Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

iqtisodiy tahlil
o‘tkazish muhim bo‘lib, uning asosiy 
vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 

rejani bajarish, ishlab chiqarish dinamikasi va mahsulotni sotish darajasi; 

ushbu ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga omillarning ta‘sirini aniqlash; 

mahsulot chiqarish va sotishni ko‘paytirish uchun ichki ishlab chiqarish 
zaxiralarini aniqlash; 

aniqlangan zaxiralardan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 
Rejalashtirish va zaxiralar yoki foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash bilan 
odatda korxonaning iqtisodiy xizmatlari (reja bo‘limi, ishlab chiqarish bo‘limi, mehnat 
bo‘limi, ish haqi bo‘limi va hokazo) shug‘ullanadigan bo‘lsa, ishlab chiqarish 
zaxiralaridan foydalanishga texnik, texnologik va boshqa bo‘lim va xizmatlar jalb 
qilinishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda korxonaning samarali faoliyat ko‘rsatishi va 
uning iqtisodiy barqarorligini ta‘minlash butun korxona jamoasining vazifasidir. 


21 
Mazkur yondashuv ayniqsa hozirgi kunda, ko‘plab korxonalar xususiylashtirish va 
davlat tasarrufidan chiqarish natijasida aktsiyadorlik shakliga o‘tayotgan sharoitlarda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Afsuski, amaliyotda xodimlar orasida ko‘pincha «rahbariyat 
hamma narsani ko‘proq biladi» tamoyili keng tarqalgan bo‘lib, buning natijasida 
korxona rivojlanishiga oid bir qator masalalar, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini 
izlab topish va ulardan foydalanish vazifasi korxona rahbariyati zimmasiga yuklab 
qo‘yiladi. Ishga bu qadar yondashiladigan bo‘lsa, jiddiy va uzoq muddatli 
muvaffaqiyatdan umid qilish mumkin emas. 
To‘g‘ri, jamoa korxona hayotida, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish 
va ulardan foydalanishda ishtirok etishi uchun korxona rahbarining o‘zi va bo‘lim 
boshliqlari demokratik bo‘lishi, byurokratiya va avtoritarizm xislatlaridan xoli bo‘lishi, 
qabul qilinayotgan qarorlarda oshkorlaikni namoyon qilishi hamda oddiy xodimlarning 
talab va takliflariga etarlicha e‘tibor bilan qarashlari lozim. Boshqaruvning aynan shu 
usuli bugungi kunda xorijdagi ko‘plab korxona va firmalarda keng qo‘llanmoqda. 
Rejalashtirish doimo kelajakka yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu holat uni ma‘lum bir 
darajada bashorat qilishga o‘xshash qilib qo‘yadi. Biroq rejalashtirishdan farqli ravishda 
bashorat qilish jarayonida belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari aniqlanadi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin