90
9-bob
LOGISTIKA AXBOROT TIZIMLARI
9.1. Axborotlar yordamida logistika tizimini
harakatga keltirish
Logistika tizimi asosida axborot - texnika bazasining tashkil etilishi,
boshqarishda zarur bo‘lgan strategik va taktik vazifalarni hal etishda axborotlarni
yig‘ish va ularni ajratib olish asosiy rol o‘ynaydi.
Axborotlarning xarakteri va
uning sifatli ajratilishi qabul qilinadigan qarorlarning natijasiga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Bu shu narsa bilan bog‘liqki, ajratib olingan axborotlar quyidagilarni o‘z
ichiga oladi, masalan: o‘rganilayotgan halqa yoki predmetning material yoki pul
oqimlari bilan boshqarilishinigina emas, balki o‘sha
raqib korxonaning kuchli va
bo‘sh tamoyillarini baholash hamda u yoki bu masala tamoyillarining echimi va
yo‘qotish tavakkalligini ham baholaydi. Shunday qilib,
gap faqat axborotlar
sonida emas, balki strategik va taktik qarorlarni ishlab chiqishda zarur bo‘lgan,
birinchi navbatda axborotlarning sifatida va ularni to‘g‘ri ajratib olishdadir.
Logistika tizimning tuzilishi amaliyotda shuni ko‘rsatadiki, axborotlarni
to‘g‘ri ajrata bilishda, ularni tahlil qilib, korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini
o‘rganib, axborotlarni yig‘ish va tayyorlash asosiy ko‘rsatkichlariga e’tibor berish
zarurdir. Bunday tahlil, shu soha bo‘yicha puxta, qiziquvchi
mutaxassislar bilan
o‘tkazilishi lozim.
Bu sohada ma’lum bo‘lgan yo‘nalishlardan biri, ya’ni ishchi guruhni
tashkil etish bo‘yicha shu axborotlardan foydalanuvchi mutaxassislarni jalb
etishdir. Raqobat hozirgi zamonda xo‘jalik yuritishning
asosiy shartlaridan
hisoblanadi. Shuning uchun raqiblarni to‘g‘ri baholash ma’lum miqdorda shu
korxonani boshqarishdagi kamchiliklarni ham baholashdir.
Material va pul oqimlarini boshqarishda tez qaror qabul qilish uchun
statistik
axborotlar, masalan, soliqlar, ishchilarga qo‘shimcha ish haqi va
hokazolar katta rol o‘ynaydi. Bu kabi axborotlar
korxona ichida material
oqimlarini boshqarishni ularga ma’lum tuzatishlar kiritishning imkonini beradi.
Axborotlarni ma’lum tuzilmaga solish axborotlarning bir ko‘rinishi
hisoblanadi.
Axborotlarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1. Marketing bo‘yicha axborot:
- mahsulot sotilish tahlili;
- mahsulot sotish bashorati;
- bozorni o‘rganish.
91
2. Taqsimlanish bo‘yicha axborot:
- hisob varaqlari;
- iste’molchilar to‘lovi;
- transport nakladnoylari;
- mahsulotga buyurtmalar.
3. Loyiha axboroti:
- ishlab chiqariladigan mahsulotni loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan
logistik xizmatlarga yuklaydilar;
- asbob - uskunalar bo‘yicha chizmalar;
- operatsion kartalar;
4. Jamg‘armalar bilan boshqarish:
- jamg‘armalar hisobi;
- materiallarni boshqarish.
5. Moliyaviy axborot:
- debitorlar bo‘yicha hisob-kitob;
- moliyaviy boshqarish.
6. Ishlab chiqarish bo‘limi:
- ishlab chiqarish jarayonining to‘lov hisobini baholash;
- ishlab chiqarish resurslari bo‘yicha hisobot;
- ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha hisobot;
- umumiy vaqt ichida mahsulot ishlab chiqarish jadvali;
- ishlab chiqarishga buyurtma;
- mahsulot jo‘natish bo‘yicha talabnoma;
- tovar - material qiymatlarini hisoblash.
7. Ta’minot:
- to‘lov raqamlari bo‘yicha hisob;
- sotib olish bo‘yicha buyurtmalar;
8. Logistik xizmat logistik xizmat bo‘yicha yuk xatlarini o‘rganib chiqishdir.
- transportni boshqarish.
Logistika axborotlari tizimi sifatining oshishi, mahsulot g‘amlab qo‘yilishi,
jo‘natish, omborga joylash, pul oqimlarini ta’minlash
masalalarini samarali hal
etishda xizmat qiladi. Axborot oqimlarini yig‘ish katta foyda beradi, lekin bular
harajatsiz bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: