2. C++ dasturlash tili haqida; Konsol oynada natija beruvchi oddiy C++ dastur yozish



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix24.12.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#77743
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-maruza



1-ma’ruza 
Mavzu: Kirish. Kompyuterlar, dastur va C++ tili bo`yicha boshlang`ich 
ma’lumotlar 
Reja: 
1. Kirish. Kompyuterning apparat - dasturiy ta’minoti va operatsion 
tizimlar; 
2. C++ dasturlash tili haqida; 
3. Konsol oynada natija beruvchi oddiy C++ dastur yozish; 
4. C++ dasturini ishlab chiqish bosqichlari; 
5. Dasturlashdagi xatoliklar tavsifi. 
 
Kalit so`zlar: 
assembler tili 
bayt 
bit 
blok 
blok izoh 
bog`lovchi 
dastur 
dastur kodi 
dasturiy ta’minot 
dasturlash 
IDE 
interpretator 
kompilyatsiya xatoligi 
konsol 
kutubxona 
mantiqiy xatolik 
markaziy protsessor 
bloki 
mashina tili 
namespace 
ob’yekt fayl 
operatsion tizim 
paragraf izoh 
preprotsessor 
runtime xatoligi 
saqlovchi qurilma 
satrli izoh 
shina 
sintaksis xatolik 
tizimli plata 
xotira 
yuqori darajali 
dasturlash tili 
 
Key Point. Mazkur mavzuning asosiy mazmunini dastur kodining ishlab 
chiqish bosqichlari va dasturlash orqali masalalarni yechish tamoyillari tashkil 
etadi. 
1.1. Dastur va dasturlash. Dasturlash – bu biror dasturiy ta’minot uchun 
dastur kodini yozishdir. Dasturiy ta’minot esa, kompyuter yoki boshqa mantiqiy 
hisoblash qurilmalariga ishlash prinsipini ta’minlovchi yo`riqnomalar majmuidir. 
Dasturiy ta’minot atrofimizda biz ko`p ham e’tibor qilmaydigan ko`plab 
qurilmalar faoliyatini yuritib boradi. Biz dasturiy ta’minotni shaxsiy kompyuterda 
yaratishimiz va ishlatib ko`rishimiz yoki operatsion tizim tarkibidagi dasturlar 
majmui butun boshli kompyuter faoliyatini nazorat qilib borishini bilamiz. Bundan 
tashqari dasturiy ta’minotning samolyotlar parvozlarida, mashina harakatlanishida, 
mobil telefonlardan foydalanish va shu kabi boshqa sohalarda ham keng 
qo`llanilishini inobatga oladigan bo`lsak, dasturiy ta’minot bugungi va ertangi 
kunimizning ajralmas bir bo`lagiga aylanib borayotganligining guvohi bo`lamiz. 


Shaxsiy kompyuterda biz matn yozish uchun matn protsessorlaridan, internetdan 
foydalanish uchun brouzerlardan va xabar yuborish uchun elektron pochta 
dasturlaridan foydalanamiz. Dasturchilar dasturlash tillari deb nomlanuvchi kuchli 
instrumental-dasturiy muhit yordamida dasturiy ta’minotlar ishlab chiqishadi. 
Dasturlash fanida dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishni o`qitish “C++” 
dasturlash tili asosida olib boriladi. Bugungi kunda dasturlash tillarining turlari 
salmoqli. Bu tillarning ishlab chiqilishi ham turli sohalar va turli ob’yektlar uchun 
mo`1jallangan. Ya’ni, dasturlash tillari ichida “eng yaxshi” dasturlash tili deb biror 
bir dasturlash tilini ko`rsatib bo`lmaydi. Agar dasturlash bitta tilda, to`liq 
o`rganilsa, boshqa dasturlash tillarini o`rganish uchun yo`l ochiladi. Chunki 
masalalarni dasturlash orqali yechish uslublari barcha dasturlash tillarida bir xildir. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin