Portlar parametrlarini o‘rnatish
COM1 - COM4 portning parametrlarini o‘rnatish uchun Ports piktogrammasini chaqirish zarur. Quyidagi parametrlarini o‘zgartirishingiz mumkin.
baut rate - ma’lumotlarni uzatish tezligi;
data bits - berilganlarning bit soni;
stop bits - to‘xtash bit soni;
parity - toqlik rejimi;
Flow Control - kelishish rejimi.
Disketalar bilan ishlash.
FB (yoki Проводник) ning DISK menyusi yordamida disketa ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin.
Disketani nusxasini olish uchun disketani diskka o‘natib COPY DISK komandasi tanlanadi. Ekranda xosil bo‘lgan savolga javoban ko‘chirish manzili ko‘rsatiladi.
Disketani formatlash uchun FORMAT DISK menyusidan foydalaniladi. Savolga javoban disk nomi, disketa hajmi, zarur bo‘lsa belgi va formatlash rejimi kiritiladi.
MAKE SYSTEM DISK komandasi tizimli disketani xosil qiladi.
Label Disk joriy disk belgisini o‘rnatadi. Belgi 11tagacha simvolga ega bo‘lishi mumkin.
Boshqa diskka o‘tish
Boshqa diskga o‘tish uchun panelning yuqori qismida kerakli disk piktogrammasida sichqoncha tugmasi bosiladi. Agarda [Shift]ni ham bossangiz panelda diskdagi kataloglarning to‘liq daraxti xosil bo‘ladi.
Daraxtni to‘liq ko‘rish uchun [*] tugmachasi bosiladi.
Tub katalogga qaytish uchun [HOME] - [*] bosiladi.
2. Fayllar dispetcheri (yoki Проводник), uni ishga tushirish.
FILE Manager fayllar bilan ishlaydi. U fayllarni va kataloglarni nusxasini ko‘chirish, o‘chirish, qayta nomlash, disk ro‘yxatini ekranga chiqarish kabi imkoniyatlarga ega.
Disketalarni formatlash nusxasini ko‘chirish bilan birga grafikli interfeysga ham egadir.
Fayllar boshqaruvchisini ishga tushirish va undan chiqish
FB (yoki Проводник)ga kirish uchun PB dagi FB (yoki Проводник) ning piktogrammasida sichqoncha tugmachasi ikki marta bosiladi. Odatda uning piktogrammasi PB darchasining MAIN guruhida joylashadi.
FB (yoki Проводник) dan chiqish uchun darcha sarlovxasidan chapdagi tugmachasi 2 marta bosiladi.
Yordamchi ko‘rsatma olish uchun HELP punkitini tanlashingiz yoki [F1] tugmachasini bosishingiz zarur.
Dostları ilə paylaş: |