107
Talab qilinayotgan material, xomashyolar aniq bo‘lgandan so‘ng
korxonalar faoliyat yo‘nalishini belgilaydilar va sotib olishni tashkil etadilar. Shartli
ravishda sotib olishning an’anaviy va operativ usullari bor. Operativ ta’minotning
eng samarali usuli «Aynan vaqtida» deb nomlanadi. Bu usul Yaponiyada 1950 -
yillarda tashkil topgan bo‘lib, keyinchalik Yevropa va AQSH da davom ettirilgan.
Bu usulning asosiy maqsadi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha savdo - sotiq va
ta’minot buyumlarini o‘z vaqtida, oraliq omborlarni chetlab o‘tgan holda
to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlab chiqarish liniyasiga yetkazib berishdan iborat.
«Aynan vaqtida» usuli asosan avtomobil ishlab chiqarish sohasida
rivojlangan. Bunga misol qilib, «Mersedes - Bens» zavodining yig‘uv sexiga
avtomobil o‘rindiqlarini yetkazib berishni keltirish mumkin.
Yetkazib berishni asosiy ishlab chiqarishdan 6 km uzoqlikda joylashgan
«Kayner-Rekaro» firmasi amalga oshiradi. Oldindan rejalashtirish 6 oygacha
amalga oshiriladi. Bu o‘z ichiga yetkazib berishdan tortib to taxminiy talablarni
ham
oladi. Yetkazib berishni aniqlashtirish fazasi avtomobil yig‘ish
boshlanishidan 15 kun ilgari amalga oshiriladi. Iste’molchining talabidan kelib
chiqqan holda firma bir hafta oldin ishlab chiqarish rejasini tuzadi. Yig‘uv ishlari
boshlanishidan oldin zavodga buyurtma beriladi. Maksimum yig‘uv ishlari
boshlangandan so‘ng 6 soatdan keyin sexga talab qilingan o‘rindiqlar yetkazib
beriladi.
Resurslarni balanslashtirish
1. Ishlab chiqarish qudrati
2. Mehnat manbalari
3. Ishlab chiqarish vositalari
1. Xarid
2. Zahiralar
Dostları ilə paylaş: