2. C++ dasturlash tili haqida; Konsol oynada natija beruvchi oddiy C++ dastur yozish



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix24.12.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#77743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-maruza

#include
 
using namespace
std; 
int
main() 

//Display Welcome to C++! To the console
cout<< 
“Welcome to C++!”
<return
0


Welcome to C++! 
Satr nomerlari dastur qismi hisoblanmaydi, balki mos yozuvlar uchun 
ko’rsatiladi. Shu sababli, dasturingizda satr nomerlarini kiritmang. 
Dasturdagi birinchi satr 
#include
 
konsolli kiritish va chiqarishni qo’llab-quvvatlash uchun kerak bo’ladigan, 
iostream
kutubxonasini bu dasturga qo’shishni kompilyatorga xabar qiladigan
kompilyatorning preprotsessor direktivasidir. C++ kutubxonasi C++ dasturlarini 
ishlab chiqarish uchun oldingan aniqlangan kodlardan tashkil topgan. 
iostream
ga o’xshash, kutubxona, C++ da sarlavha fayl deb nomlanadi, shu sababli ular 
odatda dasturlarning boshida qo’shiladi. 
Ikkinchi stardagi 
using namespace
std; 
yozuvi kompilyator standart nomlar fazosidan foydalanishni ko’rsatadi. 
std
– 
standart so’zining qisqartmasidir. Nomlar fazosi – bu katta dasturlarda nomlar 
to’qnashuvlari bilan kurashish mexanizmidir. 7-satrdagi 
cout
va 
endl
ismlar 
standart nomlar fazosidagi 
iostream
kutubxonasida aniqlangan. Kompilyator bu 
ismlarni topishi uchun 2-satrdagi operatorni ishlatishi kerak. Nomlar fazosi 
dasturlashni kengaytirish hisoblanadi va keyinchalik keng qaraladi. Hozircha 
dasturingizda ixtiyoriy kiritish-chiqarish amallarini bajarishingiz uchun dasturga 2-
satrni yozishingiz kerak. 
C++ dagi har bir dastur 
main
funksiyasidan bajariladi. Funksiya 
ko’rsatmalardan iborat tuzilmani o’zida tavsiflaydi. 4-10 satrlarda aniqlangan 


asosiy funksiya ikkita ko’rsatmadan tashkil topgan. Ular chap figurali qavs, 
{
, (5-
satr) bilan boshlanadigan va o’ng figurali qavs
}
, (10-satr) bilan tugaydigan 
blokga olinadi. C++ dagi har bir ko’rsatma terminator ko’rsatmasi sifatida ma’lum 
bo’lgan nuqta-vergul (
;
) bilan yakunlanishi kerak. 
7-satrdagi ko’rsatma konsolga xabar jo’natishni tavsiflaydi. 
cout
(see-out 
kabi talaffuz qilinadi) konsol chiqarishni anglatadi. Oqimga qo’shish deb 
nomlanuvchi operator, 
<<
operatori konsolga satrni jo’natadi. Satrlar qo’sh 
tirnoqqa olinishi kerak. 7-qatordagi ko’rsatma birinchi navbatda konsolga 
“Welcome to C++!”
satrini chiqaradi, keyin 
endl
ni chiqaradi. E’tibor 
beringki, 
endl
satr tugashini bildiradi (end line). 
endl
jo’natmasi konsolda satrni 
tugatadi va chiqarishni tezlikda tavsiflashga imkon beradigan chiqarish buferini 
tozalaydi. 
return
0

ko’rsatmasi (9-satrdagi) dasturdan chiqish uchun har bir asosiy funksiyaning 
oxiriga qo’yiladi. 
0
qiymati dastur muvaffaqiyatli chiqish bilan tugatilganligini 
bildiradi. Agar bu ko’rsatma tashlab yuborilsa ba’zi kompilyatirlar yaxshi ishlaydi; 
lekin, boshqa kompilyatorlar ishlamaydi. Amaliyotdan ko’rish mumkinki, 
dasturingiz barcha C++ kompilyatorlarida yaxshi ishlashi uchun xar doim ham bu 
ko’rsatmani xamisha qo’shish kerak. 
6-satr – bu dastur nima va u qanday tuzilganligini hujjatlashtiruvchi izohdir. 
Izohlar dasturchilarga muloqot qilishga va dasturni tushunishlariga yordam beradi. 
Ular dastur operatorlari hisoblanmaydi va shuning uchun kompilyator tomonidan 
qaralmaydi. C++ da izohlar, bir satrli deb nomlanuvchi, ikkita slesh bilan (
//

boshlanadigan bir satrli izoh yoki blokli izoh yoki ko’p satrli izoh deb 
nomlanuvchi, 
/*
va 
*/
larga olingan ko’p satrli izohlarga bo’linadi. Kompilyator 
// ni ko’rganda, u shu satrdagi 
//
dan keyingi barcha matnni tashlab yuboradi. 
/*
ni ko’rganda esa, kompilyator 
*/
belgigacha qarab chiqadi va 
/*
va 
*/
lar 
orasidagi ixtiyoriy matnni tashlab ketadi. 
Quyida ikki turdagi izohlarga misol keltirilgan: 
//This application program prints Welcome to C++! 
/*This application program prints Welcome to C++!*/ 
/*This application program
prints Welcome to C++!*/ 
Kalit so’zlar yoki ajratilgan so’zlar kompilyator uchun aniq ma’noga ega va 
dasturda boshqa maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas. Ushbu dasturda 
to’rtta kalit so’zlar bor: 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin