125
xarajatlarining baho (B) va mahsulot tannarxining o‘zgaruvchan (X
o‘zg.
)
tarkibi
o‘rtasidagi farqqa nisbati sifatida aniqlanadi
Q = X
doim.
/ ( B – X
o’zg.
)
Zararsizlik nuqtasini grafik shaklida ko‘rsatish ham maqsadna muvofiq bo‘lib,
u korxona foyda olishni boshlaydigan ishlab chiqarish hajmini (kritik dastur)
aniqlashga imkon beradi. Grafikni qurish uchun doimiy va o‘garuvchan xarajatlarni,
sotuv hajmini bilish zarur. Zararsizlik nuqtasi grafikda sxema ko‘rinishida bo‘lib,
ishlab
chiqarish hajmi, sotuv narxi va mahsulot tannarxining foydaga ko‘rsatuvchi
ta‘sirini aks ettiradi (11.1-rasm).
11.1-rasm. Zararsizlik nuqtasini aniqlashning grafik usuli.
(A - zarasizlik nuqtasi – kritik dastur, ya’ni kassada naqd pul to’plana boshlaydigan ishlab
chiqarish va sotuv hajmi; A* - ishlab chiqarish zararsizlik nuqtasiga chiqqandagi mahsulot sotish
hajmi; A** - sotuv hajmining zararsizlik kattaligi).
Umuman olganda moliyaviy rejaning maqsadi korxona (biznes)
salohiyatini
ko‘rsatish va moliyaviy hayot layoqatiga erishish grafigini taqdim etishdir. Kelgusida
undan korxonaning moliyaviy resurslarini tezkor boshqarishda foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: