178
ularning oldiga qo‘yilayotgan talablarni hisobga olmasdan xususiy qarorlarni
qabul qilish yyetarli bo‘lmasligi va hatto xato bo‘lishi mumkin. Tizimli
yondoshish qat’iy metodologik konsepsiya ko‘rinishida bo‘lmaydi. U idrok etish
konsepsiyalarining o‘ziga xos tamiyillarining yig‘indisi bo‘lib, unga rioya qilish
belgilangan tartibda aniq tadqiqotlarni ko‘zlashga imkon beradi. Logistik tizimlarni
shakllantirishda tizimli yondoshishlarning quyidagi tamoyillarini hisobga olish
kerak:
tizimni yaratish bosqichlari bo‘yicha izchil harakatlanish tamoyili. Bu
tamoyilga rioya qilish shuni bildiradiki, tizim avval makro darajada, ya’ni
atrof muhit bilan o‘zaro munosabatlarda, keyin esa mikro darajada, ya’ni
o‘z tuzilishining ichida tadqiqot qilishi kerak;
loyihalashtirilayotgan tizimlarning axborotli ishonchlilik, resursli va boshqa
ta’riflarini moslashtirish;
alohida tizimchalar maqsadlari va butun tizim maqsadlari o‘rtasida ihtilof
yo‘qligi tamoyili.
Tizimli yondoshishning mohiyati uni tizimlarni shakllantirishga klassik
induksiv yondoshish bilan taqqoslashda namoyon bo‘ladi. Klassik yondoshish
xususiydan umumiy (induksiya) ga o‘tishni bildiradi. Ushbu jarayonga klassik
yondoshishda tizimni shakllantirish uni alohida ishlab chiqilgan tarkibiy qismlarini
birlashtirish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Birinchi bosqichda alohida tizimlarni faoliyat
yuritishining maqsadlari aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda, alohida tizimchalarni
shakllantirish uchun zarur bo‘lgan axborotlar tahlil qilinadi. Uchinchi bosqichda
birgalikda tizimning ish qobiliyatini tashkil qiluvchi tizimchalar shakllantiriladi.
Tizimli yondoshish klassikdan farqli ravishda umumiydan xususiyga izchil
o‘tishni ko‘zda tutadi, bunda ko‘rib chiqishning asosida tizim yaratilayotgan
yakuniy maqsad yotadi. Tizimli yondoshishda tizimni shakllantirishning izchilligi
ham o‘z ichiga bir necha bosqichlarni oladi:
Dostları ilə paylaş: