4. C++ dasturini ishlab chiqish bosqichlari
Key point. C++ dasturini ishlab chiqish jarayoni dastur kodini yozish,
kompilyatsiya qilish, bog`lash va dasturni ishga tushirish bosqichlaridan iborat.
C++ dasturining kompilyatsiyasi va ishga tushirilishi. C++da yaratilgan
dastur kompilyatsiya qilinganidan so‘ng uni ishga tushirish mumkin. Ushbu
jarayon 1.11-rasmda ko‘rsatilganidek amalga oshiriladi. Agar dasturning
kompilyatsiya jarayonida xatoliklar yuz bersa dastur kodidagi xatolik yuz bergan
qismiga tuzatishlar kiritiladi va qaytadan kompilyatsiya qilinadi. Agar xatoliklar
dasturni ishga tushirish jarayonida sodir bo`lsa, yoki noto`g`ri natija chiqarsa, u
holda uni qaytadan tuzatish, kompilyatsiya qilish va ishga tushirish kerak bo`ladi.
C++ kompilyator komandasi uchta masalalar ketma-ketligini amalga oshiradi:
boshlang`ich jarayon (preprotsess), kompilyatsiya va bog`lash. Shundan kelib
chiqqan holda, C++ kompilyatori ham o`zaro farqlanuvchi uchta dasturiy
qismlardan
tashkil
topgan:
boshlang`ich
jarayonni
amalga
oshiruvchi
(preprotsessor), kompilyator va bog`lovchi. Tushunarli bo`lishi uchun uchala
dasturiy qismlar bitta qilinib “C++ kompilyatori” deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: