111
10.3. Xaridorni rejalashtirish
Xaridor (ta’minot) logistikasi logistika tizimining birinchi elementi bo‘lgan
xomashyo, material va yordamchi qismlarni xarid bozoridan korxona
omborigacha harakat qilish jarayonini o‘zida aks ettiradi. Xaridor logistikasining
samarali amal qilishi uchun mahsulot ishlab chiqarishga aynan qaysi material
zarurligini bilish, xaridorlar rejasini tuzish lozim. Unda quyidagi ta’minot vazifalari
hal qilinishi lozim:
- iste’molni aniqlash va tahlil qilish, buyurtma berilgan materiallar miqdorini
hisoblash;
- xaridor uslubini aniqlash;
- narxlar muvofiqligi va shartnoma tuzish;
- yetkazib berish muddati, sifati va miqdori ustidan nazorat o‘rnatish;
- tovarlarni omborga joylashtirishni tashkil qilish.
Dostları ilə paylaş: