Aholi ortib borgani sari ehtiyojlar ham ortib boradi. Ammo resurslar cheklangani sabab tabiiy resurslardan samarali foydalanish tobora dolzarblashib bormoqda. Agar mavjud resurslardan oqilona va samarali foydalanilmasa yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
1. O'zbekistonning mineral resurslari:
a. Neft
b. Gaz
c. Ko'mir
d. Rangli metallar
2. O'zbekistoning yer-suv resurslari
a. Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlar
b. Suv resurslaridan foydalanishlagi muammolar
3. O'zbeksitonning mineral resurslardan foydalanish istiqbollari
4. O'zbekistonning yer-suv resurslaridan foydalanish istiqbollari
Mineral resurslar
Mineral resurslar - alohida region (hududlar)da geologik izlanish va razvedka natijasida aniqlangan foydali qazilmalar majmui.
Mineral resurslar qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardir.
Ularning oʻzlashtirishga tayyorlangan qismi mineral xom ashyo bazasi hisoblanadi.
Konchilik va geologiyada mineral resurslar deb yer qaʼrida foydali qazilmalar sifatida aniqlangan va sanoat ahamiyatiga ega boʻla oladigan boyliklarga aytiladi
Neft
Oʻzbekistonda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan 86 ta neft koni ochilgan, ulardan 36 tasi neft konlari, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft konlari va 26 tasi neftgazkondensat konlari toifasiga kiritilgan va hozirgi neft 63 kondan chiqarib olinmoqda. Hozirgi neft qazib olish surʼatida razvedka qilingan neft zaxirasi respublika ehtiyojini 30 yildan ortiqroq muddatga taʼminlaydi. 14 ta neft konida razvedka ishlari olib borilmoqda va ularning jami zaxirasi 185 mln. t ni tashkil etadi.