilimdon, talabchan, haqiqiy o’qituvchini ko’rishga; 2) pedagogik ta’sir etish vositalariga (o’quv materiali va hakozo); 3) o’quvchiga, bolalar jamoasiga; 4) pedagogik faoliyat maqsadiga - faoliyat ob’ekti, vositalarini - o’zgartirishga qaratilgan bo’lishi mumkin, ya’ni gumanistik strategiya.
. 2. Kasbiy bilimdonlik. Pedagogik mahoratning asosiy poydevori - kasbiy bilimlardir. O’qituvchining bilimlari, bir tomondan, o’zi o’qitadigan predmetlarga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularni o’zlashtiradigan o’quvchilarga qaratilgan. Kasbiy bilimlarning mazmuni o’zi o’qitadigan predmetni, uning metodikasini, pedagogika va psixologiyani bilishni tashkil etadi.
Pedagogning mahorati - bilimlarni "insoniylashtirish" dadir, ularni auditoriyaga oddiy kitobdangina emas, balki o’zining dunyoqarashi sifatida bayon etadi.
Pedagogning kasbiy bilimlari asosida pedagogik ong shakllanadi, uning harakatlari asosida yotuvchi printsiplar va qoidalarga amal qilinadi.