19
vaziyat tahlili kabi bir qator usullar qo‘llanishi mumkin.
U yoki bu usuldan
foydalanish bashorat qilinayotgan obyektning o‘ziga xosliklari, uning rivojlanishiga
doir ishonchli ma‘lumotlarning mavjudligi va tahlilchilarning malakasiga bog‘liq
bo‘ladi.
Rejalashtirishda ham, bashorat qilishda ham iqtisodiy jarayon va vaziyatlarning
o‘zaro aloqalari
korrelyatsiya usulida
o‘rganiladi. Korrelyatsiya tahlilining asosiy
vazifalari bu natijaviy belgilarning omillar belgilariga tahliliy bog‘liqlik
shaklini
aniqlash va aks ettirish hamda korrelyatsion aloqani o‘lchash hisoblanadi. Aloqa
qanchalik kuchli bo‘lsa, bashoratning asoslanganligi va uning aniqligi shunchalik
yuqori bo‘ladi.
Hozirgi kunda bashorat hisob-kitoblari bir qator etakchi tarmoqlar tomonidan
strategik dastur
va rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, tajriba-
konstruktorlik ishlarini amalga oshirishda foydalanilmoqda. Reja va bashoratlar
iqtisodiyotning quyi bosqichlari – korxona, firma va ishlab chiqarish birlashmalarida
ham menejmentning muhim elementi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: