3. Katalog va fayllar bilan ishlash.
Windowsning kamchiliklaridan biri uning kataloglar daraxtini to‘liq ko‘rsatmasligidir. Bunig sababi uning ma’lumotni NORTON COMMANDER dagidek faylda saqlamasligidadir. U ma’lumotni diskni o‘qish yo‘li bilan beradi.
Agar FB (yoki Проводник) dagi Tree da Indicate Expandable Branches rejimini tanlasangiz, kataloglar haqida ma’lumot olasiz.
Katalog daraxtini ekranga chiqarish uchun kerakli katalog nomida sichqoncha tugmasi bosiladi. Varaqlash uchun aylantirish chizig‘idan foydalaniladi.
Katalogni tez topish uchun katalik nomi birinchi harfi kiritiladi. Harfni qayta bossangiz, shu shu harf bilan boshlanuvchi barcha kataloglar ro‘yxati xosil bo‘ladi.
Katalogni ochish uchun, katalog nomida sichqoncha tugmasi bosiladi. Takroriy amal katalogni bekitadi.
Katalog tashkil etish
Katalog tashkil etish tartibi quyidagicha.
Yangi katalog tashkil etmoqchi bo‘lgan katalogga kiring.
Total Commander menyusida komandasini tanlang natijada ekranda muloqat darchasi xosil bo‘ladi.
Savolga javoban katalog nomini klaviaturadan terib OK ni tanlang.
Katalog tashkil etilgandan keyin unga MOVE yoki COPY komandalar yordamida fayl va kataloglarni ko‘chirishingiz mumkin.
Kataloglarni nusxasini ko‘chirib o‘tish qayta nomlash va o‘chirish
Kataloglarni nusxasini ko‘chirish, qayta nomlash, ko‘chirib o‘tish va o‘chirish fayllar uchun bajarilgan tartibda bajariladi.
Fayllar nusxasini ko‘chirib o‘tish
Fayl yoki fayllar guruhi nusxasini ko‘chirish quyidagicha bajariladi;
[Ctrl] ni bosgan holda nusxasi ko‘chirilayotgan faylda ischqoncha chap tugmasini bosing va sichqoncha belgisini ko‘chirish joyiga keltirib, sichqoncha tugmasi va [Ctrl] ni qo‘yib yuboring.
Faylni ko‘chirayotganingizda sichqoncha belgisiga [+] belgisi qo‘shiladi. Agar bir necha fayl ko‘chirilayotgan bo‘lsa, [+] belgisi hosil bo‘ladi. Bu amalning to‘g‘ri bajarilayotganini tasdiqlaydi. “+” belgisi nusxa ko‘chirilayotganini anglatadi. Nusxa ko‘chirilayotganda ekranda quyidagi savol hosil bo‘ladi.
Are you sure you want to copy the selected files or directories to С -/ UTILS/ NC?
[YES] [NO]
Agar fayl ko‘chirilayotgan katalog nomi to‘g‘ri bo‘lsa, “Yes” ni tanlang.
Amalni bekor qilish uchun “No” yoki [Esc] ni bosing.
Fayl nusxasini FB (yoki Проводник)ning COPY komandasi yordamida ko‘chirishingiz mumkin.
Bunda ekranda Xosil bo‘lgan savolning “TO” maydonida fayl nusxasi ko‘chiriladigan katalog nomi ko‘rsatiladi va OK tanlanadi.
Agar katalogda nusxasi ko‘chirilayotgan fayl nomi bo‘lsa, bu haqida Sizni FB (yoki Проводник) ogohlantiradi.
Dostları ilə paylaş: |