193
Shundan keyin ekspertlar tomonidan baholanayotgan vaziyatning mohiyati
bo‘yicha o‘z fikrlarini aks ettirish natijalarini ishlab chiqarish usulini belgilash
kerak. Bunday vaziyatlar uchun matematik statistikada qabul qilingan tasodifiy
miqdorlarni ishlab chiqarishning mlanhur usullaridan foydalaniladi. Statistik ishlab
chiqarish natijasida olingan baholar miqdorlarini farqlanishida qaror odatda “ovoz
berish” bilan qabul qilinadi. Ammo shuni esda tutish kerakki, ko‘pchilik hamma
vaqt ham haq emas. Shuning uchun bunday “ovoz berish” asosida olingan
xulosalar albatta sog‘lom fikrga mos kelishi kerak. Umuman vaziyatni
baholashning tavsiya qilinayotgan ekspert usullari “Delfi” usuli nomi ostidagi
ekspert baholari sifatiga kiradi. Bunday turdagi usullarning mohiyati har xil
sohalardan ekspert guruhiga taklif qilingan mutaxassislar fikrlarini ko‘p martalar
izchil ravishda anketa so‘rovini o‘tkazishdan ibortdir. Har bir anketada oldingi
anketada bo‘lgan axborotlar aks ettiriladi. Dars bo‘yicha bir necha kirishlar
bo‘lishi mumkin.
Logistikada ekspert usullari uchun ishlab chiqarilgan – sotish tizimining u
yoki bu tarkibiy qismlaridagi joriy vaziyatni baholashga qaraganda qo‘llashning
ancha kengroq maydonlari mavjud. Gap boshqaruv qarorlarini qabul qilishning
evristik strategiyalarini shakllantirish ekspert usullari, ya’ni bunday qarorlarni
ishlab chiqishning evristik qoidalari haqida ketayapti.
Boshqaruv qarorining qabul qiluvchi odam yoki shaxslari bu qarorni
qandaydir asoslangan mulohozalar asosida qabul qila olishlari uchun dastlabki va
bashorat qilinayotgan vaziyatni his etish va tahlil qilish mumin bo‘lgan ba’zi bir
ko‘rsatkichlar majmuasi asosida taqdim etish zarur (vaziyatni omilli tasavvur
etish).
Yutishning
ehtimoli,
yutushning
miqdori,
yutqazishning
ehtimoli,
yutqazishning miqdori, hamda xatarning kattaligini huddi shunday omillar deb
hisoblash qabul qilingan. Bu aytib o‘tilgan omillarni qanday baholash – bu
ekspert guruhlari uchun savol bo‘ladi.
Vaziyat omillari bilan turlicha ish olib borish mumkin. Suunga ko‘ra tashqi
va ichki evristik strategiyalar ajratiladi.
Ichki evristik strategiya har bir vaziyatni omillar intensivligi miqdorlarini
yagona bir yo‘l bilan tahlil qilish kabi ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ladi, ular bu
omillarni ushbu aniq vaziyatdan oladilar. Ichki evristik strategiya ikkita variantda
amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: