Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


- chizma. Axborot tizimining kechikib qabul qilinishi



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

19- chizma. Axborot tizimining kechikib qabul qilinishi 
 
9.4. Logistikada axborot tizimlarining tuzilish tamoyillari 
 
Tizimlar tamoyillariga ko‘ra, har qanday tizim avvalo tashqi omillar bilan 
izlanishi, so‘ng ichki tizimda izlanishi shart. Bu tamoyil tizimning bosqichma - 


94 
bosqich yaratilishi tamoyilidir. Logistika axborot tizimlarini loyihalashtirish 
vaqtida bu tamoyilga rioya qilish shart.
Logistika jarayoniga kelish tizimi uch darajaga bo‘linadi: 
Birinchi 
daraja. 
Logistikada 
materiallar 
to‘plamining 
ish 
o‘rni 
harakatlanadi, qadoqlanadi va hokazo.
Ikkinchi daraja. Ish joylarini aniqlash va yuklarni transportlash jarayoni, 
o‘tkazilayotgan joyi - hudud, sex, ombor. 
Uchinchi daraja. Bu transportga joylash, butun bir harakat tizimi va bir 
qator hodisalar zanjiridir. Shu darajada boshlanishidan oldin sotuvchi xomashyoni 
tushirish payti desa bo‘ladi, shu zanjir yakunlanishi esa tayyor mahsulotlarni 
iste’molchilarga yetkazib berish bo‘ladi. 
Rejali axborot tizimlarida logistik tizimni umumiy materiallar to‘plami bilan 
bog‘laydigan masalalarni hal etadi. Shu bilan birga «sotuv- ishlab chiqarish- 
tarqatish» rejasi zanjiri bajariladi. Bu ishlab chiqarishning foydali tizimini tashkil 
qilishga yordam beradi. Shu bilan birga rejali tizimlar, logistik tizimlar tashqi omil 
bilan bog‘langanday bo‘ladi. 
Dispozitiv va bajarish tizimlari belgilangan rejalarni qismlarga bo‘ladi va ularni 
ishlab chiqarishning alohida hududlarida bajarilishini ta’minlaydi.
Har xil guruhlarga tegishli bo‘lgan logistik axborot tizimlarining konsepsiyalari 
asosida ular yakka axborot tizimiga jamlanadi. Ular vertikal va gorizontal 
integratsiyalarga ajratiladi. Vertikal integratsiya rejali, dispozitiv va boshqarish 
tizimlari o‘rtasidagi aloqa hisoblanadi. Gorizontal integratsiya esa axborot 
to‘plamlari orqali dispozitiv va bajarish tizimlaridagi alohida masalalar majmui 
orasidagi omil hisoblanadi. 
Integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarining barcha yutug‘i quyidagilarda aks 
etadi: 
- axborot almashuvi tezligi oshadi; 
- ishlab chiqarishni rejalashtirish; 
- zahiralarni umumiy boshqarish; 
- zahiralarni boshqarish va boshqa masalalar. 
Dispozitiv axborot tizimlari.
Bu tizimlar omborni yoki sexni boshqarish darajasida yaratiladi. Bu yerda 
quyidagi masalalar bajarilishi mumkin: 
- zahiralarni qisman boshqarish (ombor joylarida); 
- korxona yoki ombor transportini ishlatish; 
- yuklarni tanlash va ularni joylashtirish, jo‘natilayotgan yuklar hisobi va 
boshqa masalalar. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin