Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

 
 
3.1-rasm Strategik rejalashtirish jarayoni 
 
Mazkur holatda strategiya kelajak uchun umumiy g‘oyani shakllantirshga 
imkon berdi. Rejalashtirish jarayonining o‘zi va bevosita strategik reja esa korxonaga 
aniqlik, individuallik hadya etib, bu unga ma‘lum turdagi xodimlarni jalb qilish va 
boshqa turdagi xodimlarni jalb qilmaslikka imkon beradi. Bu reja korxona uchun 
istiqbollar ochib berib, yangi xodimlarni jalb qiladi, mahsulot ishlab chiqarishdan 
tashqari uni sotishga ko‘maklashadi. 
Rejalar shunday tuzilishi kerakki, ular uzoq vaqt davomida buzilmasligi, shu 
bilan bir paytda zarur hollarda yo‘nalishni o‘zgartirishga moslashgan bo‘lishi lozim. 
Amalda rejalashtirish jarayonida ikkita muhim savolga javob topish zarur:
1)
korxona uchun bozordagi vaziyat bilan bog‘liq joriy vazifalarni bajarishda 
to‘siqlar yaratmaydigan strategik maqsadni qanday tanlash; 
2)
strategik maqsadlarga tayangan holda eng murakkab va kutilmagan hodisa 
va tashqi tendentsiyalarga munosib va samarali javob qaytarishi uchun moddiy, 
moliyaviy va mehnat resurslarini qanday shakllantirish lozim. 
Avvalgi buyruqbozlik tizimidagidan farqli o‘laroq ko‘plab korxonalarda, 
ayniqsa, mikrofirma va kichik korxonalarda rejalar mustaqil ravishda ishlab chiqiladi 
va tasdiqlanadi. Biroq korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish xuddi 
avvaldagi kabi ko‘rsatkichlar tizimi yordamida amalga oshirilib, bu ko‘rsatkichlar 
sifat va miqdor, hajm va solishtirma turlarga taqsimlanadi. 
Miqdor ko’rsatkichlari
– absolyut ko‘rsatkichlar bo‘lib, bu qatorga yalpi va 
tovar mahsulotlar hajmi, sotuv hajmi, xodimlar soni, ish haqi fondi, foyda yoki 
daromad miqdori, ishlab chiqarish resurslarining sarflanishini kiritish mumkin.
Sifat ko’rsatkichlari
nisbiy kattalik hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishning 
iqtisodiy samaradorligini, uning ayrim omillarini aks ettiradi. Bu mehnat 
mahsuldorligining o‘sishi, mahsulot tannarxining pasayishi va hokazolardir. Bu 
qatorga shuningdek, o‘zaro miqdor ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, 
masalan, ishlab chiqarish rentabelligi, fond sig‘imi, mahsulot sifati va boshqalarni 
ham kiritish mumkin. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin