Preprotsessor. Boshlang`ich jarayonni amalga oshiruvchi – bu kompilyatorga
yuborilishdan oldingi manbaa faylini qayta ishlovchi dastur. U direktivalarni ishga
tushiradi. Direktivalar esa “#” - belgisi orqali ishga tushiriladi. Misol uchun, 1.1-
ro`yxatning birinchi satrida joylashgan “#include” direktivasi kompilyatorni
kutubxonani yuklab olishga chaqiradi. Preprotsessor dastur kodi va kompilyator
o`rtasidagi oraliq faylni hosil qiladi.
Ob’yekt fayl. Kompilyator ishlab chiqilgan oraliq faylni mashina kodidan
iborat faylga o`giradi. O`z navbatida mashina kodi fayli ob’yekt fayl deb ataladi.
Chigalliklarning oldini olish maqsadida C++ ob’yektlari bilan ushbu ibora matnda
qo`llanilmaydi.
Bog`lovchi. Bog`lovchi bajariluvchi fayl oynasiga mashina kodi fayli bilan
mos kutuxona faylini bog`lab beradi. Windows operatsion tizimida mashina kodi
fayli xotira diskiga “.obj”kengaytmasi bilan, bajariluvchi fayl esa, “.exe” kengaytmasi bilan yoziladi. Unix operatsion tizimida esa, mashina kodi fayli xotira
diskiga “.o”kengaytmasi bilan yozilsa, bajariluvchi fayl fayl kengaytmasiga ega
bo`lmaydi.
“.cpp” manbaa fayli. C++ manbaa fayli mos ravishda “.cpp” - kengaytmasiga
ega. Ba’zi kompilyatorlar boshqacha fayl kengaytmalari (.c, .cp)ni qabul qilishi
mumkin, ammo dasturlashda C++ kompilyatorlari uchun .cpp kengaytmasi
ko`rinishda kiritish kerak.
4.1-rasm. C++ dasturini ishlab chiqish bosqichlari Dastur kodini yozish/tahrirlash Dastur kodi Preprotsessor Tahrirlangan manbaa kodi Kompilyator Mashina kodi Bog‘lovchi Bajariluvchi kod