Fayllarni ko‘chirib o‘tish
Fayllarni ko‘chirish nusxa ko‘chirib o‘tish amali kabi bajariladi. Faqatgina bunda [Ctrl] tugmachasini bosmaslik kerak. Bunda sichqoncha belgisiga belgisi qo‘shiladi. Bu bitta fayl uchun. Fayllar guruhi uchun yoki fayllarni ajratish uchun, [F7] tugmachasi bosiladi. menyudagi MOVE komandasidan foydalansa ham bo‘ladi.
Ekranda hosil bo‘lgan savolning “TO” maydonida fayl ko‘chiriladigan katalog nomini ko‘rsatib, OK ni tanlash zarur.
Fayllarni o‘chirish
Faylni yoki fayllar guruhini o‘chirish uchun ularni belgilab, [Del] tugmachasi bosiladi. Ekranda savol hosil bo‘ladi. Tasdiq uchun “Yes”ni, o‘chirishni bekor qilish uchun “NO” ni va barcha fayllarni o‘chirishni bekor qilish uchun “Cancel”ni, bu va qolgan fayllarni o‘chirish uchun “Yes to All” ni tanlang.
Faylni qayta nomlash
Fayl yoki fayllar guruhini qayta nomlash uchun FB (yoki Проводник) dagi FILE da RENAME komandasini tanlanadi. So‘ralayotgan savolga javoban “TO” maydonida faylning yangi nomini kiritib, OK bosiladi.
Fayl atributlarini o‘zgartirish
Fayl yoki fayllar guruhi atributlarni o‘zgartirish uchun ularni ajratib, [Alt] - [Enter] bosiladi.
Yeki FB (yoki Проводник) dagi FILE da PROPERTIES komandasidan foydalaniladi. Ekranda savol hosil bo‘ladi.
Bunda X belgisi o‘rnatilgan. belgisi bilan o‘rnatilmagan atributlar belgilangan.
Fayllarning quyidagi atributlari mavjud:
Read only — faqat o‘qish mumkin;
Archive — arxivlangan;
Hidden — bekitilgan;
System — tizimli.
Atributlarni o‘zgartirish uchun sichqoncha tugmasi mos atributlarda bosiladi va OK tanlanadi.
Fayllarni topish
Faylni tez topish uchun FB (yoki Проводник) dagi FILE menyusida SEARCH punkti tanlanadi. Natijada ekranda savol hosil bo‘ladi.
SEARCH FOR maydonida qidiralayotgan fayl nomini kiriting.
START FROM maydonida katalog nomini kiriting va OK ni tanlang.
Natija ekranda SEARCH RESULTS sarlavhali darchada hosil bo‘ladi. Bu fayllar bilan odatdagi darchada ishlagandek ishlash mumkin. Bu darchani yopish uchun tizimli menyu belgisida sichqoncha tugmasi 2 marta bosiladi.
Dostları ilə paylaş: |