Fayllar boshqaruvchising darchasi
Darchaning yuqori qismida sarlovxa satri, keyingi satrda menyu satri joylashadi.
Darchaning ichki qismida bir yoki bir nechta panel bo‘lishi mumkin. Bu panellarda diskdagi kataloglar daraxti, faylar haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Darchaning pastki qismida xolat satrida chapdan - ajratilgan fayllar yoki diskdagi bo‘sh joy haqidagi ma’lumot, o‘ngdan - joriy katalog, fayllar, ularning xajmi haqidagi ma’lumotlar beriladi.
Fayllar boshqaruvchisining panellari
FB (yoki Проводник) panellari disk va katalog haqidagi ma’lumotlarga ega. Panellarni darchalar kabi joyini almashtirish yoki o‘lchamini o‘zgartirish mumkin.
Panellarning yuqori qismida sarlovha, disk piktogrammalari satri joylashadi. Sichqoncha tugmachasi piktogrammada bosilishi joriy diskning ro‘yxatini panelga chiqaradi.
Panel ikki qismga bo‘linadi. Chapda joriy diskning kataloglar daraxti tasvirlandi. O‘ngda joriy katalog fayllar ro‘yxati tasvirlanadi.
Windows bir paytning o‘zida zarur bir nechta panelni ochish imkoniyatiga ega.
Panelda diskning ro‘yxatini ochish uchun sichqoncha tugmachasini paneldagi diskning piktogrammasida ikki marta bosish kerak.
Panelni yopish uchun tizimli menyu belgisida sichqoncha tugmachasi ikki marta bosing yoki [Ctrl] - [F4] ni kiriting.
Boshqa panelga o‘tish uchun shu panelnig ixtiyoriy joyida sichqoncha tugmachasini yoki [Ctrl] - [F6] ni ekranda kerakli panel xosil bo‘lguncha bosing.
Panelni bo‘luvchi chiziqni ham surish mumkin. Buning uchun sichqoncha belgisini chegarada joylashtirib, sichqonchaning past tugmachasini bosgan xolda chiziqni kerakli joyga o‘tkazing.
Fayllarni ajratish.
NORTON COMMANDER kabi FB (yoki Проводник) ham paneldagi fayllar va kataloglarni nusxasini ko‘chirish, joyini o‘zragtirish,o‘chirish imkoniyatiga ega.
Buning uchun avval ularni ajratish zarur.
Bitta faylni ajratish uchun fayl belgisida sichqoncha tugmasi bir marta bosiladi. Klaviaturadagi yo‘nalish tugmachalaridan foydalanish ham mumkin.
Bir necha faylni ashratish quyidagicha bajariladi.
Avval birinchi faylni belgilab, keyin [Ctrl] ni bosgan holda ketma-ket qolgan fayllarda sichqoncha tugmasini bosing.
Ketma-ket joylashgan fayllar guruhini belgilash uchun avval guruhning birinchi faylini belgilab, keyin [Shift] ni bosgan holda guruhning oxirgi faylini belgilang.
Ajratilgan fayllarga panelda ketma-ket joylashgan fayllar guruhini qo‘shish uchun [Ctrl] ni bosgan holda guruhning birinchi faylida sichqoncha tugmasi bosiladi. Keyin [Shift] ham bosilib, oxirgi fayl belgilanadi.
Katalogning barcha fayllarini belgilash uchun [Ctrl] - [/] tugmachalari bosiladi.
Ajratishni bekor Qilish uchun [Ctrl] ni bosgan xolda, sichqoncha tugmasi fayl nomida bosiladi.
Fayllar guruhi belgilanishini bekor qilish uchun fayllar ro‘yxati boshidagi belgida sichqoncha tugmasi bosiladi.
Dostları ilə paylaş: |