Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

Normativ
bu nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib, mutlaq (absolyut) kattalikni emas, balki 
ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o‘lchamini, mahsulot 
tavsifnomasi yoki tashkiliy-iqtisodiy hatti-harakatlarni aks ettiradi. 
Normativlar odatda foiz yoki koeffitsientlarda belgilanadi va aks ettiriladi 


23 
Ko`rsatkichlar 
Norma va norma-
tivlar shakli 
(mod
е
li)
Rеjalashtirish 
Nazorat 
Norma va 
normativlar 
Xo`jalik 
boshqaruvi 
mеxanizmi 
(masalan, asbob-uskunalarni yuklash koeffitsienti, avtomobil shinasi bosib o‘tgan yo‘l 
koeffitsienti, sutning yog‘lilik foizi va hokazo). Normativlar shuningdek, zarur xom-
ashyo va materiallar, aylanma mablag‘lar hajmi, talab qilinuvchi xodimlar sonini 
aniqlashda ham qo‘llanadi. 
Xo‘jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o‘rni va roli quyidagicha aks 
ettirilishi mumkin (2.2-rasm): 
2.2-rasm. Xo‘jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o‘rni va roli
Norma va normativlar o‘lchash va limitlash funktsiyalaridan (xarajatlarning yuqori 
yoki quyi chegarasi, qo‘llash, iste‘mol) tashqari hisobga olish, nazorat qilish va 
rag‘batlantirish funktsiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va 
tartibga solish, xarajatlarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, dastlabki mas‘uliyat 
chegaralarini belgilash va uni faoliyat natijalar bo‘yicha o‘zgartirish, erishilgan 
natijalarni obyektiv baholash uchun asos hisoblanadi. 
Norma va normativlar amaliyotda quyidagi asosiy guruhlar bo‘yicha ishlab 
chiqiladi: 

mehnat sarfi normasi; 

moddiy xarajatlar normasi; 

vaqt normasi (asosiy, qo‘shimcha va hokazo); 

mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish normasi; 

ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish normativlari; 

atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari; 

kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar) samaradorligi normasi; 

loyihadagi quvvatlarni o‘zlashtirish normasi; 

aylanma vositalar (mablag‘lar), ishlab chiqarish zahiralar normasi va 
hokazolar. 
Norma va normativlar asosida odatda rejadagi davr uchun faoliyatning texnik-
iqtisodiy va tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o‘tishi yoki sharoitlarning o‘zgarishi bilan, 
shuningdek, fan-texnika taraqiyoti ta‘siri ostida mavjud norma va normativlar qayta 
ko‘rib chiqilishi mumkin. Ularni qayta ko‘rib chiqishda ilg‘or ishlab chiqarish tajribalari 
va yutuqlar hisobga olinishi lozim. 
Norma va normativlar qo‘llanish miqyosi va normalashtirish obyektlariga ko‘ra 
farqlanadi. Normativ asoslari 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin