Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

Hajm ko’rsatkichlari 
ishlab chiqarishning, uning ayrim jarayonlari va unda 
ishtirok etuvchi omillarning absolyut kattaligini belgilaydi. Bu qatorga masalan, 
yalpi, tovar va sotilgan mahsulot hajmi, mehnat xarajatlari hajmi, olingan foydaning 
umumiy hajmi va boshqalar kiritiladi. 
Solishtirma ko’rsatkichlar
ikki yoki undan ortiq o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar 
Korxona 
missiyasi 
Korxona 
maqsadlari 
Tashqi muhit tahlili va 
baholanishi 
Kuchli va zaif 
tomonlarni 
baholash 
Stratеgiyani 
baholash 
Stratеgiyani 
amalga 
oshirish 
Stratеgiyani 
bеlgilash 
Muqobillarni 
tanlash 


29 
va mahsulot birligi xarajatlari salmog‘ining nisbatlarini tavsiflaydi. Masalan, 
mahsulot birligiga metall, elektr energiyasi, yoqilg‘i sarflanishi, ishlab chiqarish 
quvvati birligiga kapital qo‘yilmalar, jami to‘lovlar hajmida mukofotlarning salmog‘i 
va hokazolar. 
Ushbu barcha ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro aloqalar mavjud. Bu 
ko‘rsatkichlar rejalashtirish jarayonida ham, korxonaning xo‘jalik faoliyatini tahlil 
qilishda ham qo‘llanadi. 
 
3.2. Bozor sharoitlarida korxona faoliyatini tartibga solish va rejalashtirish
 
Bozor munosabatlari sharoitlarida har bir korxona ishlab chiqarishning 
to‘xtovsiz o‘sishi, mahsulot sifatining oshirilishi va uning o‘z vaqtida sotilishi, 
shuningdek, rejalashtirilgan foyda va daromadni o‘z vaqtida olish asosida o‘zining 
gullab-yashnashini ta‘minlashga intiladi. Shu sababli korxona faoliyati ko‘p maqsadli 
va dinamik xarakterga ega bo‘ladi. Birinchidan, fan-texnika taraqqiyotiga 
yo‘naltirilgan, ikkinchidan, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslardan samarali 
foydalanishga erishuvchi, uchinchidan esa, bozor kon‘yunkturasiga o‘z vaqtida va 
tezkorlik bilan javob berishi mumkin bo‘lgan korxona rivojlanadi va gullab-
yashnaydi. 
Istiqboldagi vaziyatni qat‘iy rejalashtirish bu holda o‘zini oqlamaydi. Bozor 
kon‘yunkturasi va raqobat, talabga mos ravishda chiqarilayotgan mahsulot 
tavsifnomasiga o‘zgartirish kiritish imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli 
dastur talab qilinadi. Bu vazifa odatda istiqbolga yo‘naltirilgan korxona faoliyatini 
joriy rejalashtirish jarayonida aniqlangan ko‘rsatkichlarni tartibga solish yo‘li bilan 
bajariladi. 
Shu sababli ko‘plab korxonalar bozor kon‘yunkturasining o‘zgarib turishini 
hisobga olgan holda ishlab chiqarish texnologiyasiga tezkor o‘zgartirishlar kiritish 
hamda bunda asbob-uskuna va qurilmalarning imkoniyatlarni kengaytirish, butlovchi 
qismlar va materiallarni bir xillashtirish, mahsulot sifatini oshirish va assortimentini 
kengaytirishga majbur bo‘ladilar. 
Korxona faoliyatini rejalashtirish vazifalari qaysidir ma‘noda ma‘lum bo‘lgani 
sababli uni rejalashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida tartibga solish 
zamonaviy fan tomonidan nisbatan kam tadqiq etilgan va umumlashtirilgan. Bu erda 
amaliyot nazariyadan ancha ilgarilab ketgan. Shunday bo‘lsada, korxona 
faoliyatining oldindan belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichlarini tartibga solishga to‘g‘ri 
keladi. Bu iste‘molchilik talabining o‘zgarishidan tashqari, korxona hayotida va 
iqtisodiy muhitda ro‘y berayotgan yangi vaziyatlar, xom-ashyo va materiallar 
ta‘minotchilari bilan aloqalar, siyosiy vaziyat va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. 
Gap shundaki, bugun ishlab chiqarilayotgan narsa ertaga yoki indinga kerak 
bo‘lmay qolishi mumkin. Shu sababli rejalashtirish nafaqat bugungi, balki ertangi 
kunga ham yo‘naltirilgan bo‘lishi loim. Hech qaysi korxona o‘z faoliyatida istiqbolni 
ko‘zdan qochira olmaydi. Bu bozor sharoitlarida korxona barqarorligining asosiy 
qoidasidir. Barcha xodimlar, ayniqsa, korxona rahbariyati shuni aniq bilishi kerakki, 
bugungi kunda oson bajarilayotgan har qanday ish 3-5 yildan so‘ng qiyinlashishi yoki 
umuman imkoni bo‘lmay qolishi mumkin. Demak, oldindan belgilab qo‘yilgan reja 


30 
(bashorat) ko‘rsatkichlarini tartibga solish – korxona faoliyati va ishlab chiqarishni 
bashorat qilish va rejalashtirishning uzviy bir qismi hisoblanishi mumkin. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin