2. C++ dasturlash tili haqida; Konsol oynada natija beruvchi oddiy C++ dastur yozish



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix24.12.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#77743
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-maruza

5.2. Bajarilishdagi xatoliklar. Bajarilishdagi xatolik dastur dasturlash va 
hisoblash qoidalariga nomutanosib ravishda tuzilganda sodir bo`ladi. Bunda, 
masala bajarilishi uchun kiritilgan qiymatlar turi natijaviy qiymat turiga mos 
kelmay qoladi va odatda, dasturning natijani chiqarish vaqtida bajarilish 
(Runtime)dagi xatolik yuz beradi. 
Quyidagi dastur orqali Runtime xatoligiga misol keltirish mumkin: 
1 #include  
2 using namespace std

4 int main() 
5 { 
6 int i = 4; 
7 int j = 0; 
8 cout << i / j << endl; 

10 return 0; 
11 }
Bu yerda “i” va “j” – butun turga mansub o`zgaruvchilar. Ularning 
qiymatlari mos ravishda 4 va 0. 8-satrda i ning j ga nisbatini ekranga chiqarish 
buyrug`i berilgan. Ularning nisbati nolga tengligini bilamiz, biroq, dasturlashda 
bo`lish amallari qiymatini chiqarish uchun haqiqiy turga mansub o`zgaruvchi 
tanlab olinishi kerak. 
5.3. Mantiqiy xatoliklar. Dasturda mantiqiyxatoliklar kutilgan natija 
olinmaganda sodir bo`ladi. Bu holat turli sabablarga ko`ra yuzaga keladi. Misol 
tariqasida quyidagi dasturni ko`ribchiqamiz: 
1 #include  
2 using namespace std; 

4 int main() 
5 { 
6 cout << "Selsiy 35 darajasining Farangeytdagi ko`rsatkichi" << endl; 
7 cout << (9 / 5) * 35 + 32 << endl; 

9 return 0; 10 }
 
Natija: Selsiy 35 darajasining Farangeytdagi ko`rsatkichi 
67 


Dastur Selsiy 35 darajasi Farangeytning 67 darajasiga teng degan noto`g`ri 
natija berdi. Natija 95 bo`lishi kerak edi. C++da butun qiymatlar o`rtasida bo`lish 
amali bajarilganda natijaning butun qismigina uzatiladi: 9/5=1. To`g`ri natijani 
olish uchun esa 9.0/5 ko`rinishda kiritilishi lozim. 
Umuman olganda, sintaksis xatolikni aniqlash juda oson, chunki uni 
kompilyator ko`rsatib beradi. Runtime xatoligi ham u qadar murakkab emas, unda 
dastur strukturasi yoki qaysidir operatorning noto`g`ri kiritilganlini dastur kodini 
qaytadan ko`rib chiqish orqali aniqlash mumkin. Mantiqiy xatolikni aniqlash esa 
umuman boshqa masala. Bu turli vaziyatlarda sodirbo`lishi lozim. Mantiqiy 
xatolikni aniqlash uchun bajarilishi lozim bo`lgan masalaning nazariyasi va 
dasturlash tili qonuniyatlarining mutanosibligini ko`rib chiqish, fikrlash orqali 
aniqlash mumkin bo`ladi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin