Dasturlar boshqaruvchisi darchasi
- Darchasida darcha va piktogramma shaklidagi dastur guruhlari joylashadi.
- Piktogrammaning izohiga qarab, keraklisini tezda aniqlashingiz mumkin.
- Dasturlar vazifasiga binaon, guruhlarga birlashtirilgan.
- Darchani qulaylik uchun piktogrammaga aylantirib, dastur guruhlari darchalari tashqarisida joylash mumkin.
Dasturlarni ishga tushirish.
- Piktogrammani ishga tushirish uchun bunda sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi.
- Piktogrammani joyini darchada o‘zgartirish uchun sichqonchadan foydalaniladi. Buning sichqoncha tugmasini piktogrammada bosgan holda kerakli joyga ko‘chirib, sichqoncha qo‘yib yuboriladi.
- Piktogrammani boshqa darchaga ko‘chirish uchun ikkala darcha ochiq bo‘lishi shart. Piktogrammani yangi joyga sichqoncha yordamida ko‘chiriladi. Nusxasi ko‘chirilganda (Ctrl) tugmachasi ham bosiladi.
Yangi piktogrammani tashkil etish.
Yangi piktogrammani tashkil etish uchun PB dagi “Файл” menyusida Новый punkti tanlanadi. Natijada ekranda savol hosil bo‘ladi.
PROGRAM ITEM satri tanlanib, [OK] kiritiladi. Keyin dastur quyida keltirilgan tartibda xususiyatlari aniqlanadi.
Dastur hususiyatlarini aniqlash.
Dastur xususiyatlarini aniqlash uchun unga mos piktogramma sichqoncha tugmasini bosing va [Alt] - [Enter] kiriting. Natijada ekranda ma’lum xususiyatlar ro‘yxati hosil bo‘ladi.
Description - piktogramma ostki yozuvi;
Command Line - bajarilishi zarur bo‘lgan programm faylning nomi va bajarish paramertlari ko‘rsatiladi.
Working Direktory- dastur bajarilishidan avval joriy bo‘ladigan katalog.
Shortcut Keys -dastur tezroq bajarilishini ta’minlaydigan tugmachalar majmui. Bunda quyidagilardan foydalanish mumki; [Ctrl] - [Alt], [Ctrl] - [Shift], [Ait] - [Shift], [Ctrl] - [Alt] - [Shift].
Change Icon - dasturga mos piktogramma shaklini o‘zgartirish mumkin;
Run Minimized -dastur piktogramma shaklida bajariladi.
Kerakli xususiyatlarni o‘rnatish uchun ularni tanlab [OK]ni kiriting.
Dostları ilə paylaş: |