Mahsulot rentabelligi – mahsulot sotishdan olingan foydaning mahsulot tannarx- iga nisbati (foizlarda) sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichi. Mahsulot sertifikati - mahsulot sifatini baholash va nazorat qilishning xalqaro normalarini qabul qilish va amalga oshirish jarayoni; mahsulot ishlab chiqaruvchilarga qaram bo’lmagan, mahsulotning xalqaro standart normalariga mos kelishini nazorat qilish uchun kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlangan maxsus markazlarni yaratish bilan amalga oshiriladi. Mahsulot sifati – masulotning inson va jamiyatning ma’lum bir ehtiyojlarini qondirish qobiliyatlarini belgilovchi foydali xislatlari majmui. Mahsulot sifatini boshqarish –mahsulotni yaratish va undan foydalanish yoki uni iste’mol qilishda zarur sifat darajasini belgilash, ta’minlash va qo’llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi – sifatni boshqarish uchun zarur bo’lgan resurslar, jarayonlar va javobgarlikni aniq taqsimlovchi tashkiliy tuzilma. Mahsulotning material sig’imi – xom ashyo, materiallar va boshqa moddiy resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari. Material sig’imini ka- maytirish tayyor mahsulot va materiallarni ko’paytirish, mahsulot tannarxini ka- maytirish va xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga sarflanuvchi xarajatlarni kamaytirishga imkon yaratadi. Mahsulotning mehnat sig’imi –mehnat unumdorligi ko’rsatkichlariga teskari bo’lgan kattalik. Moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.