Microsoft WORD matn muharriri.
Reja:
Microsoft Word matn muharriri va interfeys.
Microsoft Word ning imkoniyatlari
Microsoft Word ning menyu tizimi.
Hujjatlarni yaratish, saqlash va chop etish
.
1. Microsoft Word matn muharriri va interfeys
Microsoft Word matnlar tahrirlovchisi ko‘p amalli dasturdan iborat matn muharriri bo‘lib, Microsoft Office paketining asosiy dasturlaridan biri hisoblanadi. Matnni tahrirlashning asosiy bosqichlarini quyidagicha ta’riflash mumkin -hujjatni yaratish, saqlash, o‘zgartirish, bezash, bir nechta hujjatdan bir butun hujjat yaratish va boshqalar.
Ushbu matn muharririning imkoniyatlarini quyida keltirilgan ba’zi amallardan ham bilish mumkin:
Matnning orfografiyasi va grammatikasini tekshirish.
Jadvallar bilan ishlash, ularning chegaralari va ichki rangini tanlash.
Rasm chizish.
Elektron hujjatlarni yaratish, saqlash, tahrir qilish va boshqalar
Elektron pochta qutisidan olingan xabarlarni tahrirlash va boshqa imkoniyatlar kiradi.
Word matn muharririni ishga tushirish uchun ish stolidagi uning yorlig‘ini, ya’ni quy idagi rasmni toping va ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib, chap tugmachasini ikki marta tezlikda bosing. Agar bu rasmchani ish stolidan topa olmasangiz, ekranning quyi qismida joylashgan satr (Masalalar paneli)dagi ««Пуск»» menyusi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib chap tugmachasini bir marta bosing. Natijada quyidagi oyna namoyon bo‘ladi.
Ochilgan menyudan «Программы» qismini, so‘ngra o‘ng tomonda hosil bo‘lgan ro‘yxatdan Microsoft Word qatorini
tanlang va sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Bu amallarni bajargandan so‘ng Word matn muharriri ishga tushadi va Microsoft Word interfeysi oynasi paydo bo‘ladi.
Qulaylik yaratish maqsadida ba’zi atamalarni kelishib olishimiz lozim. «Sichqonchaning chap tugmachasini bosamiz» jumlasini «sichqonchani bosamiz» deb aytamiz. Agarda sichqonchaning o‘ng tugmachasini ishlatish zaruriyati tug‘ilib qolsa, bu holni aloxida ta’kidlab ketamiz. Biror buyrug‘ni, so‘zni yoki tugmachani «faollashtiramiz» («aktivlashtiramiz») deganda ular ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib, chap tugmachasini bir marta bosish nazarda tutiladi.
1) Oynaning eng yuqorisida dastur nomi yozilgan qator mavjud (1). Shu qatorning o‘ng tomonida, burchakda uchta boshqaruv piktogrammalari (ramziy belgilar) joylashgan (2):
Ulardan birinchisi — «Свернуть» (Yig‘ib olish) nomli piktogramma. Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, ilova oynasi Masalalar paneli qatoriga (««Пуск»» tugmachasi joylashgan qatorga) to‘rtburchak shakldagi tugmacha ko‘rinishida (darchadek) yig‘ib olinadi. Sichqonchaning chap tugmachasini «darcha» ustida bir marta bosish oynaning oldingi o‘lchovini va joylanishini tiklaydi.
Ikkinchisi — «Развернуть» (Yoyish) tugmachasi. Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, ilova oynasi butun ekranga (yoki hujjat oynasi butun ilova oynasiga) yoyib tashlanadi. Shunga ahamiyat berish kerakki, Masalalar paneli oyna kattalashgan holda ham ko‘rinib turadi. «Развернуть» piktogrammasi ustida sichqoncha bir marta bosilgandan keyin eski piktogramma o‘rnida yangi, ikkita ustma-ust joylashgan kvadrat shaklidagi piktogramma paydo bo‘ladi. Hosil bo‘lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa, oyna oldingi holatiga qaytadi.
Uchinchisi — «Закрыть» (Yopish) piktogrammasi. U joriy ilova oynasini yopadi va bajarilayotgan ishning saqlab qolinmagan natijalarini saqlaydi. Word dasturini yopish uchun ko‘rib chiqilgan birinchi qator boshida joylashgan ilovaning sistema menyusi tugmachasini ikki marta bosish ham mumkin.
2) Oynadagi keyingi qator — menyular qatori (3):
Unda ko‘rsatilgan menyu turlarining birortasi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmachasi bosilsa, ijro etilishi mumkin bo‘lgan amaliy buyruqlar ro‘yxati chiqadi. Tanlab olingan amaliy buyruq ijro etilishi uchun uning ustida siqonchani bir marta bosish zarur.
Barcha menyu turlariga qarashli amaliy buyruqlarning tez-tez ishlatiladiganlari oson tanlanadigan piktogrammalar bilan belgilanib maxsus standart:
hamda bichimlash:
uskunalar panellariga joylashtirilgan.
Oynaning chetlarida vertikal va gorizontal harakatlantirish tasmalarini ko‘rish mumkin (4). Bu tasmalar hujjatning ekranga kirmagan qismini ko‘rish imkonini beradi.
Gorizontal tasmada joylashgan chap tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning ko‘rsatkichi bosilsa, hujjatning chap tomoni, o‘ng tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning ko‘rsatkichi bosilsa — hujjatning o‘ng tomoni ko‘rsatiladi.
Vertikal tasmadagi tepaga va pastga qaragan uchburchaklar matnning yo‘nalishlariga mos qismni ko‘rsatib berishadi.
Tasmada joylashgan
tugmachalarning ikki chetdagisi mos ravishda Oldingi sahifaga o‘tish va Keyingi sahifaga o‘tish amallarini bajaradi. Klaviaturada bu amalni Page Up va Page Down tugmachalari bajaradi. O‘rtada joylashgan tugmacha bosilsa, ekranda quyidagi jadval namoyon bo‘ladi -
Bu jadvalning har bir katakchasi ma’lum bir buyruq piktogrammasidir. Mazkur tugmacha shu buyruqlarga tez o‘tish uchun ishlatiladi.
3) Oynaning quyi qismida holat qatori (5) joylashgan bo‘lib,unda hujjat nechta saqifadan iboratligi, ekranda hujjatning nechinchi sahifasi aks ettirilganligi, kursor nechinchi qator, nechinchi o‘rinda turganligi haqidagi va boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.
Word oynasi ichida hujjat oynasi joylashgan. Uning ham eng yuqorisida hujjat nomi aks etgan qator mavjud, burchakda esa sizga tanish bo‘lgan piktogrammalar joylashgan.
Bu oynada gorizontal va vertikal chizg‘ichlar mavjud. Chizg‘ichning oq qismi qog‘ozdagi matn joylanishi sohasidir. Pastki ikkita «зажим» («qisqich») yordamida bu soha chegaralari o‘zgartiriladi. Yuqoridagi «зажим» esa xat boshi joyini ko‘rsatadi. Uning joylanishini ham o‘zgartirish mumkin.
Gorizontal tasmalar qatori boshida to‘rtta piktogramma joylashgan. Ular hujjat ko‘rinishining bir holatidan ikkinchisiga tez o‘tish piktogrammalaridir.
Dostları ilə paylaş: |