24
tsex normativlari;
predmetli, detalli va operatsion normativlar.
Normalashtirish obyektlariga ko’ra
normativ asoslari mehnat, moddiy, texnik va
moliyaviy resurslarga taqsimlanadi.
Normativ asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun
boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va
chiqarilayotgan har bir mahsulot tannarxini aniq va bexato belgilashga imkon beradi.
Umuman olganda norma va normativlar
birinchidan
, resurslarning ortiqcha
sarflanishi oldini olish,
ikkinchidan
, korxonaning belgilangan ish tartibini ta‘minlash,
uchinchidan
chiqarilayotgan mahsulotning
belgilangan tavsifnomalardan chetga
chiqishining oldini olish,
to’rtinchidan
atrof-muhitni muhofaza qilish va normal
mehnat sharoitlariga rioya qilish,
beshinchidan
esa korxona faoliyatini rejalashtirish
va bashorat qilish uchun ma‘lumotlar to‘plamini yaratish maqsadida ishlab chiqiladi
va belgilanadi.
Normativ asoslarini yaratish bo‘yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va qaysi
idora yoki bo‘lim tomonidan ishlab chiqilishidan qat‘iy nazar, ishlab chiqarish
iqtisodiyoti, texnika va texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo‘lgan mutaxassislar,
professional (malakali) normativ guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali va
asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma va normativlar hayot davri uzoq bo‘lib, ular
o‘zgarishlarga kamdan-kam uchraydi. Shunday bo‘lsada, yuqorida aytib o‘tilganidek,
eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o‘tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti va
ilg‘or ishlab chiqarish tajribalari ta‘siri ostida qayta ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: