165
15-bob
LOGISTIKA TAMOYILLARI ASOSIDA TOVAR O‘TKAZISH
SAVDO TIZIMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
15.1. Tovar harakatlarini tashkillashtirishning logistik yondoshuvi
Logistika tamoyillari asosida savdoni takomillashtirishning maqsadi – bu
yuqori samarali tovar o‘tkazish
tizimlarini barpo etish, ya’ni kerakli tovarning
mavjudligini, kerakli joyda kerakli vaqtda, zarur miqdorda, kam chiqimlar va qulay
narxlar bilan ta’minlash imkoniyatlarini ta’minlaydigan tizimni yaratishdir. Bu
tizimlar tashqi muhitning o‘zgarishiga ko‘nikish hosil qilishlari zarurdir.
Ishlab chiqarish korxonasi, ulgurji savdo ombori, do‘konlar va ilarni
bog‘lovchi transport bo‘g‘inlari birgalikdagi harakatlari bilan bu ishtirokchilar
tovarlarni ishlab chiqarishdan boshlab ohirgi iste’molchiga ko‘taradilar.
90 yillarning boshlarida vujudga kelgan o‘zgarishlar
savdo sohasida
tarqoqlik jarayonlarini vujudga keltirdi. Natijada hozirgi davrda mamlakatda
tovarlar harakatini vujudga keltirishning undagi ishtirokchilar harakatlarini
muvofiqlashtirish juda sust darajada bormoqda.
Davlatning asosiy boshqaruvchi sifatidagi o‘rni hali yetarli emas. Bu zanjir
bo‘yicha zaxiralarni taqsimlash tasodifiy xususiyatga ega va qulay maqsadlarga
ega emas. Ulgurji omborlarda, transportga va do‘konlarda azaldan jarayonlar
qo‘llanilgan
bo‘lib,
yuklar
va
axborotlarni
ishlash
bo‘yicha o‘zaro
muvofiqlashmagan. Ishtirokchilar tomonidan qo‘llanilib
kelinayotgan uskunalar
asosiy xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlari bo‘yicha bog‘lanmagan.
Transportda tashish ishlari ayrim tashkiliy sabablarga ko‘ra juda yuqoridir.
Do‘konlarda hamma vaqt ham transportlarning o‘z vaqtida yuk tushirish joylariga
yaqin kelishlari tezda tushirish va tovarlarni qabul qilish imkoniyatlari bavjud
emas. Ulgurji va chakana savdo jarayonlari, hamda transport ishlari
rejalashtirishning yagona tizimi bilan muvofiqlashmagan. Logistikaning asosiy
vazifasi bunday holatlarda birinchi navbatda texnika-texnologiya,
iqtisodiy va
uslubiy jihatdan ishtirokchilar tomonidan tovar harakatlarini muvofiqlashtirishdan
iboratdir.
Logistika usullarini qo‘llashdagi asosiy shart-sharoitlardan bo‘lib, tovar
harakatini tashkillashtirishda tovar harakatidagi ishtirokchilarning tashkiliy-
iqtisodiy birligi hisoblanadi. Ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo, hamda
transport o‘zlarining harakatlarini birgalikda rejalashtirib muvofiqlashtiradilar.
Tarixan vujudga kelgan texnologiya jarayonlariga aniqliklar kiritiladi, hamda
bevosita uzluksiz ravishda moddiy vositalar oqimini qulay tashkillashtirish asosida
ishlab chiqiladi. Ishtirokchilar tomonidan qo‘llaniladigan
texnologiyalarning
ko‘rsatkichlari yuzasidan kelishi olinadi, transport qilishning tartibi kelishiladi,
166
zaxiralar qayta taqsimlanadi, qo‘chimcha olinadigan daromadni taqsimlash tartibi
aniqlanadi.
Boshqacha
qilib
aytganda
moddiy
oqimni
bevosita
uzluksiz
boshqarishning yagona vazifasi ajtariladi va ular bilan bog‘liq axborotlar hamda
moliyaviy oqimlar bog‘lanadi.
Natijada tovar o‘tkazuvchi zanjirning ayrim bog‘inlari raqobatbardosh
tizimiga
birlashadi, hamda bevosita uzluksiz moddiy vositalar oqimini samarali
boshqarish ta’minlanadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz tadbirkorlari yetarli ravishda aniq tovar
harakatidagi ishtirokchilarning birlashuvi zarurligini chuqur his etmoqdalar.
Bunday yo‘nalishdagi harakatlarning misollariga ayrim mamlakatlarda barpo
etilayotgan vertikal taqsimot savdo markazlarini TSM kiritish mumkin bo‘lib, ular
tovarlar haqidagi axborotlarni va mintaqalardagi talablarni to‘playdilar.
Kontragentlarni ma’lumotlar bilan ta’minlash, TSM supermarketlarga ko‘p
ro‘yxatli tovarlarni yetkazib beruvchilarni izlab topish zaruratlaridan xalos etadi.
Tovar yetkazib beruvchilar esa o‘zlarining sotish yuzasidan muammolarini hal
etadilar.
Bunday holatda talabnomalar berish soddalashadi, hujjat aylanishlari keskin
kamayadi, zaxiralarning aylanishi tezlashadi. TSM ning rivojlanishi natijasida
firmali transport xizmati barpo etiladi.
Axborot, savdo, transport va ishlab chiqarish
jarayonlarining birlashish
bo‘yicha muqimligiga qaramasdan ligistikani tovar harakatlarini boshqarishning
avtomatlashtirilishi bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Axborot tizimlari logistik tizimning
bir qismi bo‘lib, axborot bilan birgalikda, texnika, texnologiya, rejalashtirish va
tovar harakatidagi ishtirokchilarning iqtisodiyotini ham bog‘laydi.
Tovar bo‘yicha uzluksiz bevosita ishlar texnologiyasi, axborot,
bir-biriga
bog‘langan texnologiya, muvofiqlashtirilgan rejalashtirish, bularning hammasi
tovarni iste’molchiga kam harajatlar bilan, ularni aylanish va zararlarga yo‘l
qo‘ymasdan, o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi.
Masalan, hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, agar tovar bilan ta’minlashda
an’anaviy yashiklar o‘rniga idish uskunalari qo‘llanilsa, u holda ulgurgi-chakana
savdo bo‘g‘inlarida 1 tonna o‘rab-bog‘langan tovarning mehnat harajatlari 6
tonna jarayonidan 1,75 ga tushadi.
Shuningdek transportning bekor turib qolishi keskin kamayadi. Biroq shuni
aytish kerakki, aytilgan texnologiyani turg‘un ravishda qo‘llash uchun,
logistik
ravishda tashkillashtirilgan tovar harakati lozim bo‘ladi. Virtual tovar savdo
markazlarining kuchu bilan esa, bu narsani hal etib bo‘lmaydi.
Tayyor mahsulotlarni tayyorlovchilardan ohirgi iste’molchiga qadar
yetkazishni
birlashtirish
jarayonlarining
texnika-texnologik
tomonlarining
masalalari mamlakatimiz tadbirkorlarining nazaridan hozircha uzoqroqda
qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: