112
2. Xarid usulini aniqlash
Xarid usulini tanlash oxirgi mahsulot murakkabligiga komplektlanuvchi mahsulot
va materiallarning tarkibiga bog‘liq. Xarid qilishning asosiy usullari:
- ulgurji xarid;
- mayda partiyalar bilan doimiy xarid;
- ehtiyoj me’yoridagi xarid.
Tez - tez qo‘llanuvchi usullardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz:
1. Tovarlarning bir guruhli xaridi.
Afzalliklari: hujjatlarni rasmiylashtirishning oddiyligi; barcha tovar
guruhlarini yetkazishning kafolati; savdo chegirmalarining yuqoriligi.
Kamchiligi: katta maydondagi omborlarga ehtiyoj; kapital aylanishining
sekinlashuvi.
2. Mayda guruhlar bilan doimiy xarid.
Afzalliklari: kapital aylanishini tezlashtiradi, ombor maydonlarini tejaydi;
yetkazib berishni hujjatlashtirish harajatlari kamayadi.
Kamchiliklari: zarar keltiradigan tovarlarning zarurati.
3. Zarurat darajasida tovar olish.
Uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: yetkazib beriladigan tovarlar
miqdori o‘rnatilmaydi balki taxminan belgilanadi; tovar yetkazib beruvchilar har
bir buyurtmani bajarishdan oldin sotib oluvchilar bilan bog‘lanishadi, yetkazib
berilgan tovargagina pul to‘lanadi va h.k.
Afzalliklari: qat’iy majburiyatlar yo‘qligi; kapital aylanishining tezlashishi.
4. Tez o‘tkazish sharti bilan tovar xaridi. Bu uslub tez-tez qo‘llanilmaydigan
tovarlar uchun ishlatiladi. Kamchiligi rasmiylashtirish bo‘yicha harajatlarning
oshishidir.
Dostları ilə paylaş: