29
va mahsulot birligi xarajatlari salmog‘ining nisbatlarini tavsiflaydi. Masalan,
mahsulot
birligiga metall, elektr energiyasi, yoqilg‘i sarflanishi, ishlab chiqarish
quvvati birligiga kapital qo‘yilmalar, jami to‘lovlar hajmida mukofotlarning salmog‘i
va hokazolar.
Ushbu barcha ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro aloqalar mavjud. Bu
ko‘rsatkichlar
rejalashtirish jarayonida ham, korxonaning xo‘jalik faoliyatini tahlil
qilishda ham qo‘llanadi.
3.2. Bozor sharoitlarida korxona faoliyatini tartibga solish va rejalashtirish
Bozor munosabatlari sharoitlarida har bir korxona ishlab chiqarishning
to‘xtovsiz o‘sishi, mahsulot sifatining oshirilishi va uning o‘z vaqtida sotilishi,
shuningdek, rejalashtirilgan foyda va daromadni o‘z vaqtida olish asosida o‘zining
gullab-yashnashini ta‘minlashga intiladi. Shu sababli korxona faoliyati ko‘p maqsadli
va dinamik xarakterga ega bo‘ladi.
Birinchidan, fan-texnika taraqqiyotiga
yo‘naltirilgan, ikkinchidan, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslardan samarali
foydalanishga
erishuvchi, uchinchidan esa, bozor kon‘yunkturasiga o‘z vaqtida va
tezkorlik bilan javob berishi mumkin bo‘lgan korxona rivojlanadi va gullab-
yashnaydi.
Istiqboldagi vaziyatni qat‘iy rejalashtirish bu holda o‘zini oqlamaydi.
Bozor
kon‘yunkturasi va raqobat, talabga mos ravishda chiqarilayotgan mahsulot
tavsifnomasiga o‘zgartirish kiritish imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli
dastur talab qilinadi. Bu vazifa odatda istiqbolga yo‘naltirilgan korxona faoliyatini
joriy rejalashtirish jarayonida aniqlangan ko‘rsatkichlarni tartibga solish yo‘li
bilan
bajariladi.
Shu sababli ko‘plab korxonalar bozor kon‘yunkturasining o‘zgarib turishini
hisobga olgan holda ishlab chiqarish texnologiyasiga tezkor o‘zgartirishlar kiritish
hamda bunda asbob-uskuna va qurilmalarning imkoniyatlarni kengaytirish, butlovchi
qismlar va materiallarni bir xillashtirish, mahsulot sifatini
oshirish va assortimentini
kengaytirishga majbur bo‘ladilar.
Korxona faoliyatini rejalashtirish vazifalari qaysidir ma‘noda ma‘lum bo‘lgani
sababli uni rejalashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida tartibga solish
zamonaviy fan tomonidan nisbatan kam tadqiq etilgan va umumlashtirilgan. Bu erda
amaliyot nazariyadan ancha ilgarilab ketgan. Shunday bo‘lsada, korxona
faoliyatining oldindan belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichlarini tartibga solishga to‘g‘ri
keladi. Bu iste‘molchilik talabining o‘zgarishidan tashqari, korxona hayotida va
iqtisodiy muhitda ro‘y
berayotgan yangi vaziyatlar, xom-ashyo va materiallar
ta‘minotchilari bilan aloqalar, siyosiy vaziyat va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi.
Gap shundaki, bugun ishlab chiqarilayotgan narsa ertaga yoki indinga kerak
bo‘lmay qolishi mumkin. Shu sababli
rejalashtirish nafaqat bugungi, balki ertangi
kunga ham yo‘naltirilgan bo‘lishi loim. Hech qaysi korxona o‘z faoliyatida istiqbolni
ko‘zdan qochira olmaydi. Bu bozor sharoitlarida korxona barqarorligining asosiy
qoidasidir. Barcha xodimlar, ayniqsa, korxona rahbariyati shuni aniq bilishi kerakki,
bugungi kunda oson bajarilayotgan har qanday ish 3-5 yildan so‘ng qiyinlashishi yoki
umuman imkoni bo‘lmay qolishi mumkin. Demak, oldindan belgilab qo‘yilgan reja
30
(bashorat) ko‘rsatkichlarini tartibga solish – korxona faoliyati va ishlab chiqarishni
bashorat qilish va rejalashtirishning uzviy bir qismi hisoblanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: